Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 79:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Ruslar''' — xalq, Rossiya Federatsiyasining asosiy aholisi (taxm. 120 mln. kishi). Ukrainada 11,35 mln. kishi, Qozogʻistonda 6,23 mln. kishi, Oʻzbekistonda 1,65 mln. kishi, Belorussiyada 1,34 mln. kishi, Qirgʻizistonda 916,6 ming kishi, Latviyada 900 ming kishi, Moldaviyada 560 ming kishi, Estoniyada 475 ming kishi, Ozarbayjonda 390 ming kishi, Tojikistonda 390 ming kishi, Litvada 345 ming kishi, Gruziyada 340 ming kishi, Turkmanistonda 330 ming kishi, Armanistonda 51 ming kishi, shuningdek, Amerika mamlakatlarida (asosan, AQShda 1 mln. kishi, Kanada va b. mamlakatlarda jami taxm. 1,4 mln. kishi) va Gʻarbiy Yevropada yashaydilar. Umumiy soni 146,5 mln. kishi (1990y.lar oʻrtalari). Rus tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, pravoslavlar. R., ukrain va beloruslar kabi, urugʻqabilachilik munosabatlarining yemirilishi va Kiyev atrofida Qad. Rus davlati vujudga kelishi jarayonida sharqiy slavyan qabilalaridan shakllangan kdd. rus elatidan paydo boʻlgan. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
[[Ruslar]] — [[Sharqiyslavyan xalqi|sharqiyslavyan xalqi.]] [[Ruslar]] asosan [[Rossiya Federatsiyasi|Rossiyada]] va [[Ukraina|Ukraina,]] [[AQSh|AQSh,]] [[Belarus|Belorus,]] [[Qozog'iston]] va dunyoning koʻplab davlatlarida istiqomat qilishadi. Qadimgi rus mamlakati 9-12 asrlarda tashkil topdi, rus alohida millatga aylandi. Rus xalqi buyuk Novgorod hududi bilan [[Volga]], [[Oka]] oraligʻida shakllandi. Rus xalqining urf-odati, madaniyati, turmushi, asosan, oʻz davrida jadal rivojlandi.
 
== Manbalar ==
 
{{Reflist}}