Xoʻjand: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 54:
| Commons turkumi =
}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Xoʻjand''' (193691 y.larda Leninobod) — shahar, Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyati markazi. Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismida, Turkiston tizmasi bilan Moʻgʻultogʻ oʻrtasida, Sirdaryo boʻyida joylashgan. T.y. stansiyasi. Dushanba sh.gacha 341 km. Aeroport bor. Aholisi 147 ming kishidan ziyod (2001), asosan, tojiklar va oʻzbeklar, shuningdek, rus, tatar, ukrain, koreys, afgʻon, nemis, qirgʻiz, turkman va b. millat vakillari ham yashaydi.
 
X. Oʻrta Osiyoning eng qad. shaharlaridan boʻlib, mil.av. 1-ming yillikda vujudga kelgan. Arxeologik qazishmalar natijasida shahar hududidan mil. av. 6—4-a.larga oid tarixiy ashyolar topilgan. Mil. av. 329 y.da shaharni Aleksandr Makedoniyalik egallagan. Tarixiy maʼlumotlar boʻyicha shahar 7-a. ning 2-yarmida X. nomi bilan mashhur boʻlgan (X. orqali Xitoydan Yevropaga Buyuk ipak yoʻli oʻtgan). 8-a.da arab xalifaligi, 13-a.da moʻgʻullar imperiyasi, 14—15-a.larda Temuriylar, 16-a.
 
da Shayboniylar, soʻngra Qoʻqon xonligi tasarrufida boʻlgan.
 
1866 y.ning 24 mayida shaharni podsho Rossiyasi qoʻshinlari bosib oddi. X. 1924 y.da Oʻrta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi oʻtkazilgandan soʻng Oʻzbekiston tarkibiga kirgan, 1929 y. dan Tojikiston tarkibiga oʻtkazilgan.
 
Oʻtmishda X.da kustar ipakchilik rivojlangan. Shahar savdo va hunarmandchilik markazi sifatida Buyuk ipak yoʻlining chorrahasida Oʻrta Osiyoni Hindiston, Eron, Yaqin Sharq, Xitoy va Oʻrta dengiz havzasidagi mamlakatlar bilan bogʻlab turishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Shahardan oʻnlab tarixiy shaxslar, Temur Malik, munajjim va riyoziyotshunos Abdumahmudi Xoʻjandiy (10-a.), shoirlardan Mahasti Xoʻjandiy (12-a.), Kamol Xoʻjandiy (14a.), Muhammadaminxoʻja Koshif (1825 — 87), Abdullo Fayoz (1847—1934), Asiriy; geograf va sayyoh Hoji Yusuf Mirfayozov (1842— 1925), faylasuf olim Muhammad Osimiy (1920—96) va b. yetishib chiqqan.
 
X. — mamlakatning yirik iqtisodiy va madaniyat markazi. Sanoatining asosiy tarmoqlari — toʻqimachilik, metallsozlik, oziq-ovqat sanoatlari. Ipak kti, poyabzal, mebel fkalari, konserva va goʻsht, sut ktlari, yogʻmoy ekstrakt, pilla, paxta tozalash, sirli idishlar, avtotaʼmirlash va b. zavodlar, qurilish materiallari, shisha i.ch., matbaa korxonalari, mebelsozlik fkalari, "Panjshanbe" bozori faoliyat koʻrsatadi.
 
20 dan ziyod umumiy taʼlim maktabi, 5 oliy oʻquv yurti, Tojikiston FAning , Respublika yozuvchilar uyushmasining boʻlimlari, 10 dan ziyod oʻrta maxsus bilim yurti, kasb-hunar bilim yurtlari, madaniyat saroyi, musiqali drama va xalq teatrlari, oʻlkashunoslik muzeyi, madaniyat va istirohat bogʻi, Toshxoʻja Asiriy nomidagi viloyat kutubxonasi, Tojikiston FAning Botanika bogʻi, mexmonxonalar mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan Shayx Muslihiddin maqbarasi (14-a.), shahar qalʼasi (Oʻrda qoldiqlari, 7—8-a.lar) saklangan.
 
Nasriddin Mamanazarov.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Xoʻjand''' ([[tojik tili|toj.]] Xuҷand) (1936-yildan 1992-yilgacha '''Leninobod''' deb atalgan) — [[Tojikiston]]ning ikkinchi eng katta shahri. [[Sirdaryo]] boʻyida [[Fargʻona]] vodiysida joylashgan. [[Aholi]]si 1989-yil 160,000 bo‘lgan lekin 2000-yilga kelib aholi soni 149,000 ga tushgan. Xoʻjand shahri Tojikistonning [[Sug‘d viloyati]]ning poytaxtidir.
 
Qator 61 ⟶ 80:
 
[[Turkum:Tojikiston shaharlari]]
 
{{OʻzME}}