Argentina: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Argentina''' (Argentina), Argenti-na Respublikasi (Republica Argentina) — Jan. Amerikadagi davlat. Qit’aning jan.-sharqiy qismini, Olovli Yer o.ning sharqiy qismini va bir qancha orollarni egallaydi. Atlantika okeani sohilida joylashgan. Ma’muriy jihatdan 22 vi-loyat (provinsiya), federal (poytaxt) okrugi va Olovli Yer hududiga bo‘linadi. Mayd. 2767 ming km2. Aholisi 36,1 mln. 605kishi (1999). Poytaxti Buenos-Ayres sh.Davlat tuzumi. A. — federativ re-spublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1994 y. 24 avg .da qabul qilingan. Davlat boshlig‘i — prezident. Prezident va vi-se-prezident 4 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — Millim kongress (parlament). Kongress ikki palata: senat va deputatlar palatasidan iborat. Ijrochi hokimiyat prezident va hukumatdir.Tabiati. A.ning sharqi keng tekisli-klardan va g‘arbi tog‘lardan iborat. Mam-lakatning butun shim.-sharqini La-Plata pasttekisligi (Gran-Chako, Sharqiy Pam-pa tekisligi), jan.-sharqini Patagoniya yassi togligi egallaydi. G‘arbdagi tog‘ yon bag‘irlari balandlasha borib, And toglariga ulanib ke-tadi. Jan. Ameri-kaning eng baland nuqtasi Akonkagua (6960 m) ham A. hududidadir. Foydali qazilmalari: neft, gaz, temir, poli-metallar, uran, mis, qalay, volfram va b. rudalar. A. tekislik qismining iqlimi — tropik va subtropik, jan.da — mo‘’tadil. Eng issiq oy (yanv.)ning o‘rtacha harorati shim.da 28°, jan.da 10°, iyulning o‘rtacha harorati shim.da 18° va jan.da G. Tog‘larda iqlim mo‘’tadil sovuq. Yiliga Patagoniyada 100 — 300 mm, shim.-sharqda 1400 — 1600 mm, Andning sharqiy yon bag‘irlarida 5000 mm gacha yog‘in yog‘adi. Asosiy daryolari: Parana, Paragvay, Urug‘vay, Rio-Sala-do, Rio-Kolorado, Chubut, Rio-Negro. A. ko‘llarining aksariyati muzliklardan paydo bo‘lgan (Naul-Uapi, Buenos-Ay-res, Vedma va b.). A. hudu-dining salkam 20% doimiy ko‘m-ko‘k va bargi to‘kiluvchi o‘rmonlar b-nbilan qoplangan. Gran-Chakodagi qizil tuproqda siyrak o‘rmon, Pampada-gi unumdor qoratuproqda pichanzor dasht-lar, Patagoniyada —yarim cho‘l. A.ning milliy bog‘lari — Iguasu, Lanin, Na-uel-Uapi va b.Aholisi. Argentinlar (mamlakat aholisining 90%) asosan yevropalik muhojirlardan shakllangan. Shuningdek italyanlar, yahudiylar, ukrainlar, is-panlar, katalonlar, polyaklar, nemislar, fransuzlar va b.lar ham yashaydi. Tub joy aholisi — in-deyslarning aksari-yati yevropaliklarning mustamlakachilik harakatlari jarayonida qirilib ketgan. Ularning oz qismi (kechua, tupi-guaran-lar va b.) A.ning shim.-g‘arbida va Parag-vay b-nbilan bo‘lgan chegara yaqinida yashaydi. Rasmiy tili — ispan tili.Dindorlarning aksariyati katoli-klar. Aholining o‘rtacha zichligi 1 km2ga 9 kishidan ko‘proq. Aholining 86% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Buenos-Ayres, Kordova, Rosario, La-Plata.Tarixi. Qadim zamonlarda A. hududida ko‘p sonli indeys qabilalari yashar, ularda jamoa-urug‘chilik munosabatlari xukmron edi. Shim.-g‘arbda diagitlar, charrua va kerandilar eng rivojlangan indeys qabilalari bo‘lgan; ular o‘troq hayot kechirar, dehqonchilik, baliqchilik, ovchilik b-nbilan shug‘ullanar, rangli metal-lar eritishni, to‘qimachilikni bilar edi. Shim.-sharqda va markazda guaranlar, tapeslar va b. yashar, janubda araukan-lar va patagonlar ko‘chib yurar edi. 16-a.ning 1-yarmidahoz. A. hududi ispanlar tomonidan bosib olina boshladi. Is-panlar bu mamlakatni Rio-de-La-Plata (ispancha kumush) daryosi nomi b-nbilan La-Plata deb atadilar. Mustamlakachilarga qarshi indeys qabilalari bir necha mar-ta isyon ko‘tardi (1580, 1630, 1657, 1710 - 11 y.lar). 1776 y.da hoz. A. hududi bu-tunlay Rio-de-La-Plata vitse-qirolligi tarkibiga qo‘shib olindi. A.da katta fe-odal yer egaligi vujudga keldi. Ameri-kadagi ispan mustamlakalarining 1810 — 26 y.lardagi mustaqillik uchun uru-shi vaqtida kreollar (dastlabki ispan kelgindilarining avlodlari) M. Belg-rano va X. San-Martin rahbarligida 1810 — 16 y.larda ispan mustamlakachi-lariga qarshi qurolli kurash olib bor-dilar. Kurash boshlangan 25 may kuni argentin xalqining milliy bay-rami bo‘lib qoldi. 1816 y.da viloyatlar va-killarining Tukuman sh.dagi kongres-606si La-Plata Birlashgan viloyatlarini mustaqil deb e’lon qildi. 1826 y.da A. Federativ Respublikasi tuzildi. 19-a. mobaynida vujudga kela boshlagan bur-juaziya manfaatlarini ifodalovchi uni-tariylar b-nbilan yer egalari manfaatlarini himoya qiluvchi federatsiyachilar o‘rtasida kurash davom etdi. 19-a. 2-choragidan A.da Buyuk Britaniya iqgisodiy va siyo-siy mavqei mustahkamlandi, 1833 y.da u Folklend (Malvin) o.larini bosib oldi. 19-a. oxirlarida mamlakatga Ame-rika va Germaniya kapitali kirib kel-di. Hukmron davlatlar A.ni siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaramlikka solib, uni go‘sht, don va b. xom ashyo yetkazib be-ruvchi mamlakatga aylantirdilar. 19 — 20-a.lar bo‘sag‘asida A.da sanoat rivoj-landi. 19-a.ning oxiridan A.da turli harbiy diktaturalar hukmronlik qildi. 2-jahon urushi yillarida A. betaraflik e’lon qilgan bo‘lsa ham, aslida fashist-larga ko‘maklashdi. 1945 y. martidagina Germaniya va Yaponiyaga qarshi urush e’lon qildi. 1945 y.dan A.— BMT a’zosi. 1943 y.gi harbiy to‘ntarish natijasida bir guruh ofitserlar hokimiyatni qo‘lga ol-dilar. Ularning rahbarlaridan biri ge-neral X. D. Peron (1946 - 55 va 1973 — 74 y.larda A. prezidenta) hukmron ajnabiy davlatlarning mavqeini zaiflashtirish hisobiga mamlakatdagi yuqori tabaqani mustahkamlash siyosatini yuritdi. 1976 y.da general Videla hukmronligi dav-rida zo‘ravonlik va tartibsizliklarga qarshi qattiq choralar joriy etildi, iqtisodiyotni mustahkamlashga kiri-shildi. 1981 y.da Roberto Viola pre-zident etib saylandi, ammo harbiylar keyinroq uni ag‘darib tashladilar. Shu davrda (1982 y.) Folklend (Malvin) o.lari Buyuk Britaniyaga qarashliligini tan olmagan A. ularni egallashga urinib ko‘rdi, lekin bu harakat muvaffaqiyatsiz chiqdi. 1983 y.dagi yalpi saylov natija-sida Raul Alfonsin prezident etib saylandi. 1999 y.dan esa Fernando de la Rua A. prezidenta. 1993 y. 9 sent.da O‘zbekiston Respublikasi b-nbilan diploma-tiya munosabatlari o‘rnatgan.Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmala-ri. Fuqaro radikal ittifoqi, 1889 y.da taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan tu-zilgan; Birlik va taraqqiyot harakati, 1957 y.da Fuqaro radikal ittifoqi partiyasidan ajralib chiqqan guruh ne-gizida tuzilgan; Xalq sotsialistik par-tiyasi, 1982 y.da tuzilgan; Murosasozlik partiyasi, 1963 y.da Birlik va taraqqiyot harakati partiyasi bo‘linishi natijasida vujudga kelgan; Xustisialistik (adolat) partiyasi, 1947 y.da X. Peron tomonidan tuzilgan; Taraqqiyparvar demokratik partiya, 1909 y. tuzilgan. A.da Kommuni-stik partiya, Sotsial-demokratik partiya, Demokratik markaz ittifoqi, Xristian-demokratik partiya ham bor. Umummehnat konfederatsiyasi 1930 y.da tuzilgan.Xo‘jaligi. A. iqtisodiy jihatdan Lotin Amerikasida eng rivojlangan mamlakatlardan biri. Foydali qazilma konlari ko‘p, malakali ishchi kuchiga ega. Q.x., sanoatning turli tarmoqlari rivojlangan. Ammo 80-y.lar oxirida boshqaruvning samarasizligi oqibatida A. iqtisodiyoti barbod bo‘lish arafasida edi. 1989 y.da saylangan yangi hukumat iqtisodiyotni isloh qilish dasturi-ni amalga oshirdi, natijada A. yana barqaror rivojlana boshladi. 1991 y.da qabul qilingan konvertatsiya to‘g‘risidagi qonunga binoan ko‘pchilik davlat korxona-lari xususiylashtirildi, iqtisodiyotga chet el investitsiyalari jalb etila bosh-ladi, byudjetga soliqlardan tushum yax-shilandi, ishchilarga kompensatsiya to‘lash tizimi yaratildi.Sanoati.A. asosan, q.x. xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Yetakchi tarmoq — oziq-ovqat (go‘sht, yog‘, un, vi-nochilik, konserva, qand-shakar) sanoa-ti. Go‘sht yetishtirish va eksport qilish sohasida A. dunyoda oldingi o‘rinlardan birida turadi. To‘qimachilik, charm-poyabzal tarmoqlari rivojlangan. Og‘ir industriyada mashinasozlik (traktor, q.x. mashinalari, avtomobillar, sta-noklar, elektr texnika asbob-uskuna-607lari va b.), neftni qayta ishlash, qora metallurgiyaning salmog‘i katta. Se-ment, sellyuloza-qog‘oz korxonalari bor. Neft, gaz, qo‘rg‘oshin, pyx, temir, uran, berilliy va volfram rudalari qazib olinadi. Yoqilg‘i-energetika balansi-ning salkam 85% ni neft va gaz tashkil qiladi. AESlar qurilgan. Asosiy sano-at markazlari: Buenos-Ayres, Rosario, Kordova, La-Plata.Qishloq xo‘jal igi . A. chorvachilik mahsulotlarini, don va moyli ekinlar hosilini tovar sifatida tayyorlashga ixtisoslashgan. Yirik yer egaligi ri-vojlangan: 1 ming ga dan ortiq yerga ega bo‘lgan xujaliklarga hamma yerlarning 75% qaraydi. Q.x.ga yaroqli yerlarning faqat 20% ga ekin ekiladi. Q.x.ning yetakchi tarmog‘i chorvachilik bo‘lib, unda go‘sht yetishtiriladigan qoramolchilik va go‘sht-jun olinadigan qo‘ychilik ustun turadi. A.da qoramollar — 51 mln., qo‘ylar — 29 mln., cho‘chqalar — 4,1 mln. boshni tashkil etadi. Dehqonchilikning yetakchi tarmog‘i — g‘allachilik. Bug‘doy, makkajo‘xori, javdar, suli, arpa, tex-nika ekinlaridan — kungaboqar, zig‘ir, paxta yetishtiriladi. Muhim yem-xashak ekini — beda. Bog‘dorchilik, tokchilik rivojlangan. Qimmatbaho daraxt navi, jumladan dubil ekstrakti olinadigan kebracho tayyorlanadi. Baliq ovlanadi.Transporti. T.y.lar uzunligi — sal-kam 34,1 ming km, avtomobil yo‘llari — 211,4 ming km. Asosiy porti — Bue-nos-Ayres. Xalqaro aeroporti — Eseysa (Buenos-Ayres yaqinida).Chetga chiqariladigan q.x. mahsulotlarining 80% go‘sht, don, yog‘, xom teri, jun, ho‘l mevalarga to‘g‘ri keladi. Chetdan mashinalar, transport vosita-lari, metall, yoqilg‘i, kimyoviy tovarlar keltiriladi. Asosiy savdo mijozlari: AQSH, Braziliya, Italiya, Germaniya va Yaponiya. Pul birligi — peso.Tibbiy xizmati. A.da 133,8 ming o‘rinli kasalxonalar (1 ming aholiga 6 o‘rin) bor. 53,7 ming shifokor (450 aholiga 1 shifokor) tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Davlat sog‘liqni saqlash ti-zimi tibbiy yordamni sug‘urtalash va xususiy shifokorlar xizmati b-nbilan birga qo‘shib olib boriladi. Shifokorlarni un-tlarning 9 tibbiyot f-ti tayyorlaydi.Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri-fiy muassasalari. A.da 6 yoshdan 14 yosh-gacha bo‘lgan bolalarning majburiy ta’-limi joriy etilgan. Davlat o‘quv yurt-lari b-nbilan birga xususiy maktablar ham bor. Boshlangich maktablarda 3471 ming , o‘rta o‘quv yurtlarida (umumiy ta’lim, hunar, ped. va b. maktablarda) 1125 ming o‘quvchi o‘qiydi. Buenos-Ayres, Kordova, La-Plata, Santa-Fe va b. shaharlarda un-tlar bor. Bir qancha tarmoq akademi-yalari, i.t. institutlari va ilmiy jami-yatlar ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Buenos-Ayresda Milliy kutubxona, un-t kutubxonasi va b. bor. Tabiiy fanlar, Antarktika, tarix, rassomlik va b. mu-zeylar mavjud.Matbuoti, radioeshittirishi, teleko‘rsatuvi. Eng ko‘p tarqalgan gaz.lar: "Rason"("Aql-idrok", 1905 y.dan), "Prensa"("Matbuot", 1869 y.dan), "Nason"("Millat", 1870 y.dan), "Ga-seta" ("Gazeta", 1912 y.dan). "Teleno-tisiosa amerikana" hukumat agentli-gi 1945 y. tashkil etilgan. 52 xususiy radiost-ya alohida uyushmaga birlashgan. Teleko‘rsatuv 1951 y.dan mavjud. 1959 y.da 22 xususiy telest-yalar uyushmasi tu-zilgan.Adabiyoti. A.da yashagan indeys qabilalarning og‘zaki ijodi namunalari bizgacha yetib kelmagan. Biroq xalq she’-riyati o‘ziga xosligini saqlab qolgan. 16-a.dan 19-a. boshlarigacha adabiyot Is-paniya adabiyoti ta’sirida rivojlandi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida M. de Lavarden, D. de Asuenaga va b.lar ijodi-da ma’rifatparvarlik tamoyillari na-moyon bo‘ldi. 1810 — 26 y.lar Ispaniyaga qarshi urush va milliy-ozodlik harakati davrida adabiyotda vatanparvar klassi-sizm hukmronlik qildi. B. de Montea-gudo, V. Lo-pes-i-Planes (uning "Vatan-parvarlik marshi", 1810, A. madhiyasi 608bo‘lib qolgan), E. de Luka, X. Kruves Varela asarlari paydo bo‘ldi. Mamlakat mustaqilligi e’lon qilingandan keyin yangi oqim vakili — faylasuf va mil-liy poeziya asoschisi E. Echeverria she’-rlar, dramalar, dostonlar yezdi. Shoir, hikoyanavis, tarixchi olim va adabiyotshu-nos X. M. Guterres argentin romantik prozasining dastlabki namunalarini yaratdi. Publitsist va jamoat arbobi D. F. Sarmento o‘tkir maqolalar yozdi. 19-a. 2-yarmida "gaucho adabiyoti" urf bo‘ldi, uning asosini pampa aholisining og‘zaki ijodi tashkil qilar edi. 50 — 70-y.lar-da I. Askasubi asarlari (siyosiy va lirik qo‘shiqlar, "Santos Vega" she’riy roma-ni, 1851), X. Marmol (dastlabki mil-liy roman "Amaliya", 1855), X. Ernandes (uning "Martin Ferro" qahramonlik dos-toni, 1 — 2-qismlari, 1872 — 79, milliy adabiyotning eng salmoqli asa-ridir) asarlari va b. dunyoga keldi. 19-a. o‘rtalarida xalq urf-odatlarini ifoda-lovchi adabiyot vujudga keldi. Bu oqim namoyandalari L. V. Lopes, E. Vilde, M. Kane va b.dir. 20-a. 20-y.larida B. Linch, R. Guyraldeslarning ijtimoiy roman-lari chiqdi. 20-a. 2-yarmida E. L. Kastro, A. Varel, R. Larra, X. Kortasar romanla-ri paydo bo‘ldi.Tasvnriy san’ati va me’morligi. A. tub joy aholisining mustamlaka-chilikdan avvalgi san’ati (16-a.) mato-larga solingan geometrik naqshlardan, jig‘alardan, guldor va jimjimador so-pol buyumlardan, tosh, yog‘och va loydan yasalgan haykalchalardan iborat edi. A.da milliy rassomlik 19-a.da yuzaga kelib, 20-a. boshlarida taraqqiy etdi. Rassom-lar ijodida milliy mavzu, xalq obrazi katta o‘rin egalladi. 19-a. oxirlarida tarkib topgan milliy haykaltaroshlik 20-a. o‘rtalarida badiiy yuksaklikka ko‘tarildi. A.da mahalliy xalq — in-deyslarning me’moriy an’analari kam saqlangan. 18-a.dan boshlab A. me’mor-ligida barokko uslubi hukmronlik qildi. Bu uslubda qurilgan binolardan biri Kordovadagi Kompaniya ibodatxona-sidir. Ibodatxonaga ispan iyezuitlari asos solganlar (1646). Hozir ibodatxona Kordova un-ti majmuasiga kiradi. 18-a. oxiri va 19-a. boshlarida A.da mumtoz me’morlik uslubi tarqaldi. Avvalo, aniq va yaxlit (mas, Buenos-Ayresdagi ibodatxona peshayvoni, 1804), keyin-chalik 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida eklektik va hashamatli binolar (Bue-nos-Ayresdagi "Kolon" teatri, 1908) qurildi. Bu davr turar joy binolari ko‘pincha katta ayvonli bo‘lgan. 20-a.dan hoz. zamon me’morligi rivojlandi. Bu-enos-Ayresda va mamlakatning boshqa shaharlarida ko‘p qavatli, yaxlit oyna va temir-betondan mehmonxona, bank kabi ma’muriy binolar ko‘plab qurilgan.Musnqasi. Hoz. zamon A. hududida yashagan indeys qabilalari hayoti va tur-mushida musiqa katta o‘rin olgan. And xalqlari — ayniqsa kechua va b.rivojlangan va o‘ziga xos musiqa ma-daniyatiga ega bo‘lgan; ularning dilrabo yaravi qo‘shiqlari, uayno raqs ohanglari, cholg‘u asboblari (kena nayi va zarbli as-boblari) hozirgacha saqlanib qolgan. A. milliy musiqa maktabi 19-a. oxirlarida tarkib topa boshladi. Buenos-Ayresdagi konservatoriya asoschisi, asosan yevropacha kuylar, orkestr va kamer asarlar mual-lifi A. Vilyame bu maktabning bunyod-korlaridan bo‘ldi. "Pampa" operasi-ning ijodkori A. Berutti A.ning yirik kompozitori bo‘lgan. "Pampa" asarida argentin xalq musiqasiga xos ohanglar yangragan. Buenos-Ayresda "Kolon" ope-ra teatri, 2 konservatoriya, simfonik orkestr, Kordova va La-Platada konser-vatoriyalar bor.Teatri. Indeys qabilalarining raqslari va marosim taomillarida te-atr harakatlari elementlari bo‘lgan. 16-a.da havaskorlar truppalari may-donga keldi. 1783 y. Buenos-Ayresda "Komediya uyi" nomli birinchi teatr binosi qurildi. 19-a. boshlarida L. A. Morante, K. Enrikes, X. M. Sanches kabi mahalliy dramaturglarning pesala-ri shuhrat topdi. 19-a.ning 80-y.larida 609bosh qahramoni chorvador, dehqon bo‘lgan romantik melodrama janri yuzaga keddi. 19-a.da va 20-a. boshlarida "Viktoriya", "Apolo"teatrlarida ijtimoiy isyon mavzuidagi pesalar qo‘yildi. 1920-y.larda A. teatri inqi-rozga uchradi. Ammo bir necha mustaqil I teatrlar vujudga kelib, teatr san’atini qayta tiklash va yaxshilashga kirishildi. Ularda milliy dramaturglardan O. Dragun, A. Kusani, K. Gorostisa, L. Barlettalarning asar-lari qo‘yildi. 1935 y.da Buenos-Ayresda Milliy komediya teatri b-nbilan Milliy te-atrshunoslik in-ti tashkil topdi. 1943 y.da Davlat qo‘g‘irchoq teatri tuzildi. Musiqiy teatr 1825 y.da Buenos-Ayres-da birinchi opera spektakli — "Sevi-lyalik sartarosh" (J. Rossini asari)ni namoyish qildi. 1877 y.da F. Argreaves birinchi A. operasi "Oq mushuk"ni yarat-di. 1925 y.dan milliy balet trup-pasi ish boshladi: "Kometalar", "Panambi" kabi milliy baletlar ko‘rsatildi. Hoz. vaqtda Buenos-Ayres A. teatr san’ati-ning markazi bo‘lib, bu yerda "El Pueb-lo", "La Maskara", "Fray Mocho" kabi mustaqil teatrlar, Milliy komediya te-atri, "Odeon" kabi tijorat teatrlari ishlamoqda.Knnosn. A.da film yaratish 1897 y.dan boshlandi. 1908 y.da italiyalik rej. M. Galo "Dorregoning otilishi"degan birinchi filmni yaratdi, unda teatr ak-tyorlari ishtirok etishdi. Keyinchalik rej. X. A. Ferreyra ("Gaucho qo‘shig‘i", 1930), L. Zaslavskiy ("Qochish", 1937) va b. bir necha film yaratdilar. U Petit de Murat ("Gaucho urushi"), S. Pondel Rios ("111-kilometr"), E. Amorim ("Keksa doktor") kabi kinossenariychilar bara-kali ijod qildilar. Keyingi yillarda ishqiy sarguzasht filmlar, kinokome-diyalar ishlandi, ayrim adabiy asarlar ekranlashtirildi. A. yirik kino i.ch. firmalari: "Arxentina sono films", "Kontrakuadro". Buenos-Ayresda Kino san’ati va kino fani akademiyasi, Mil-liy kinematografiya in-ti ishlab turib-di.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->