Barbados: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Barbados''' (Barbados) — Markaziy Amerikada, Kichik Antil o.larining Barbados o.da joylashgan davlat. Mayd. 430 km2. Aholisi 300 ming kishi (1995). Poytaxti — Brijtaun sh.Davlat tuzumi. B. — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo‘stlik tarkibida mustaqil davlat. Davlat boshlig‘i — Buyuk Britaniya qirolichasi (qiroli), hokimiyatni general-gubernator amalga oshiradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament; u senat va majlis palatasidan iborat. Ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Bosh vazirni general-gubernator tayinlaydi va vazirlar bosh vazirning tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi.Tabiati. B. — marjonsimon ohaktoshlardan tarkib topgan tropik orol. Yer yuzasi orol markazi tomon zina shaklida (bal. 340 m gacha) ko‘tarilib boradi. Shim.-sharqda orol dengiz tomon tik kesilib tushadi. Orol bo‘yining qolgan qismidagi mayin oq-pushti yaltiroq qumsog‘illar atrofi baland palmalar b-nbilan o‘ralgan. Ular orqasidan shakarqamishzorlar boshlanadi. Ko‘plab yog‘adigan yomg‘ir yer g‘ovaklariga singib, yer osti daryolari va ko‘llarini hosil qiladi; marjon ohaktoshlar esa tabiiy filtr vazifasini o‘taydi. B. iqlimi tropik, passat. Eng iliq oy (sent.)ning o‘rtacha harorati 27°, eng salqin oy (fev.)ning o‘rtacha harorati 25°. Yillik yog‘in miqdori 1400 mm gacha. Quruq mavsum (dek.— iyun)dagi tropik jaziramada Atlantika okeanidan esadigan shim.-sharqiy passat haroratni pasaytiradi, doimo yoqimli shabada esib turadi. B. sohili anvoyi tur va rangdagi o‘simliklar va bahaybat daraxtlar b-nbilan qoplangan.Aholisi. Asosiy aholisi barbadosliklar. Hoz. etnik tarkibi: afrikaliklar (negrlar) 80%, duragaylar 16%, yevropaliklar 4%. Yevropaliklar orasida ingliz mustamlakachilarining avlodlari ajralib turadi. Ular siyosiy hokimiyatni negrlardan iborat ko‘pchilik qo‘liga topshirgan bo‘lsalar ham, mamlakat iqtisodiy hayotida hamon yetakchi mavqega ega. Yevropaliklar orasida "kambag‘al oqtanlilar" deb atalgan o‘ziga xos guruh bor. Ular shartnoma asosida yollangan yo‘qsul xizmatkorlar va Irlandiyadagi 17- a. qo‘zg‘olonlarining badarg‘a qilingan qatnashchilari avlodlari bo‘lmish redlegxlardir. Davlat tili — ingliz tili. Dindorlar, asosan protestantlar. B. aholisining zichligi jihatidan Amerikada eng yuqori o‘rinda turadi (1 km2 ga salkam 600 kishi). Yaqin vaqtgacha aholining tabiiy ko‘payishi 3% edi, hukumatning tug‘ilishni cheklash siyosati natijasida bu ko‘rsatkich 1%ga tushdi. Aholining yarmisi — 20 yoshga yetmagan yigit qizlar. Katta yoshdagi aholining savodxonligi — 99%ni tashkil etadi. Aholining 38% shaharlarda yashaydi.Tarixi. Yevropaliklar kelgunga qadar orolda indeyslarning arvak va karib qabilalari yashagan. 1518 y. B.ni ispanlar kashf etishgan, 1625 y.gacha Ispaniyaning mustamlakasi bo‘lgan, o‘sha yili uni Angliya bosib olgan. Mustamlakachilar bu yerda tamaki va shakarqamish plantatsiyalarini barpo qilib, Afrikadan ko‘plab negrlarni keltirib ishlata boshladilar. Asta-sekin yevropaliklar kamayib, negrlar ko‘payib bordi. 1834 y.da qullik bekor qilindi. 1961 y.da B. ichki o‘z-o‘zini boshqarish hukuqini oldi, 1966 y.da mustaqillikka erishdi. Milliy bayrami — 30 noyab.— Mustaqillik kuni. 1966 y.dan B. —BMT a’zosi.Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. B. leyboristlar partiyasi, 1938 y.da tuzilgan; Demokratik leyboristlar partiyasi, 1955 y.da asos solingan; Milliy-demokratik partiya. Barbados ishchilar ittifoqi, 1941 y.da asos solingan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->