Boliviya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 4:
'''Boliviya''' (Bolivia), Boliviya Respublikasi (Republica de Bolivia) -Jan. Amerikaning markaziy qismida joylashgan davlat. Mayd. 1098581 km2. Aholisi 7,5 mln. kishi (1996). Rasmiy poyta[[x]]ti — Sukre, hukumati joylashgan amaldagi poyta[[x]]ti — LaPas. Maʼmuriy jihatdan 9 departamentga, departamentlar 98 viloyatga boʻlinadi.
 
Davlat tuzumi. B. — unitar respublika. 1967 y. 2 fev.da qabul qilingan konstitutsiyaga koʻra davlat boshligi — prezident. U 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyati — Milliy kongress boʻlib, u ikki palata: senat va deputatlar palatasidan iborat. Deputatlar va senatorlar umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli b-nbilan 4 y. muddatda saylanadi. Ijroiya hokimiyatini prezident va hukumat amalga oshiradi. Hukumatni prezident tayinlaydi va unga boshchilik qiladi.
 
Tabiati. B. ning gʻarbini And togʻlari va baland togʻli Puna platosi egallaydi. Punaning shim.gʻarbida lava platolari, jan.sharqida bal. 3800 m gacha boʻlgan togʻ havzalari bor; qoldiq koʻllar (Poopo) va shoʻr[[x]]oklar uchraydi. Titikaka koʻlining bir qismi ham B. hududida. Shim.sharkidagi tekisliklar Amazonka pasttekisligiga tomon astasekin pasaya boradi va bu yerda Beni va Mamore daryolari tizimiga kiradigan soyjilgʻalar oqib yotadi. B.da qalay, volfram, molibden, surma, mis, ru[[x]], qoʻrgʻoshin va kumush konlari bor.
Qator 12:
Aholisi. B. aholisining 2/3 qismi kechua va aymara nomli indeys [[x]]alqlari; qolganlari ispan tilida gaplashadigan boliviyaliklar, aksari duragaylar, kisman ispanlardan tarqalgan kreollardir. B.ning sharqidagi tropik oʻrmonlarda turli qabilalarga mansub indeyslar yashaydi. Rasmiy tillari — ispan, kechua va aymara tillari. Aholisining yarmisi kechua, aymara, guarani tillarida gaplashadi. Shahar aholisi 58%. Dindorlar — asosan katoliklar. Eng yirik shaharlari: LaPas, Kochabamba, SantaKrus, Oruro, Sukre.
 
Tari[[x]]i. B. hududida qadimdan ibtidoiy jamoa tuzumi bosqichidagi indeys qabilalari yashab kelgan. 14-a. boshlarida B. hududi Ink davlati tarkibiga kirgan. 1532—38 y. larga kelib, ispanlar zabt etdi va mahalliy [[x]]alqdan bir necha oʻn ming kishi qirib tashlandi. B. 300 y. mobaynida Ispaniya imperiyasi tarkibida boʻlib (1542 y.dan B. hududi Peru, 1776 y.dan LaPlata vitseqirolligi tarkibiga kirgan), Yuqori Peru deb atalgan. 1809—25 y.lar mobaynida ispanlar istibdodiga qarshi milliy ozodlik urushlari boʻlib turdi. 1824 y. 9 dek.da Simon Bolivarning safdoshi general Sukre ispan qoʻshinlarini tormor keltirdi. 1825 y. 8 avg .da Yuqori Peru mustaqil deb eʼlon qilindi va Bolivar sharafiga B. deb ataddi. Bolivar mamlakat prezidenta qilib saylandi, lekin u mamlakatni idora qilishni Sukrega topshirdi. 1836—39 y. larda B. Peru b-nbilan yagona konfederatsiya tashkil etdi. 1879—83 ylarda B. b-nbilan Peruning Chiliga karshi, 1932—35 y.larda Paragvayga qarshi urushida B. oʻzining qalay va selitraga boy dastlabki hududining 2/3 qismini yoʻqotdi. 1-jahon urushida B. betaraflik siyosatini tutgan boʻlsada, mamlakat iqtisodiy resurslari Antanta davlatlari manfaatiga [[x]]izmat qildi. 1943 y. apr.da B. Germaniya, Italiya va Yaponiyaga urush eʼlon qildi, ammo urush harakatlarida qatnashgani yoʻq. 1952 y.da B.da harbiy diktatura rejimiga qarshi qoʻzgʻolonda "Milliy inqilobiy harakat" partiyasi armiyani tormor keltirdi. Qalay sanoati davlat i[[x]]tiyoriga olindi va agrar islohotlar oʻtkazila boshladi. 1964 y. 4 noyab.da B. reaksionerlari mamlakatda harbiyfashistik diktatura oʻrnatdi. Agrar islohotlar toʻ[[x]]tatildi, kor[[x]]onalar amerikaliklarga qaytarib berila boshladi. 1967 y.da mamlakatning koʻpgina joylarida partizanlar harakati boshlandi. Yirik kasaba uyushmasi — B. ishchilar markazi demokratik tuzumni qayta tiklash, mehnatkashlarning turmushini ya[[x]]shilash va q. [[x]]. da islohotlar oʻtkazish uchun kurashdi. 1970 y. 4 okt.da vatanparvar kuchlar rahbari general Xuan Xose Torres prezidentlik lavozimini egallab, mustaqil tashqi siyosat yurita boshladi. Biroq 1974 y.da hokimiyatni qoʻlga olgan harbiy hukumat demokratik kuchlarni taʼqib qilish yoʻlini tutdi. 80-y. larda mamlakatning ichki siyosiy ahvoli beqaror boʻlib turdi. 1985 y.gi saylovdan keyin B. prezidentlik boshqaruviga oʻtdi. 1997 y. 2 avg .da B. Milliy kongressi tomonidan saylangan prezident Ugo Banser Suares hukumati mamlakatni mustaqil idora qila boshladi. 1945 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 6 avg . — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1825).
 
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Fuqarolar "Birdamlik" ittifoqi, partiya, 1989 y.da tashkil etilgan; Soʻl millatparvar inqilobiy partiya, 1964 y.da tuzilgan; Soʻl millatparvar inqilobiy harakat, 1979 y.da rasmiylashgan; B. Kommunistik partiyasi, 1950 y.da tuzilgan; Soʻl inqilobiy harakat, 1971 y.da asos solingan; Millatparvar demokratik harakat, 1979 y.da tuzilgan; Millatparvar inqilobiy harakat, 1942 y.da asos solingan; Sotsialistik partiya1, 1971 y.da asos solingan; Tupak Katari nomidagi ozodlik uchun inqilobiy harakat, 1978 y. tashkil etilgan; Xristiandemokratik partiya, 1954 y. asos solingan. B. ishchilar markazi kasaba uyushmasi, 1952 y.da tuzilgan.
 
Xoʻjaligi. B. iqtisodiyotining asosini konchilik sanoati tashkil etadi. Q.[[x]]. zaif rivojlangan va mamlakatni oziq-ovqat b-nbilan taʼminlay olmaydi.
 
Sanoati. B. qalay qazib olish va eksport qilishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Surma, volfram, mis, ru[[x]], qoʻrgʻoshin va vismut rudalari, oltin, k’umush, oltingugurt ham qazib chiqariladi (asosiy konchilik markazlari — Oruro, Potosi, Tupisa, Korokoro va b.). Asosiy neft konlari Chukisoka, Tari[[x]]a departamentlarida joylashgan. Elektr energetika, rangli metallurgiya, neft kimyosi, toʻqimachilik (ip va jun gazlama), oziq-ovqat kor[[x]]onalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. 1,9 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (asosan GESlarda).
Qator 32:
Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi. Yirik ommaviy kundalik gaz.lari: "Diario" ("Gazeta", 1904 y.dan), "Deber" ("Burch", 1953 y.dan), "Oy ("Bugun", 1968 y.dan), "Ultima ora" ("Soʻnggi soat", 1929 y.dan), "Rason" ("Idrok", 1990 y.dan). A[[x]]ensia de Notisias Fides—ANF a[[x]]borot agentligi 1979 y.da tashkil etilgan. Bosh aloqa boshqarmasi — hukumat radioeshittirish [[x]]izmati mavjud. Mamlakatda 158 radiost-ya boʻlib, ularning koʻpchiligi tijorat asosida ishlaydi. Telekoʻrsatuv 1969 y.dan olib boriladi, uning bir kanalini hukumat nazorat qiladi.
 
Adabiyoti asosan ispan tilida. B.da qad. indeys madaniyati namunalaridan "Olyantay" nomli boliviyaperu dramasi saqlangan. Mustamlaka davri (16—18-a.lar) adabiyotida F. Guaman Pom, A. de Kalanchaning tari[[x]]iy [[x]]ronikalari diqqatga sazovor. 18-a. o[[x]]iridan boshlab mustaqillik uchun kurash davrida vatanparvarlik publiiistikasi va sheʼriyati yaratildi. 19-a. B. adabiyotida romantizm hukmronlik qildi. Uning yirik namoyandalari: R. X. Bustamante, N. Galindo, M. X. Mu[[x]]ia, B. Lens va b. Bu davrda romantizm b-nbilan bogʻliq holda indeyslar hayotiga qiziqish kuchaydi. N. Agirrening "Xuan de la Rosa", L. Ansoategi de Kamperoning "Ualparrimachlar", A. Argedasning "Bronza rangli irq" romanlari shu mavzuga bagʻishlandi. "Olov oqim" (1935, O. Serruto), "Iblis metall" (1946, A. Sespedes), "Ajal sha[[x]]talari" (1962, F. Ramires Velarde) romanlarida konchilarning ogʻir hayoti, inqilobiy kayfiyatlari tasvirlandi. B.ning yirik yozuvchilaridan M. Mendosa Lopes, X. Felman Velarde asarlarida, mashhur yozuvchi X. Laraning "Surumi" (1945), "Yanakuna" (1952), "Qonimiz" (1959) romanlarida ijtimoiy tenglik uchun kurash masalalari oʻz ifodasini topdi.
 
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. 5— 8-a. larda B. togʻli joylari meʼmorligida tiauanako madaniyati gullab yashnadi (katta ya[[x]]lit toshlardan yasalgan inshootlar, afsonalardagi qahramonlarni aks ettiruvchi tosh haykallar va b.). 16—18-a.larda B.da Potosi, Sukre, LaPas, Kochabamba, Oruro kabi shaharlar qurildi. Bu shaharlarda mahalliy aholi ustalari ishtirokida ibodat[[x]]onalar, saroylar va b. binolar barpo etildi. Ularda indeyslarning qad. sanʼat va meʼmorligi bezaklaridan foydalanilgan. 19—20-a. larda B.da sanoat va jamoat binolari qurila boshladi. Bu binolar Yevropa va Amerika meʼmorligi uslubida, turar joy binolari qad. B. meʼmorligi uslubida kurilgan. 19-a. o[[x]]iri va 20-a. boshlarida rassomlardan A. Nogales, X. Garsia Mesa, S. Iturralde ijod qildilar. 20-a. boshlarida B. sanʼatida modernizm oqimi keng tarqaldi. 20-y.larga kelib, millim rassomlik maktabi tarkib topdi. Keyingi yillarda rassomlardan S. Gusman de Ro[[x]]as, B. Berdesio, V. S. Romero, M. E[[x]]ido, haykaltarosh M. Nunyes del Prado oʻz asarlarida [[x]]alq tari[[x]]i va hayotini, zamondoshlar obrazini, tabiat goʻzalligini aks ettirdilar. 20-a. oʻrtalaridan Koʻp qavatli temirbeton binolar qurila boshladi, shaharlar taʼmirlandi, sanoat kor[[x]]onalari qurildi.
Qator 38:
Musiqasi. B.da indeyslar musiqasi — beguala, vidala, uanka kabi lirik qoʻshiqlar, uayno, uaynito, nombo kabi cholgʻu asboblari, qamish nay, doʻmbirani eslatuvchi putunka keng tarqalgan. Ispaniyadan oʻtgan olti torli gitara boliviyaliklarning sevimli sozi hisoblanadi. 19-a. o[[x]]iri va 20-a. boshlaridagi yirik kompozitorlar E. Kabo, T. Vargas, X. Maydanadir. LaPasda milliy konservatoriya va milliy simfonik orkestr bor.
 
Teatri. 16—17-a.larda missionerlar Potosidagi bayram va sayillarda teatrlashtirilgan tomoshalarni tashkil etishgan. 1617—19 y.larda LaPasda ikkita teatr ochildi. Bayram kunlaridagi karnavallar milliy madaniyatning oʻziga [[x]]os [[x]]ususiyati boʻlib qolgan. Ashula va raqslar orasida diablados deb atalgan va ya[[x]]shilik b-nbilan yomonlikning kurashi tasvirlanadigan tomoshalar koʻrsatilgan. Professional teatr sanʼati suyet rivojlangan. Sukre sh.dagi yozgi teatr ahyonahyonda ishlaydi, unda yarim professional truppalar qatnashadi. Mahalliy dramaturglardan R. Mu[[x]]ia, X. Berrios, M. Flores, A. Saavedra Peres va b.larning pyesalari sahnalashtirilgan. LaPasda Sahna sanʼati va deklamatsiya akademiyasi bor. 1949 y. Teatr va radio arboblari jamiyati tashkil etilgan.
 
Kinosi. 1943 y.da tashkil etilgan B. kino in-ti asosan hujjatli filmlar tayyorlaydi; yiliga bir nechagina badiiy film chiqaradi. Mashhur filmlari: "Ukamau", "Kondor qoni" (rej. X. San[[x]]imes).
 
1996 y.da OʻzR b-nbilan B. oʻrtasida savdoiqtisodiy munosabatlardagi tovar aylanmasi 4,84 mln. AQSH dollarini tashkil qildi, mamlakatimizga ru[[x]] rudalari va konsentratlari keltirildi. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->