Braziliya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 17:
Braziliya aholisining asosiy qismi (95 % dan koʻprogʻi) brazillar. Braziliyada [[Yevropa]] va [[Osiyo]] mamlakatlaridan kelgan bir necha million kishi, jumladan [[olonlar]], [[italyanlar]], [[portugallar]], [[yaponlar]], [[ispanlar]], [[polyaklar]], [[livanliklar]], suriyaliklar ham yashaydi. Tub joy xalqi — indeyslar koʻplab qirib yuborilgan, bir qismi boshqa xalqlar bilan qorishib ketgan. Omon qolgan indeys qabilalari mamlakat ichkarisidati xilvat joylarda yashaydi. Shahar aholisi 75,5 %ni tashkil qiladi. Davlat tili — [[portugal tili]]. Dindorlar asosan katoliklardir. Eng yirik shaharlari: San-Paulu, [[Riode-Janeyro]], [[Belu-Orizonti]], [[Resifi]], [[Portu-Alegri]], [[Salvador]], [[Fortaleza]], [[Kuritiba]], [[Belen]], [[Brazilia (shahar)|Brazilia]], [[Kampus]], [[Niteroy]], [[Manaus]].
 
Tarixi. B. hududida insonning paydo boʻlishi neolit davriga toʻgʻri keladi. 16-a.gacha B.da bir necha yirik indeys qabilalari yashagan. Ular koʻchmanchi hayot kechirgan, tupiguarani qabilasigina oʻtroq yashagan. Indeys qabilalari ovchilik, baliqchilik b-nbilan bir qatorda dehqonchilik ham qilishgan. 16-a. boshlarida tupiguarani jamoalarida mulkiy boʻlinish davri boshlangan. 1500 y. apr.da Portugaliya lik dengizchi P. Kabral B. qirgʻoqlariga bordi va yangi yer ochganligini va u Portugaliyaga qarashliligini eʼlon qildi. Kabral sayohatidan 10 y. keyin portugallar B.dan qimmatbaho qizil daraxt — „brazil“ni (B. nomi ham shunday kelib chiqqan) jahon bozorlariga olib borib sota boshladilar. B. kashf etilgach, u uzoq vaqt Portugaliya b-nbilan Fransiya oʻrtasida talash boʻlib keldi, 1516 y.dagina bu mojaro Portugaliya foydasiga hal boʻldi. 1532—36 y.larda B. qirgʻoq joylari kapitanlik deb ataladigan 13 maʼmuriy hududga boʻlindi. 1549 y. B.ning asosiy shahri boʻlgan Baiya (hoz. Salvador)da gubernatorlik tashkil etildi. 16-a.
 
ning 70-y.laridan boshlab portugallar Afrika qitʼasidan keltirilgan koʻplab negrlarni qul qilib sota boshladi; qullar plantatsiyalarda ishlatilardi. B.da portugallar zulmiga qarshi milliy ozodlik kurashlari uzoqdavom etdi. 1720 y.da MinasJerays viloyatida Felipi dus Santus boshchiligida qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1797 y. Baiya viloyatida milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1807 y. Portugaliyaga Napoleon qoʻshinlari bostirib kirgach, Portugaliya qiroli RiodeJaneyroga qochib ketdi. B. monarxiya markaziga aylandi (1808—21). 1820 y.gi Portugaliya burjua inqilobi B.da mustaqillik uchun kurashning yanada avj olishiga sabab boʻldi. 1822 y. 7 sent. da B. mustaqil imperiya deb eʼlon qilindi. 1888 y. B.da quldorlik bekor etildi. 1889 y. monarxiya tugatilib, B. federativ respublika deb eʼlon qilindi. 19-a.ning oxiri va 20-a. boshlarida B.ga chet el sarmoyasi, xususan AQSH monopoliyalari kirib kela boshlagach, sanoatning ayrim tarmoqlari rivojlana boshladi. 1-jahon urushi davrida B. Antanta tomonida turib urushga kirdi. 20-y.lar B. xalqommasining demokratik erkinliklar uchun kurash yillari boʻldi. 1924 y.da B.ning barcha shtatlarida qoʻzgʻolonlar koʻtarildi. 1930 y.gi davlat toʻntarishi natijasida J. Vargas hokimiyat tepasiga keldi. Uning hukmronligi yillarida demokratik va taraqqiyparvar kuchlarga qarshi kurash boshlanib, mamlakatning AQShga iqtisodiy va siyosiy qaramligi kuchaydi. 1942 y. avg .da Germaniyaga qarshi mamlakatlar tomonida turib 2-jahon urushiga kirdi. Fashistlar Germaniyasining tormor etilishi B.da demokratik harakatni kuchaytirdi. 1945 y. okt.da yangi davlat toʻntarishi boʻlib, harbiy diktatura oʻrnatildi. 1946 y. general E. G. Dutra hukumat boshligʻi boʻldi. 1950 y.gi prezident saylovida yana J. Vargas prezidentlikka saylandi. 1953—54 y.larda hukumat xalq ommasi talabi b-nbilan neft sanoatini davlat qoʻliga oldi va ishchilarning ish haqini bir oz oshirdi. Hukumatning bu tadbiri B. reaksion doiralarining yangidan bosh koʻtarishiga olib keldi. Bundan qoʻrqqan Vargas 1954 y. 21 avg .da oʻzini otib oʻldirdi.
 
1955 y. sent. oyidagi prezident saylovida hokimiyat tepasiga sotsialdemokratik partiyaning vakili J. Kubichek keldi. Kubichekning prezidentlik davri (1956—60) da, bir tomondan B. iqtisodiyotiga chet el sarmoyasining koʻplab kirib kelishiga yoʻl ochilgan boʻlsa, ikkinchi tomondan, B.ning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlovchi qator tadbirlar oʻtkazildi, neftni davlat monopoliyasiga aylantirish uchun kurashildi, ‘AQShga atom xom ashyolari sotish haqidagi shartnoma bekor qilindi. 1960 y.gi saylovda Xristiandemokratik partiya va Milliy demokratik ittifoq blokining nomzodi J. Kuadros prezidentlikka saylandi. 1961 y. avg .da Kuadros reaksion kuchlar tazyiqi b-nbilan isteʼfo berishga majbur boʻldi. 1961 y. 7 sent.
 
da J. Gulart prezidentlik lavozimini egalladi.
 
1964 y. apr.da yangi davlat toʻntarishi oʻtkazilib, marshal Umberto Kastelo Branko hokimiyat tepasiga keldi. Branko hukumati Gulart hukumati oʻtkazgan barcha ilgʻor tadbirlarni bekor qildi; 1967 y. mart oyida marshal Artur da KostaeSilva prezident qilib saylandi. Uning hukumati mamlakatdagi siyosiy tanglikdan qoʻrqib milliy xavfsizlik haqida qonun qabul qildi va juda keng vakolatlarga ega boʻlgan Milliy xavfsizlik kengashini tashkil etdi. Umuman 1985 y.gacha B.da hokimiyat harbiylar qoʻlida boʻddi. 1994 y.da saylangan prezident Fernandu Enriki Kardozu 1995 y. 1 yanv.da oʻz lavozimini ijro etishga kirishdi. B.— 1945 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR b-nbilan diplomatiya munosabatlarini 1993 y. 30 apr.da oʻrnatgan. B.ning milliy bayrami — 7 sent.— Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1822).
 
Siyosiy partnyalari, kasaba uyushmalarn. B. taraqqiyparvar partiyasi, 1995 y.da bir necha islohotchi partiyalarning birlashuvi natijasida tuzildi; B. trabalist partiyasi, 1980 y.da asos solingan; Demokratik trabalist partiyasi, 1979 y. tuzilgan; B. demokratik harakat partiyasi, 1981 y.da tuzilgan; B. sotsialdemokratik partiyasi, 1988 y.da asos solingan; Liberal front partiyasi, 1984 y.da sobiq Sotsialdemokratik partiya aʼzolaridan tuzilgan; Milliy qayta qurish partiyasi, 1988 y.da asos solingan; Mehnatkashlar partiyasi, 1980 y.da tuzilgan; Sotsialistikxalq partiyasi, 1992 y.da B. kommunistik partiyasining „yangilovchilar“ fraksiyasi negizida tashkil etilgan. Mehnatkashlar umumiy konfederatsiyasi kasaba uyushmasi, 1986 y.da tuzilgan, 1988 y.gacha Mehnatkashlar umumii kasaba uyushma markazi deb atalgan; Mehnatkashlar yagona kasaba markazi, 1981 y.da tuzilgan. Shuningdek, sanoat ishchilari milliy konfederatsiyasi, savdo xodimlarining milliy konfederatsiyam, kredit muassasalari xodimlarining milliy konfederatsiyasi ham mavjud.
Qator 39:
da tamakichilik va sohibkorlik yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: makkajoʻxori, sholi, bugʻdoy, soya, maniok, loviya. Asosan goʻshtbop yaylov chorvachiligi, goʻsht va jun olinadigan qoʻychilik rivojlangan. Dengiz va daryolarda baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda kauchuk, yongʻoq, mum, palma mevasi yigʻishtirib olinadi, imoratbop, qimmatbaho yogʻochlar tayyorlanadi. B. yassitogʻligida „paragvay choyi“ — yerbamate yetishtiriladi.
 
Transporti. B. hududining katta qismi yoʻlsiz. T.y.ning uz. 32 ming km, shundan 3 ming km dan ortiqrogʻi elektrlashtirilgan. Transportning asosiy turi avtomobil; avtomobil yoʻllari uz. 1,7 mln. km; 5 ming km dan ortiq uzunlikdagi Transamazonka magistrali Atlantika sohilini And togʻ etaklari b-nbilan tutashtiradi. Ichki suv yoʻllarining uz. 31 ming km. Asosiy dengiz portlari: RiodeJaneyro, Santus, RiuGrandi, Paranagua, PortuAlegri, Tubaran, SanSebastyan. B. chetga asosan ogʻir va yengil sanoatning tayyor va chala tayyor mahsulotlari, kofe, temir rudasi, soya, tamaki, qandshakar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, asbobuskuna, metall va undan yasalgan buyumlar, kimyo mahsulotlari, bugʻdoy va b. sotib oladi. Savdosotikdagi asosiy mijozlari: AQSH, Yevropa ittifoqi mamlakatlari, Yaponiya, Kanada, Lotin Amerikasi mamlakatlari. Pul birligi — real.
 
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Axrliga tibbiy yordamni xususiy shifokorlar koʻrsatadi. Shifokorlarni mamlakat oliy oʻquv yurtlaridagi tibbiyot f-tlari tayyorlaydi.
Qator 47:
Matbuoti, radioeshnttnrishi va telekoʻrsatuvi. B.da 300 ga yaqin gaz. va jur. nashr etiladi. Asosiy gaz. va jur.
 
lari: „Gazeta merkantil“ („Savdo-sotiq gazetasi“, SanPauluda chiqadigan kundalik iqtisodiy gaz., 1920 y.dan), „Dia“ („Kun“, RiodeJaneyroda chiqadigan kundalik gaz., 1951 y.dan), „Diariu di SanPaulu“ („SanPaulu gazetasi“, kundalik gaz., 1925 y. dan), „Jornal du Brazil“ („Braziliya gazetasi“, kundalik gaz., 1891 y.dan), „Jornal du komersiu“ („Tijorat gazetasi“, RiodeJaneyroda chikadigan kundalik gaz., 1827 y.dan), „Letin Amerika deyli post“ („Lotin Amerikasining kundalik pochtasi“, SanPauluda ingliz tilida chikadigan kundalik gaz., 1979 y.dan), „Folya di SanPaulu“ („SanPaulu varaqasi“, kundalik gaz., 1921 y.dan), „Globu“ („Yer kurrasi“, kundalik kechki gaz., 1925 y.dan), „Veja“ („Koʻring“, haftalik ommaviy siyosiy jur., 1968 y.dan), „Vizan“ („Saviya“, haftalik ommaviy siyosiy jur., 1952 y.dan) va b. Empreza Brazileyra di Komunikasan, SA (Radiubraz) axborot xizmati 1988 y.da hukumat axborot agentligi b-nbilan davlat radioeshittirish korporatsiyasining birlashuvi natijasida tashkil etilgan. Mamlakat prezidentining fuqaro devoni tomonidan nazorat qilinadi.
 
Radioeshittirish va telekoʻrsatuvni asosan xususiy st-yalar amalga oshiradi, ularni milliy aloqa departamenta nazorat qiladi. B. radio va televizion st-yalar uyushmasi 1962 y.da tuzilgan.
 
Adabiyoti portugal tilida rivojlangan. B.da qadimdan indeys va negrlarning boy ogʻzaki ijodi mavjud. 17— 18-a.larga kelib, yozma adabiyotda G. di Matusning satirik asarlari, T. Gonzaganing sheʼrlari, J. Gamaning maʼrifatparvarlik ruhidagi „Urugvay“ poemasi paydo boʻldi. Ularda oddiy xalqturmushi aks ettirildi. B. adabiyotida 19-a.ning 20-y.larida vujudga kelgan romantizm okimi rivojlandi. Bu davrda G. di Magalyainsning „Tamoyo qabilasi ittifoqi“, A. Gonsalvis Diasning „Amerika dostonlari“ keng tarqaldi. J. M. di Alenkarning „Guaranlar“, „Irasema“, „Ubirijara“ romanlarida indeyslarning urfodatlari, azobuqubatli hayoti, stixiyali boʻlsada kurashi aks etdi. Buyuk xalq shoiri A. Kastru Alvisning „Afrika ovozi“, „Bandi kema“ va b. mashhur poemalari „Toʻlqinlar mavji“ asarlar toʻplamiga kiritildi. 19-a.ning ikkinchi yarmidan boshlab dehqonlar hayotini aks ettiruvchi bir qator romanlar paydo boʻldi. Shu davrda A. Gonsalvis Diasning „Beatriche Chenchi“, „Patkul“ tarixiy romanlari ham katta shuhrat qozondi. 19-a.ning oxirlari va 20-a. boshlarida bir qator yozuvchilar B. adabiyotiga realizm anʼanalarini olib kirdilar. 1896 y.da asos solingan B. adabiyot akademiyasining birinchi prezidenta J. M. Mashadu d’Asis tanqidiy realizmning atoqli namoyandasi edi. Xuddi shu davrda B. adabiyotida dekadentchilik kayfiyatlari kuchaydi. Demokratik harakatlarning avj olishi b-nbilan 20-a.ning 40—50-y.
 
larida B. dehqonlarining hayotini aks ettiruvchi realistik asarlar koʻpaydi, taraqqiyparvar adabiyotning L. Barretu, G. Ramus, R. di Keyrus, M. di Andradi, Luara Brandau kabi namoyandalari ijodida insonning ijtimoiy mavqei masalalari aks etdi. Jorji Amadu oʻz romanlarida dehqonlar hayotini, mehnatkash ommaning sinfiy ongi oʻsayotganini ifodaladi. Shoirlardan V. di Morays, K. di Andradi, yozuvchilardan D. Jurandir, S. Martine, M. Palmeriu, dramaturglardan N. Rodriges, G. Figeyredu, A. Suasuna ijodi B. adabiyotida salmoqli oʻrin egallaydi.
Qator 57:
Meʼmorligi. B.ning yerli aholisi — indeyslarning meʼmorligi qabr toshlari hamda Amazonka boʻylarida gʻorlarga solingan har xil rasmlar, qamish va yogʻoch shoxlaridan yasalgan, konus shaklli uylardan iborat. 16-a.
 
da portugaliyaliklar Olinda, Resifi va Salvador (oldingi poytaxti) kabi shaharlarni bunyod etdilar. 18-a. B.da mustamlaka davri meʼmorligining yuqori bosqichi hisoblanadi. Oltin va olmos konlari topilishi b-nbilan B.da yangi shaharlar barpo etiddi, RiodeJaneyro poytaxt boʻlib qoldi (1960 y.gacha). B. meʼmorligida ikki yoʻnalish: barokko (SanFransisku monastiri, Salvador) va rokoko (MinasJeraysdagi har xil binolar, meʼmor va haykaltarosh Aleyjadinyu ishi) oʻrin oladi. Fransuz meʼmori O. Granjan de Montini B.da ijod etib klassitsizm uslubini tarqatdi (Mira teatri, Belen sh., Itamarati saroyi, RiodeJaneyro sh.). 19— 20-a.
 
larga kelib B. meʼmorligida „modern“ uslubi keng tarqaldi. MinasJerays shtatida BeluOrizonti, Goyas shtatida Goyani va Braziliya (yangi poytaxti) kabi yirik shaharlar va zamonaviy binolar kurildi. L. Kosta, O. Nimeyer, A. E. Reydi va b. mashhur meʼmorlar yetishib chiqdi.
 
Tasviriy sanʼati. Qad. davr sanʼat yodgorliklaridan har xil tosh va sopol bezaklar yetib kelgan. Mustamlaka davr sanʼatidan (16—17-a.lar) Salvador va RiodeJaneyrodagi ibodatxonalar bezaklari bor. Bu davr sanʼati din b-nbilan bogʻliq. B. meʼmorligidagi barokko va rokoko uslubi tasviriy sanʼatga ham taʼsir etgan. Ibodatxonalar bezagida oltin va rangdor boʻyoqlardan foydalanilgan. Haykaltarosh va meʼmor Aleyjadinyuning BonJezusdiMatozinyus cherkovidagi (Kongonyas sh.) tosh va yogʻochdan ishlagan haykallari dunyoga mashhur. 18-a.da B. shaharlarida tasviriy sanʼat maktablari vujudga keddi (RiodeJaneyroda J. di Oliveyra, Salvadorda J. J. da Rosha, Resifida J. di Deus Sepulveda, SanPauluda J. P. da Silva Marisku va b.). 1816 y.da qirol Juan VI fransuz rassomlari ishtirokida fan, sanʼat va hunar maktabini tashkil etdi. 1820 y.da bu maktab badiiy akademiyaga aylandi. 19-a. B. tasviriy sanʼatida klassitsizm hukmronlik qildi. Mashhur rassom J. F. di Almeyda Junior ijodida xalq hayoti, tabiat manzaralari koʻp oʻrin oladi. 20-a. B. tasviriy sanʼatida realizm b-nbilan bir qatorda turli oqim (formalizm, abstraksionizm va b.) namoyandalari ijod etmoqda. Amaliy sanʼatda kulolchilik, matoga gul va rasm solish rivojlangan.
 
Musiqasi indeys, negr, ispan, portugal qoʻshiq va raqslari asosida shakllangan. A. K. Gomis, L. Migis, A. Levi, A. Nepomusenu, E. Vila Lobos, K. Santoru, M. K. Guarnyeri, J. N. Garma, F. M. Silva (B. milliy madxiyasining muallifi) kabi kompozitorlarning ijodi mashhur. B. musiqa sanʼatini yuksaltirishda, musiqachi va bastakorlar tayyorlashda RiodeJaneyro konservatoriyasi, Milliy musiqa inti, Milliy opera teatri va simfonik orkestrlar, B. untining milliy musiqa maktabi, Musiqa akademiyasi ish olib boradi.