Bolgariya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
{{Bulgariya_info}}
'''Bolgariya''' (Bʼlgariya), Bolgariya Respublikasi — Yevropaning jan., Bolqon ya. o.ning sharqiy qismidagi davlat. Sharqda Qora dengiz b-nbilan oʻralgan. Mayd. 111 ming km2. Aholisi 8,3 mln. kishi (1997). Poyta[[x]]ti — Sofiya sh. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyatga, ular jamoalarga boʻlinadi. Sofiya sh. viloyatga tenglashtirilgan.
 
Davlat tuzumi. B. — parlamentli respublika. 1946 y.dan 1990 y. 15 noyab.
 
gacha B. Xalq Respublikasi deb atalgan. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 y. 12 iyulda kuchga kirgan. Davlat boshligi — prezident (1997 y.dan Petr Stoyanov). Uni mamlakat aholisi toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli b-nbilan 5 y. muddatga saylaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — 240 deputatdan iborat Xalq majlisi (doimiy ishlaydigan organ). Yangi konstitutsiyani qabul qilish, B. hududini oʻzgartirish masalasi yoki davlat tuzilishi va mamlakat boshqaruvi shakliga uzgartirish kiritish masalalarini hal etish uchun 400 vakildan iborat Buyuk [[x]]alq majlisi saylanadi. U oʻziga havola qilingan masalalar yuzasidan uzilkesil qaror qabul qilganidan soʻng vakolati toʻ[[x]]tatiladi. Vazirlar Kengashi (hukumat) ijroiya hokimiyat organi hisoblanadi.
 
Tabiati. B. relyefida togʻ va qirlar ustunlik qiladi (mamlakat hududining 70%ga yaqini). Mamlakat oʻrtasidan (gʻarbdan sharqqa) Bolqon togʻlari (mahalliy nomi StaraPlanina) kesib oʻtgan. B. shim.da Dunay sertepa tekisligi bor; sharqda bu tekislik Dobruja platosiga tutashgan. SrednaGora va Rodop togʻlari oraligʻida Maritsa daryosi boʻylab mamlakatdagi eng unumdor Yuqori Frakiya (yoki Maritsa) pasttekisligi joylashgan. Qora dengiz sohili aksari pasttekislik. Jan. va jan.gʻarbida RilaRodop togʻlari bor. Rila togʻlarida Musala choʻqqisi (2925 m) Bolqon ya.o.dagi eng baland choʻqqidir. Eng muhim qazilma boyliklari: koʻmir (Sharqiy Maritsa, Pernik, BobovDol havzalari), temir (Kremikovsi koni), qoʻrgʻoshinru[[x]] (Rodop), mis (Medet) rudalari, tosh tuz (Mirovo), neft, maʼdanli suvlar va qurilish materiallari. B.ning koʻp qismida iqlim moʻʼtadil kontinental. Jan.da Oʻrta dengiz iqlimining taʼsiri bor. Togʻlarda balandlik iqlim mintaqalari mavjud. Tekislik va sertepa joylarda iyulning oʻrtacha t-rasi 23—25°, yanv. niki — 2° dan 2,5° gacha, toglarda —10,8° gacha. Yogʻinni gʻarbiy va shim. gʻarbiy shamollar keltiradi. Yillik yogʻin tekisliklarda 450—600 mm, togʻlarda 850—1300 mm. Yogʻinning koʻp qismi yozning birinchi yarmida yogʻadi. Qurgʻoqchilik boʻlib turadi. B. daryolarining hammasi togʻlardan oqib tushadi. Yoz o[[x]]irida juda sayozlanib qoladi. Eng katta daryolari: Dunay (kema qatnaydi), Iskir, Maritsa, Mesta va Struma. Daryolardan sugʻorishda va elektr hosil qilishda foydalaniladi. Daryolarga koʻplab suv omborlari qurilgan. B. da koʻllar kam, borlari ham kichik koʻllar, asosan, Rila va Pirin togʻlarida. 500 dan koʻproq maʼdanli buloq bor. Dunay tekisligida aksari kora va boʻz oʻrmon tuproq, Bolqon togʻlaridan jan.da qoʻngʻir va qoramtir, togʻlarda qoʻngʻir oʻrmon va togʻ oʻtloq tuproqlari, daryo qayirlarida unumdor allyuvial tuproklar bor. Tabiiy oʻsimliklar faqat togʻlarda saqlanib qolgan. B. hududining 1/3 qismi oʻrmon, shundan 75% i keng bargli dara[[x]]tlar (dub, grab va qoraqayin), 24,7% i qaragʻay oʻrmonlari. 1700—2000 m dan balandda subalp va alp oʻtloklari bor. Tekisliklarning koʻp qismi ekinzor. Hayvonot dunyosi [[x]]ilma[[x]]il. Oʻrmonlarda — asl bugʻu, ohu, elik va togʻ echkisi, yovvoyi choʻchqa; togʻlarda — sassiqkoʻzan, boʻrsiq, latcha, boʻri, tulki, olma[[x]]on; oʻrmonsiz shim. hududlarida yumronqoziq, ola[[x]]urjun va b. hayvon turlari bor. Qushlar va turli [[x]]il sudralib yuruvchilar koʻp. Qora dengizdan — pelamida, skumbriya, kambala, Dunaydan — sevryuga, sazan kabi baliqlar ovlanadi. Millim ‘ bogʻlari: Vitasha, Zlatni Pyasitsi, Ropotamo, Steneto va b.
Qator 10:
Aholisi. Asosiy aholisi bolgarlar, shuningdek turklar, loʻlilar, armanlar, ruslar, makedonlar va b. millatlar ham yashaydi. Aholining 67,93% shaharlarda istiqomat qiladi. Davlat tili — bolgar tili. Aholining aksariyati — pravoslavlar; musulmon sunniylar ham bor. Eng yirik shaharlari: Sofiya, Plovdiv, Varna, Ruse, Burgas, StaraZagora.
 
Tari[[x]]i. B.ning eng qad. aholisi frakiy qabilalaridir. Mil. 1-a.da B.ni Rim imperiyasi bosib oldi; u qulaganidan soʻng B. Vizantiya tarkibiga kirdi. 7-a. boshlarida Bolqonga slavyanlar bostirib kirib, keyinchalik bu yerda dastlabki davlat — Yetti slavyan qabilasi deb nomlangan ilk feodal davlatini tashkil etishdi. 7-a.ning ikkinchi yarmida B. hududiga [[x]]on Asparu[[x]] (Isperi[[x]]) boshchiligidagi protobolgarlar — qad. bulgʻorlar (koʻchmanchi turkiy elat) bostirib kirdi. Ular slavyanlar b-nbilan birga poyta[[x]]ti Pliska sh. boʻlgan Birinchi bulgʻor podsholigi (681—1018) ni tuzdilar. 9-a. o[[x]]iriga kelib protobolgarlar slavyanlar b-nbilan qoʻshilib ketdi, slavyanlar tili davlat tili boʻlib qoldi, bolgar deb nomlangan slavyan [[x]]alqi vujudga keldi. 1185—87 y.larda akauka Petr va Asen boshchilik qilgan yirik [[x]]alq qoʻzgʻolonlari natijasida poyta[[x]]ti Tirnovo sh. boʻlgan Ikkinchi bulgʻor podsholigi (1187—1396) tuzildi. 1396 y. B. ni turklar bosib oldi. Mahalliy boylarning bedodligi, ogʻir milliy zulm bolgar [[x]]alqining ozodlik kurashini kuchaytirdi. Mamlakatda gayduklar ([[x]]alq qasoskorlari) harakati keng quloch yoydi. 1876 y.gi eng kuchli apr. qoʻzgʻoloni shafqatsizlik b-nbilan bostirildi. 1877—78 y.lardagi RossiyaTurkiya urushi natijasida rus askarlari yordamida B. turklardan ozod qilindi. Ammo mamlakat Turkiyaga qaram boʻlib qolaverdi. 1908 y. dan mustaqil podsholik tashkil topdi. B. 1912—13 y. lardagi Bolqon urushlarida qatnashdi. 1-jahon urushida (1915 y.dan) Germaniya tomonida harakat qildi. 1919 y.gi Nyoyi sulh shartnomasiga binoan kattagina hududidan, [[x]]ususan Egey dengizi sohillaridan mahrum boʻddi. 1923 y. iyun toʻntarishidan keyin hokimiyatni qoʻlga olgan hukumat Sent. qoʻzgʻolonini shafqatsiz bostirdi. 1941 y. martda B. Berlin paktiga jalb qilindi, Germaniya qoʻshinlari B. [[x]]ududiga kiritildi. Mamlakat iqtisodiyoti butunlay gitlerchilar manfaatlariga boʻysundirildi. Bolgar [[x]]alqi oʻz ozodligi va mustaqilligi uchun kurashni kuchaytirdi. 1942 y.da tuzilgan Vatan fronti fashizmga qarshi boʻlgan barcha kuchlarni birlashtirdi. 1943 y.da B. [[x]]alq ozodlik armiyasi tuzildi. 1944 y.da ZUkraina fronti qoʻshinlari B. chegaralariga kirgan paytda B. hukumati "toʻla betarafligi" ni eʼlon qiddi. 1944 y. 9 sent. ga oʻtar kechasi Sofiyada monar[[x]]iyaning fashist hukumatiga qarshi qurolli qoʻzgʻolon koʻtarildi. Reaksion hukumat agʻdarib tashlandi va Vatan frontining Xalq hukumati tuzildi. B.ning davlat tuzumi toʻgʻrisidagi referendum qatnashchilari (92,7%) [[x]]alq respublikasi tarafdori ekanini bildirdi. 1946 y. 15 sentda B. Xalq Respublikasi eʼlon qilindi. 1990 y. Xalq majlisiga koʻp partiyali asosda oʻtkazilgan saylovda B. sotsialistik partiyasi gʻalaba qozondi, dek.da koalitsiyey hukumat tuzildi. 1997 y. apr. dagi parlament saylovida Demokratik kuchlar ittifoqi harakatlari va tashkilotlari koalitsiyasi gʻalaba qildi (bu ittifoq 1989 y.da tuzilgan edi). B. — 1955 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR b-nbilan diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 5 sent.da oʻrnatgan. Milliy bayrami — 3 mart — B.ning Turkiya zulmidan ozod boʻlgan kuni (1878).
 
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va jamoat tashkilotlari. B.da 80 ga yaqin partiya va siyosiy harakat ish olib boradi. Asosiylari: B. sotsialdemokratik partiyasi, 1891 y.da asos solingan, 1948 y.da faoliyatini toʻ[[x]]tatgan,1989 y.dan qayta faoliyat koʻrsata boshladi; B. sotsialistik partiyasi, 1990 y. apr. da tashkil etilgan; B. biznesbloki, 1991Y. 22yanv.da roʻy[[x]]atdan oʻtkazilgan; B. dehqonchilik [[x]]alq ittifoqi, 1899 y.da asos solingan; Huqukdar va ozodlik uchun harakat, B. musulmon aholisini birlashtiruvchi ijtimoiy-siyosiy tashkilot, 1990 y. yanv.da asos solingan; Xalq ittifoqi, siyosiy birlashma, 1994 y.da asos solingan. B. dehqonchilik [[x]]alq ittifoqi b-nbilan Demokratik partiyani oʻz ichiga oladi; Demokratik kuchlar ittifoqi, 1989 y. dek.da tashkil etilgan. B. mustaqil sindikatlari konfederatsiyasi, 1990 y.da tuzilgan; "Podkrepa" mehnat konfederatsiyasi, 1990 i. tashkil etilgan; "Birlik" mustaqil kasaba uyushmasi, 1990 y.da asos solingan.
 
Xoʻjaligi. B. — industrialagrar mamlakat. Yalpi mahsulotda sanoatning ulushi 36%, q.[[x]].ning ulushi 12%, [[x]]izmat koʻrsatish sohasi ulushi 52% ni tashkil etadi.
Qator 20:
Qishloq [[x]]oʻjaligidamamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 18% band. B.da gʻalla, sabzavot, poliz ekinlari, kartoshka, yem[[x]]ashak, te[[x]]nika ekinlaridan tamaki, pa[[x]]ta (jan.da), kungaboqar, qand lavlagi yetishtiriladi. Qadimdan ekib kelinayotgan efir moyli ekinlar (atirgul, yalpiz, lavanda) asosan Karlovo va Qozonliq soylari boʻyida ekiladi. B.da bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Pomidor va chuchuk qalampir koʻp yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, ot, eshak, [[x]]achir, choʻchqa, parranda boqiladi, baliq ovlanadi. Asosiy baliq ovlash porti — Burgas.
 
Transporti. Ichki yoʻllarda yuk va yoʻlovchi tashishda t.y. (yuklarning 17% tashiladi) va avtomobil transporti (yuklarning 70% tashiladi) ning ahamiyati katta. T.y.larning uz. 6,6 ming km (62% elektrlashtirilgan) va avtomobil yoʻllarning uz. salkam 37 ming km (33,8 ming km qattiq qoplamali). B. hududidan Gʻarbiy Yevropani Yaqin Sharq mamlakatlari b-nbilan bogʻlovchi [[x]]alqaro t.y. va avtomobil magistrallari oʻtgan. Dengiz transporti asosan tashqi savdoga [[x]]izmat qiladi. Asosiy dengiz portlari: Varna va Burgas. Dunayda kemalar qatnaydi (portlar — Ruse, Svishtov, Lom). "Balkan" va "JesAyr" firmalari samolyotlari [[x]]alqaro va ichki yoʻnalishda yoʻlovchilar tashiydi.
 
Tashqi iqtisodiy aloqalar i . B. dunyoning yuzdan ortiq mamlakati b-nbilan savdo-sotiq aloqalarini yoʻlga qoʻygan. Chetga koʻtarmatransport mashinauskunalari (elektr karlar, elektr telferlar), kemalar, tovar vagonlari, avtomatlashtirish vositalari, elektron va elektr te[[x]]nika mahsulotlari, stanoklar, mebel, moʻyna sanoati mahsulotlari, q.[[x]]. [[x]]om ashyosini qayta ishlash asosidagi oziq-ovqat mahsulotlari (konserva, tamaki, sigareta, sharbat, vino, efir moyi), sabzavot va hoʻl mevalar chiqaradi; chetdan asosan mashinalar, asbobuskunalar, transport vositalari, qora metall, neft, kumir, sellyuloza, yengil sanoat mahsulotlari keltiradi. Mamlakatga chet el sayyo[[x]]digi anchagina foyda keltiradi (1 yilda 1 mln. dan ortiq kishi kelib ketadi). Pul birligi — lev.
 
Tibbiy [[x]]izmati. B. da 70 mingga yaqin oʻrinli kasal[[x]]onalar bor. 25 mingga yaqin shifokor ishlaydi. Shifokorlarni Sofiya, Plovdiv, Varnadagi tibbiyot intlari tayyorlaydi. Boroves, Varna, Drujba, Zlatni Pyasitsi, Nesebir, SlinchevBryag iqlimiy kurortlari, Kyustendil, Hisara maʼdanli suv va Tuzla, Pomoriye balchiq b-nbilan davolash kurortlari mashhur.
 
Xalq taʼlimi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. B.da 7 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy bepul taʼlim joriy etilgan. Polite[[x]]nika va hunarte[[x]]nika maktablari, bilim yurtlari va te[[x]]nikumlar bor. Yirik oliy oʻquv yurtlari Sofiya, Plovdiv, VelikoTirnovo untlaridir. Ilmiy markazlari: Bolgariya Fanlar akademiyasi, Q.[[x]]. fanlari akademiyasi, Tibbiyot akademiyasi. Sofiyada Xalq kutub[[x]]onasi, unt hamda FA kutub[[x]]onalari va b. ommaviy kutub[[x]]onalar, Milliy badiiy galereya, etn., harbiy tari[[x]] (Pleven sh.da) muzeylari va b. bor.
Qator 32:
lar: "Demokratsiya" ("Demokratiya", Demokratik kuchlar ittifoqining kundalik gaz., 1990 y. dan), "Duma" ("Soʻz", B. sotsialistik partiyasining kundalik gaz., "Rabotnichesko delo" gaz. oʻrniga 1990 y.dan), "Zemedelsko zname" ("Dehqonlar bayrogʻi", kundalik gaz., B. dehqonchilik [[x]]alq ittifoqining nashri, 1902 y. dan), "Svoboden narod" ("Ozod [[x]]alq", haftalik gaz., B. sotsialdemokratik partiyasining organi, 1990 y.dan), "Trud" ("Mehnat", B. mustaqil sindikatlari konfederatsiyasining organi, 1923 y.dan). Bolgariya telegraf agentligi — BTA, SofiyaPress matbuot agentligi (1967 y.da tashkil etilgan) mavjud. 1929 y.dan radioeshittirishlar, 1959 y. noyab.dan telekoʻrsatuvlar berib boriladi.
 
Adabiyoti. B. adabiyoti — slavyan adabiyotlarining eng qad.si boʻlib, u 9-a. ning 2-yarmida Kirill va Mefodiy tomonidan slavyan yozuvining joriy etilishi natijasida yuzaga keldi. 9—10-a. lardagi yozuvchilar — Kliment O[[x]]ridskiy, Konstantin Preslavskiy, Chernorizes Xrabr va b. ijodi diniynasihat ruhida boʻlgan. Qad. bolgar madaniyati Kiyev Rusi davrida sharqiy slavyanlarning maʼnaviy turmushiga taʼsir oʻtkazdi, ularning adabiyoti vujudga kelishiga koʻmaklashdi. B.ning Vizantiya hukmronligi (1018—1187) ostida boʻlishi milliy adabiyot rivojlanishiga toʻsqinlik qildi. Ikkinchi bulgʻor podsholigi (1187—1396) davrida u yana ravnaq topdi. 14—15-a.lardagi taniqli yozuvchilar — Feodosii Tirnovskiy, Yevfimiy Tirnovskiy, Grigoriy Samblak. 18-a. 2-yarmida boshlangan B. milliy uygʻonishi adabiyotning rivojlanishiga zamin yaratdi. Bu davr ruhi Paisiy Xilendarskiy, Sofroniy Vrachanskiy asarlarida aks etdi. 19-a.da D. Popskiy, K. Ognyanovich, P. Protich va b. ijod etdilar. Tarjima asarlari taʼsirida sentimental poeziya paydo boʻldi. Milliy ozodlik harakatining kuchayishi (19-a.ning 50—70-y.lari) poeziya, proza va dramaturgiyaning rivojiga turtki boʻldi. Realistik asarlarning paydo boʻlishi L. Karavelov, P. R. Slaveykov, X. Botev nomi b-nbilan bogʻliq. I. Vazovning "Zulm ostida" romani, "Unutilganlar epopeyasi" lirik turkumi, P. P. Slaveykovning "Konli qoʻshiq" dostoni shu davrning eng baquvvat asarlaridir. 19-a.ning 90-y.larida tanqidiy realizm yetakchi oqimga aylandi. Ijtimoiy ziddiyatlar, dehqonlarning norozilik kayfiyatlari haqqoniy tasvirlandi (T. Vlaykov, X. Maksimov, Yelin Pelin, A. Strashimirov). I. Vazovning "Darbadarlik qoʻshiqlari" sheʼrlar toʻplami, P. Yavorovning "Ekinzorda", "Doʻl" dostonlarida haqqoniyat uchun kurash gʻoyasi aks etdi. Karshilik koʻrsatish harakati davrida (1941—44) N. Vapsarov, S. Spasov, X. Kirpachev kabi yozuvchilar ham qalam, ham qurol b-nbilan kurashib, yuksak gʻoya yoʻlida halok boʻddilar. 2-jahon urushidan keyin S. Dichevning "Ozodlik uchun", D. Talevning "Temir chiroq", "Prespan qoʻngʻiroqlari", S. Daskalovning "Yoʻl", D. Angelovning "Hayot va oʻlim evaziga" romanlarida tari[[x]]iy oʻtmish yangi davr ruhi asosida talqin etildi. A. Gulyashka, P. Vejinov, K. Kalchev, D. Dimov, G. Karaslavov, E. Stanev kabi adiblarning roman va qissalarida kishilarning yangicha insoniy munosabatlari uz aksini topdi. Shoirlardan Ye. Bagryana, D. Gabe, M. Isayev, V. Andreev, B. Dimitrova ijodiyoti bolgar poeziyasida salmoqli oʻrin egallaydi. Insoniylik, a[[x]]loq masalalari O. Vasilev, K. Zidarov, G. Genov dramatik asarlarining asosini tashkil etadi.
 
Meʼmorligi. Mil. av. 4-a.da Kozonlik yaqinida frakiylar yaratgan Sevtopolis sh. qoldiqlari saqlangan; rimliklar hukmronligi davridan mil. 1— 2-a.lardagi Ratsiariya, Eskus va b. shaharlarning harobalari qolgan. Jan.da — Chobandera, Belovo, Hisar va b. shaharlarda 4—9-a.lar meʼmoriy yodgorliklari, ibodat[[x]]ona (bazilika tipidagi) lar bor. Bulardan eng mashhuri hoz. Sofiyadagi muqaddas Sofiya ibodat[[x]]onasidir. B. qadimiy meʼmorligi ikki davrga — 1podsholik (681 — 1018), 2-podsholik (1187—1396) davriga boʻlinadi. 1podsholik davri (poyta[[x]]ti Pliska) da oʻz zamonasining kuchqudratini aks ettiruvchi hashamatli binolar va ibodat[[x]]onalar qurilgan, ularda marmar toshlardan va bezaklardan foydalanilgan. 2podsholik davri (poyta[[x]]ti Tirnovo) da B. meʼmorligi yuqori bosqichga koʻtarildi. Tirnovodagi "Qirq jafokash" (1230), Mesembriy (Nesebir) dagi "Aliturgita", "Ioanna", "Pantokratora" (13—14-a.lar) va Stanimak (Asenovgrad, 13-a.), Boyan sh.laridagi ibodat[[x]]onalar, Tirnovo qalʼa devori va "Baba Vida" (14-a.) qalʼasi diqqatga sazovordir. B.da turklar hukmronligi davrida [[x]]alq meʼmorligi kuchaydi. B. turklar asoratidan qutulgach (1878), yangi [[x]]ildagi turar joy, sanoat va maishiy binolar bunyod boʻla boshladi: Sofiyadagi "Sinodal palatasi" va "Mineralli hammom" (1880, meʼmor I. Monchilov). Brones sh.da "Bistritsa" — shoh saroyi (meʼmor I. Koychev), Sofiyada "Aleksandr Nevskiy" ibodat[[x]]onasi (meʼmor A. N. Pomeransev) va b. qurilgan. 1934 y.da Sofiya, Varna, Plovdiv va b. shaharlarning loyihalari ishlab chiqildi. 2-jahon urushidan keyin shaharlar va aholi yashaydigan manzilgohlar qayta qurildi, sanatoriy, dam olish uylari, turar joy binolari, z-d, fka va b. binolar qurilishi avj oldi.
Qator 38:
Tasviriy sanʼati. B. hududida antik davrga mansub frakiylar qabr toshlari, qad. maqbaralarda noyob devoriy rasmlar (Qozonliqyaqinida, mil. av. 4— 3-a.lar) va b. yodgorliklar, oʻrta asrlardan ajoyib haykallar, mozaika va naqshli keramika buyumlari saqlangan. 12—14-a.larda rassomlik (Tirnovo maktabi yetakchilik qilgan), kitob miniatyurasi taraqqiy etgan. Turklar hukmronligi davrida [[x]]alq ijodi (oʻymakorlik, keramika, kashtachilik) koʻproqrivojlandi. B. milliy badiiy realistik maktabi 19-a. oʻrtalaridan paydo boʻldi (Zahariy Zograf, S. Dospevskiy, X. Sokev, N. Pavlovichlar portret, tari[[x]]iy va vatanparvarlik ruhida kartinalar yaratdilar). 1878 y. qoʻzgʻolonidan keyin I. Mirkvichka, Ya. Veshin, I. Angelov, A. Mitov va b. rassomlar [[x]]alq hayotini haqqoniy ifodaladilar. 20-a.ning birinchi choragida manzarachi rassom (A. Mi[[x]]ov, N. Petrov), siyosiy karikaturachi (A. Bojinov), haykaltarosh (A. Nikolayev, I. Lazarov)lar ijod qildilar. 20—30-y.larda demokratik anʼanalarni rassomlardan X. Stanchev, S. Venev, haykaltarosh I. Funev, suratkash I. Beshkov va b. davom ettirdi, keyingi vaqtlarda [[x]]alq hayotidagi yangi oʻzgarishlarni rassomlarning keksa avlodi (S. Venev, D. Gujenov, V. DimitrovMaystor, M. Markov, B. Mitov, A. Mi[[x]]ov, A. Nikolov, I. Petrov, D. Uzunov, I. Funev va b.) va yoshlar oʻz polotnolarida tasvirladilar. Xalq amaliy sanʼati: keramika, kashtachilik va b. ham rivojlanmoqda.
 
Teatri. B. teatr sanʼati tari[[x]]i [[x]]alq oʻyini va tomoshalaridan boshlanadi. 19-a.da milliy ozodlik harakatining avj olishi b-nbilan B. milliy teatri ham tashkil topa boshladi. 1856 y. da birinchi teatr tomoshalari koʻrsatildi. 1866 y.da Brail sh.da (Ruminiya) dramaturg va rej. D. Voynikov rahbarligida bolgar truppasi tashkil qilindi.
 
1883 y. Plovdivda birinchi professional teatr truppasi ish boshladi. 1886 y.da bu yerda "Plovdiv havaskorlik truppasi" tashkil topdi. 1888 y. bu truppa Sofiyaga koʻchib oʻtib, "Bolgar [[x]]alq asosiy truppasi" deb ataldi. 1891 y. dramatik va opera truppalari tuzildi. 1892 y. da tuzilgan "Kulgi va koʻz yoshlari" truppasi 1904 y.da [[x]]alq teatriga aylantirildi. Keyinchalik "Zarya", R. Popovaning dramatik teatri, Yangi [[x]]alq teatri, "Zamonaviy teatr", "Erkin teatr", shuningdek Varna, Ruse, Qozonlikdagi teatrlar vujudga keldi. Bolgar teatri taraqqiyotida V. Kirkov, S. Ognyanov, S. Bichvarov, A. Bulevskaya kabi sanʼatkorlarning faoliyati katta rol oʻynadi. B. teatrlari repertuaridan milliy dramaturglar I. Vazov, O. Vasilev, K. Zidarov kabilarning , shuningdek jahon klassik va hoz. zamon chet el dramaturglarining asarlari oʻrin olgan. F. Filipov, K. Mirskiy, R. Delcheva, O. Kircheva, S. Gesov, I. Kondov, M. Popova, V. Trandafilov, 3. Yordanova, G. Stamatov kabi rej. va aktyorlar B. teatr sanʼatining yirik arboblaridir.
 
Musiqasi. Eng qad. [[x]]alq qoʻshiqlari marosim, mehnat, qahramonlik, lirik qoʻshiklardan iborat. Xalq odatlarini ifodalovchi [[x]]oro, ruchenitsa raqslari boʻlgan. Musiqa folklorida birikki ovozli qoʻshiqlar koʻproq, uchtoʻrt ovozli qoʻshiqlar kamroq uchraydi. Xalq qoʻshiq va raqslarining vazni Yaqin Sharq musiqasi taʼsirida boyigan. Asosiy milliy cholgʻu asboblari — gadulka, gayda, kaval va tambura. Oʻrta asrlarda [[x]]alq kuylari va cherkov musiqasi keng tarqalgan, milliy sozanda, bastakorlar yetishib chiqqan. Turkiya asoratidan qutulgach, B. ning professional musiqa taraqqiyoti uchun qulay sharoit tugʻildi. Xalq qiroat[[x]]onalari huzurida [[x]]or jamoalari tuzildi. 19-a. o[[x]]iri va 20-a. boshlarida Ye. Manolov, D. Xristov, G. Atanasov kabi dastlabki professional kompozitorlar yetishdi. 1904 y.da Sofiyada musiqa maktabi (1921 y. dan Davlat musiqa akademiyasi, 1954 i. dan B. davlat konservatoriyasi) ochildi, 1908 y.da opera teatri (1921 y.dan Sofiya [[x]]alq operasi) tashkil etildi. 20-a. boshlarida A. Bukoreshchliyev, D. Xristov, P. Pipkov, Al. Morfov, A. Kristev kabi kompozitor va musiqa folklorchilari asosan [[x]]or musiqasi sohasida ishladilar. G. Atanasov "Gergana", "Sveta" kabi dastlabki B. operalarini yaratdi. P. Vladigerov simfonik musiqani boshlab berdi. P. Staynov b-nbilan V. Stoyanovlar simfonik va [[x]]or musiqasining yirik ustalaridir. Oʻzbekistonda B. sanʼat ustalari koʻp marta konsert bergan. Kinosi. B. da 1910 y. dan boshlab milliy operatorlar suratga olgan voqeiy va hujjatli lentalar chiqarilgan. Birinchi bolgar badiiy filmi "Savlatli bulgʻor" (rej. V. Gendov) 1915 y. chiqdi. B. da birinchi ovozli film "Qulning isyoni" (rej. V. Gendov) 1933 y.da namoyish etildi. 2-jahon urushidan keyin B. da milliy kinosanʼat rivojida yangi pogona boshlandi. D. Dakovskiy, B. Sharaliyev, A. Yanchev, A. Marinovich, 3. Jandov kabi rej. lar, P. Vejinov, A. Vagenshteyn, X. Ganev kabi ssenariychilar yetishdi. 50-y.
 
larda "Trevoga" (rej. 3. Jandov), "Vatan osmonida tong" (rej. A. Marinovich va S. Sirgajiyev), "Notinch yoʻl" (rej. D. Dakovskiy) filmlari ekranga chikdi. "Shipka qa[[x]]ramonlari" (1955), "Tari[[x]] sabogi" (1957) filmlari yaratildi. Keyingi yillarda chiqqan "Kambagʻal koʻcha" (rej. X. Piskov), "Biz unda yosh edik" (rej. B. Jelyazkova), "Asir qushlar" (rej. D. Mundrov), "Shaftoli ugrisi" (rej. V. Radev), "Inspektor va tun" (rej. R. Vilchaiov), "Muhabbat" (rej. L. Staykov) kabi filmlarda yangi, hayotiy mavzularni koʻtarish, mazmundorlik, taʼsirchanlikning yangi vositalarini izlash seziddi. B. da har yili 200 ga yaqin hujjatli, ilmiyommabop, multfilm va 10—20 badiiy film ishlab chiqariladi. Kino aktyorlardan N. Kokanova, G. GeorgiyevGes, S. Danailov, D. Tonchevalar mashhur.
 
OʻzbekistonB. munosabatlari. Ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar uchun huquqiy asos yaratish, savdoiktisodiy hamkorlikni rivojlantirish, qoʻshma kor[[x]]onalar barpo etish sohasida bir muncha ishlar qilinmoqda. B. savdoiqtisodiy delegatsiyasining 1994 y. iyunida Oʻzbekistonga tashrifi natijasida iqtisodiyot va savdo-sotiqning bir qancha sohalarida hamkorlik qilish haqidagi bayonnomalar imzolandi. 1997 y. noyab.da B. tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasi Oʻzbekistonda boʻldi. Shu yil 12 noyab.da Toshkentda B. tadbirkorlari vakillari ishtirokida O'zbekiston ishbilarmonlari uchun biznesseminar oʻtkazildi. Unda ikkala mamlakat oʻrtasidagi anʼanaviy aloqalarni yangi mazmun b-nbilan boyitish va iqtisodiy hamkorlik sohasidagi barcha imkoniyatlardan unumli foydalanish haqida kelishib olindi. Bolgariyalik mehmonlarning "Oʻzbeksavdo", "Oʻzbekengilsanoat" uyushmalarida, "Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasi (1998 y. dek.dan [[x]]olding kompaniya), Toshkent sh. hokimligi, Sogʻliqni saklash vazirligi va "Uzfarmsanoat" konsernida oʻtkazgan muzokaralari samarali yakunlandi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi bilan B. oʻrtasidagi tashqi savdo aylanmasi 1995 y. da 19,2 mln. AQSH dollarini tashkil etdi va 1994 y. koʻrsatkichidan deyarli 2 baravar oshdi. B. O'zbekistondan pa[[x]]ta tolasi, kalava ip, rangli metallar, noorganik kime mahsulotlari, me[[x]]anika asbobuskunalari sotib olmoqda va transport [[x]]izmatidan foydalanmoqda. Oʻzbekiston esa B.dan dori-darmon, plastmassa va undan yasalgan buyumlar, qandshakar, efir moylari, qandolat mahsulotlari, pardozandoz buyumlari, alkogolli va alkogolsiz ichimliklar, tamaki va h. k. keltiradi.
Qator 52:
1997 y. yanv. sent. oylarida oʻzaro tovar aylanmasi 8089,6 ming AQSH dollarini tashkil etdi va Oʻzbekistonning eksporti importidan 825,2 ming dollar ortiq boʻldi.
 
Alohida tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlik quyidagicha: "Uzfarmsanoat" konserni B. ning farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqaruvchi katta birlashmasi "Farma[[x]]im" b-nbilan qoʻshma kor[[x]]ona barpo etishga kirishdi. Jumladan, bron[[x]]olitin preparatini i.ch. kor[[x]]onasini tashkil etish shartnomasiga binoan B. tomoni 200 ming AQSH dollari qiymatiga ega boʻlgan asbobuskuna va materiallar yetkazib beradi. Bu kor[[x]]ona yiliga 1 mln. flakon preparat ishlab chiqaradigan boʻladi. "Oʻzelte[[x]]sanoat" uyushmasining "Foton" aksiyadorlik jamiyati "Karat" nazoratkassa apparatlari uchun butlovchi qismlar yetkazib berish haqida "Sofiya" firmasi b-nbilan shartnoma tuzdi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki B.ning "Bulbank", "Ferst investment Bank LTd" banklari b-nbilan vakillik munosabatlari urnatdi. "Toshkent aviatsiya i.ch. birlashmasi" aksiyadorlik jamiyati 1990—91 y. larda B.ga 3 ta Il76 TD samolyotini yubordi.
 
1997 y. dek.da UzR Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi roʻy[[x]]atidan oʻtgan B. sarmoyasi ishtirokidagi 15 ta qushma kor[[x]]ona bulgan. Ular orasida telefon apparatlari ishlab chiqaruvchi "Sitora", elektrkardiograflar yigʻuvchi va ularning ehtiyot qismlarini almashtiruvchi "Kontakt", tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Sikander", tish pastasi va b. ruzgor kimyosi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Albo", hisoblash te[[x]]nikasini taʼmirlovchi va ularga [[x]]izmat koʻrsatuvchi "Bulteks", bolalar taomi va qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Rossi S. A." va b. kor[[x]]onalar bor. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi yuz foiz B. sarmoyasidagi "Bulgar Tradiud Co" tashqi savdo kor[[x]]onasini ruy[[x]]atdan utkazgan. Bundan tashqari mazkur vazirlik huzurida B. ning 2 ta firmasi: "Veko Limited" (akkumulyator i. ch., yuk tashish va sayyohlik faoliyati), "U. B. T. Ko" (t.y. transporti uchun asbobuskuna va materiallar yetkazib berish, yuk tashish va ekspeditorlik faoliyati) vakolat[[x]]onalari rasmiylashtirilgan. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>