Bozor: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 4:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Bozor''' — 1) sotuvchilar b-nbilan haridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; i. ch. b-nbilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm. B. obʼyekti nafligi bor tovar va xizmatlar, subʼyekti esa B. ishtirokchilari (sotuvchi va haridorlar) boʻlib, ular firmalar, uy xoʻjaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va b.dan iborat. B. ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash yuzasidan munosabatlarga kirishadilar. B.da tovarlar b-nbilan oldisotdi munosabatlari tovar i. ch., tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi. B. ishtirokchilari sotuvchi hamda haridor maqomiga ega boʻladilar. B.da 2 jarayon amalga oshadi: biri — tovarlarni sotish, bunda tovar pulga almashadi, yaʼni T—P; ikkinchisi — tovarni harid etish, pulni tovarga ayirboshlash, yaʼni P—T. Ayirboshlash ixtiyoriy va erkin shakllangan narxlarda olib boriladi. B. iqtisodiyotda i. ch.ni isteʼmol b-nbilan bogʻlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar B.ga chikali, u yerda sotilgach, isteʼmolga kelib tushadi); kiymatning tovar shaklidan pul shakliga aylantirish; i. ch.ning uzluksizligini taʼminlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar B.da sotilgach, tushgan pulga i. ch. uchun zarur iqtisodiy resurelar, chunonchi asbobuskunalar, mashinalar, yokilgʻi, ish kuchi sotib olinib, i. ch.ni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.); iqtisodiyotni tartiblash (nimani, qanday i. ch., kim uchun i. ch.); mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik oʻrnatish singari vazifalarni bajaradi. Bunda talab va taklif, shunga muvofiknarliing oʻzgarishiga qarab i. ch. yuritiladi. Talab oshib narx oʻssa, i. ch. koʻpayadi, aksincha, taklif oshib talab kamaysa, i. ch. qisqaradi.
 
B. oʻz ishtirokchilari mavqeiga qarab erkin va monopol B.ga ajraladi. Erkin B.da sotuvchilar ham, haridorlar ham koʻp boʻlib, narxlar talab va taklif negizida shakllanadi. Monopol B.da ozchilik sotuvchilarning hukmronligi oʻrnatilgan boʻlib, narxlar faqat shularning manfaatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunday B.lar raqobotning sustligi yoki umuman boʻlmasligi b-nbilan ajralib turadi.
 
Ayirboshlash obʼyektining moddiy shakli jihatidan olganda isteʼmol tovarlari va xizmatlar, resurslar, mehnat, moliya, intellektual tovarlar, qurolaslaha, i. ch. vositalari, investitsiya, qimmatli qogʻozlar, ilmiy gʻoyalar, texnikaviy ishlanmalar va mehnat (ish kuchi) B.lari mavjud. B. oʻz qamrov doirasiga qarab mahalliy, mintaqaviy, milliy va jahon B.lariga boʻlinadi. Tovarlarning chetdan kelishkelmasligiga qarab ochiq B., yopiq B. (ichki B.) singari turlari uchraydi. Oldisotdi mikdori, yaʼni tovar aylanmasi hajmining oʻzgarishiga qarab kengayuvchi B. vatorayuvchi B.ga boʻlinadi.
Qator 12:
Amal qilish tarzi jihatdan tartibsiz (stixiyali), rejali tashkil etilgan va boshqariladigan B.lar mavjud. Stixiyali B.dan tartibli, rejali tashkil etilgan B.ga oʻtish madaniylashgan jamiyatga xos. Hozir hech bir mamlakatda tartibsiz B. hukmron emas, aksincha boshqariladigan B. yetakchi mavqega ega. Iqtisodiyot oʻsgan sari B. turlari koʻpayadi, chunki sotiladigan tovarlar va xizmatlar xilmaxil boʻlib boradi, haridor ham oʻz daromadi, didi, umuman talabehtiyojiga qarab tabaqalashadi, B.da sotiladigan tovarlar va xizmatlar summasi ortib boradi.
 
2). Savdo-sotiqqilinadigan muayyan joy, maydon. B.lar qad. Rim va Yunonistonning Milet, Pergam va b. shaharlarida toʻgʻri toʻrtburchakli maydonda 3 yoki 4 tomoni qator ustunli savdo rastalari va omborlar, ibodatxonalar, ustaxonalar va b.dan iborat boʻlgan. B. maydonlari shahar majmua (agora, forum)larining bir qismi hisoblangan. Har bir mamlakat B.larining meʼmorligi va qurilishi iqlim sharoiti, iqtisodi, geografik oʻrni va savdo sohasidagi anʼanalar b-nbilan bogʻliq boʻlgan. Oʻrta Yer dengizi havzasida qadimda ochiq maydonlarda, Sharqda esa usti yopiq B.lar rivojlangan ("suq", "asvok", "chorsu"; Turkiya va Eronda "xon", "bediston" nomi b-nbilan yuritilgan).
 
Yevropada B.lar maxsus reja asosida qurilgan (Parijdagi markaziy B., 1850 va b.). Rossiyada ixtisoslashgan B. ("Gostiniy dvor")lar asosan, 1—2 qavatli, old tomoni koʻpincha ravoqlar yoki ustunlar qatoridan iborat bostirma boʻlgan (SanktPeterburgdagi B., 1761— 85; Yaroslavldagi B., 1813—18 va b.).
Qator 20:
B. doʻkonlarini eng boy savdogar va qunarmandlar egallagan. Bunday B.lardagi yirik karvonsaroylar va ombor (kappon)lar ulgurji savdo markazlari hisoblangan. Karvonsaroylarning soniga qarab hatto savdo-sotiqning hajmi belgilangan (mas, Toshkentda 45, Buxoroda 50 ga yaqin, Samarqandda 25, Xiva va Qoʻqonda 10 dan ortiq karvonsaroylar boʻlganini va ularda savdo-sotiq ancha rivojlanganligi yozma manbalardan maʼlum). Karvonsaroylarda va savdo rastalarida savdo ishlarida xizmat qiladigan qorovul, hammol, farrosh, yuk tashuvchi va joylashtiruvchi mardikorlar koʻp boʻlgan. Yirik savdogarlar maxsus mirzolarni saqlagan. Mirzolar barcha savdo ishlarini, ayniqsa ulgurji savdoni rasmiylashtirishda bevosita ishtirok qilgan. Hisobkitob ishlarini kosid boshqargan. Yirik savdogarlar maxsus jamoaga birikkan. Uni jamoa aʼzolarining eng obroʻli katta savdogarlar orasidan saylangan oqsoqol karvonboshi boshqargan. Jamoaga savdogarlar tabaqasining yirik namoyandalari kirgan. Oʻz navbatida ayrim savdo rastalari birikib shu rastadagi doʻkonlardan oʻzining oqsoqolini (baʼzi joylarda rais ham deyiladi) saylaganlar. Oqsoqol savdo tartiblari va qoidalariga amal qilinishini kuzatib, haridorlar va savdogarlar orasidagi mojaroning hal qilinishiga, baʼzan tashkaridan kelgan molning doʻkonlar orasida odilona tarqatilishiga bosh boʻlgan.
 
Buxoro amirligi va Xiva xonligi b-nbilan Rossiya oʻrtasidagi savdo aloqalari ayniqsa Zakaspiy t. y. qurilgach, ancha rivojlangan. Toshkentdagi Eski joʻva B.i karvonlar kelibketadigan yirik savdo markazi boʻlgan. Shaharning barcha darvozalaridagi yoʻllar B.ga kelib taqalgan. Atrofida karvonsaroy, omborxona, ustaxonalar, doʻkonlar va b. joylashgan. 19-a. 2-yarmidan boshlab bu yerda sanoatchi boylar oʻz doʻkonlari, omborlari va idoralarini qurishgan. Fargʻona vodiysida oʻzining kattaligi va savdo aylanmasi jihatidan Qoʻqon B.i alohida ajralib turadi. Oʻzining obodonligi va qulayligi b-nbilan Buxoro B. i. mintaqada birinchi oʻrinda turgan. Ipak gazlamalari b-nbilan butun Sharqda tanilgan Margʻilonda qatorqator tizilgan doʻkonlar (koʻcha boʻylab 2,5 km gacha choʻzilgan)da savdo-sotiq qilingan.
 
Oʻrta Osiyoda mustaqil davlatlarning paydo boʻlishi xususiy mulkchilikni qayta tiklab, savdo erkinligiga keng yoʻl ochib berdi. Jumladan Oʻzbekistonda B. iqtisodiyotining hayotga tatbiq qilinishi anʼanaviy savdoni yangi zamonaviy uslub va vositalar b-nbilan boyitib, mamlakat ijtimoiyiqtisodiy va madaniy rivojiga katta yoʻl ochib berdi. Mustaqil Oʻzbekiston barcha chet el mamlakatlari b-nbilan oʻz manfaatiga qarab erkin, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va savdo aloqalarini oʻrnatdi va bu sohada yangiyangi yoʻllarni topishda tinmay izlanmoqda. OʻzRda B. faoliyatini rivojlantirish yoʻlida juda koʻp yangi savdo uyushmalari, konsern va firmalar paydo boʻlmoqda, davr talabiga javob bera oladigan isteʼdodli ishbilarmonlar safi koʻpaymoqda. B.lar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Andijon kabi yirik shaharlarning markazida meʼmoriy yechimlari oʻziga xos milliy anʼanalar asosida yaratilmoqda. B.lar shaharni bogʻlab turuvchi asosiy shohkoʻchalar, yirik savdo inshootlari majmuasi va turar joy massivlari, t. y., avtovokzal yaqinida va mikrorayonlar markazida joylashtirilmoqda. B.lar anʼanaviy qator ustunli bostirmalar, gumbazli, toq va tim, soyabonsimon, oynaband uslubida barpo etilmoqda. Bularda sotuvchi va haridorlarga qulaylik yaratish maqsadida savdo rastalarining atrofida doʻkonlar, madaniymaishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mujassamlashtirilgan holda qurilmoqda. B. hududida koʻp tarmoqli savdo doʻkonlari, choyxona, dehqonlar mehmonxonasi, muzlatkichli omborxonalar, yuk koʻtargich, nonvoyxona va b. mavjud. Toshkentdagi "Eski joʻva", "Oloy", "Qoʻyliq" B.lari, Buxoro bozori, Samarqanddagi "Siyob", Urgutdagi "Urgut" va b. anʼanaviy va zamonaviy meʼmorlikni oʻzida mujassamlantirgan eng yirik B.lardan.
 
Hozir Oʻzbekistonda B. asosiy sotiladigan mahsulotlarga koʻra dehqon bozori (k x. mahsulotlari), buyum B.i, ulgurji B., mol (chorva mollari) B. kabi asosiy turlarga boʻlinadi.