Boshqirdlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 23:
'''Boshqirdlar''' (oʻzlarini bashkort deb ataydilar) — RFdagi turkiy xalq. Boshqirdistonning asosiy aholisi (864 ming). Rossiya Federatsiyasida jami 1,35 mln. (1992). Markaziy Osiyo respublikalarida ham yashaydilar. Yevropeoid irqiga mansub. B.ning ajdodlari Ural togʻining janubiy r-nlarida qad. davrdan yashab kelgan. 4-a.
 
da hunnlarning katta bir qismi hoz. Boshqirdistonning janubiy r-nlariga oʻrnashib, yerlik xalqlar b-nbilan aralashib ketgan. 8— 10alarda Volga va Ural daryolari oraligʻida yashagan bir qancha urugʻqabilalar (buzan, tangaur, usergan va b.) ham keyinchalik B. tarkibiga kirgan. 9—15-a.lar mobaynida qipchoqlar, Volga bulgʻorlari, majorlar va noʻtylarttt bir qismi Boshqirdiston yerlariga oʻrnashib, B. b-nbilan aralashib ketgan. B.ning elat boʻlib shakllanish jarayoni 16-a.da tugaydi. 16—19-a.larda Boshqirdistonning gʻarbiy r-nlariga Volga boʻylaridan Kozon tatarlari, misharlarning katta bir qismi va qisman marilar, udmurdlar kelib yerlik B. b-nbilan aralashib, ularga singib ketgan. B. oʻtmishda chorvachilik (yilqichilik, qoʻychilik) va dehqonchilik b-nbilan shugʻullangan. Boshkird tilida gaplashadi. B. islom dinining sunniy mazhabiga eʼtiqod qiladilar.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->