Bozor iqtisodiyoti: Versiyalar orasidagi farq

k
imlo
(Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi)
k (imlo)
B. i. teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda bir xil boʻlmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad koʻradi. Daromadning tabaqalashuvi boyishga havas uygʻotib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi.
 
B. i.da pul munosabatlari ustun boʻlsada, pul b-nbilan bogʻliq boʻlmagan insoniy munosabatlar: mehrshafqat va xayrehson munosabatlari ham rivoj topadi. B. i. rivoj topgan mamlakatlarda katta xayriya pul fondlari muhtojlarga yordam berish ga xizmat kidali va puldan pul chiqarib olishni koʻzlamaydi. B. i. doimiy rivojlanib, uning yangi shakllari va modellari paydo boʻladi.
 
Tarixan B. i.ning 2 turi boʻlgan: yovvoyi B. i., madaniylashgan B. i. Ilk B. i. kapitalning jamgʻarilishi davrida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi b-nbilan asov iqtisodiyot sifatida paydo boʻlib, unga xususiy mulkning ozchilik qoʻlida toʻplanishi, iqtisodiyotda beboshlik va tartibsizlikning ustunligi, raqobatning qonunqoidasiz borishi, davlatning iqtisodiyotdan chetlashib qolishi, chuqur iqtisodiy tangliklarning tez-tez yuz berishi, aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, kishilarning oʻta boy va oʻta qashshoq tabaqalarga ajralishi, ijtimoiy ziddiyat kabi belgilar xos boʻlgan. Asov iqtisodiyot rivojlanish orqali maʼrifatli iqgisodiyotga oʻsib oʻtadi. Bunday oʻzgarish B. i. rivojlangan mamlakatlarda 20-a.ning 30-y.larida boshlanib, 80-y.larga qadar davom etdi. Hozirgi B. i. madaniylashgan iqtisodiyot boʻlib, unga quyidagi belgilar xos: mulkiy xilmaxillik, tartiblanadigan iqtisodiyot, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va xdpol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur boʻlmasligi, oʻziga toʻq va farovon yashovchi oʻrtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy toʻqnashuvlarga oʻrin qolmasligi va b. Bu belgilar hozirgi B. i.ni harakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu b-nbilan cheklanmaydi. Madaniy B. i. doirasida uning turli modellari amal qiladi (q. Bozor iqtisodiyoti modellari).
 
Ad.; Karimov I., Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yulida, T., 1995; Oʻlmasov A., Sharifxoʻjayev M., Iqtisodiyot nazariyasi, T., 1995; Oʻlmasov A., Iqtisodiyot asoslari, T., 1997; Kurs ekonomiki, M., 1997; Chjen V. A., Bozor va ochiq iqtisodiyot, T., 1997. Tuxliyev N., Bozorga oʻtishning mashaqqatli yoʻli, T., 1999.
516 159

ta tahrir