Baliq ovlash: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Baliq ovlash''' — xalq xoʻjaligi sohasi. Baliq okean (dengiz), qirgʻoq boʻyi, koʻl va daryolarda ovlanadi. Baliq okean (dengiz)da uzoq vaqt suza oladigan, baliqchilik va baliqni qayta ishlashga oid asbob-uskunalar (tral, yoyma va drifter toʻr) b-nbilan jihozlangan kemalarda tutiladi (q. Baliqchilik asboblari). Shuningdek, qirgʻoqdan uzoq masofada B.o.da maxsus ekspeditsiya xizmatidan foydalaniladi. B.o. ekspeditsiyasiga bevosita B.o. ishlari b-nbilan shugʻullanuvchi kemalardan tashqari baliqni joyida qabul qilib oladigan va bir yoʻla qayta ishlaydigan, qidiruv ishlarini olib boradigan kemalar, tankerlar xizmat qiladi. B.o. texnikasi ancha takomillashtirilgan, samolyot, vertolyot, projektor, radiolokatsiya yordamida B.o. usullari joriy etilgan. Oʻzbekistonda, asosan, Qoraqalpogʻistoining shoʻr koʻllarida, yirik suv omborlarida, shuningdek Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon va Qashqadaryo havzalarida baliq ovlanadi.
 
== Adabiyotlar ==