Bankrotlik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Bankrotlik''', (ital. — singan kursi), s i n i sh — fuqaro, korxona, firma yoki bankning mablagʻi yetishmasligidan oʻz majburiyatlari boʻyicha qarzlarni toʻlashga qurbi yetmasligi; qarzdorning majburiyatlari mol-mulkidan oshib ketganligi sababli tovar (ishlar, xizmatlar)ga haq toʻlash yuzasidan kreditorlarning talablarini qondirishga qodir emasligi, shuningdek byudjetga va b. fondlarga majburiy toʻlovlarni taʼminlashga qodir emasligi tushuniladi. B., odatda, korxonaning yopilishiga olib keladi. Chunki qarz (kredit) beruvchining talabini qondirish uchun mol-mulkini sotishdan oʻzga chorasi qolmaydi. B.ga uchrashning sabablari tovar i. chda qiymati qonunning amal qilishi, raqobat va inflyatsiya b-nbilan belgilanadi. Iqtisodiy inqirozlar davrida kasodga uchragan korxonalarning soni keskin oshib ketadi, uning oqibatida ishsizlik kuchayadi. Sobiq Ittifoq xalq xoʻjaligida B. tushunchasi NEPdan keyin isteʼmoldan chiqib ketgan edi, 1987y.dan eʼtiboran korxonaning toʻlov qobiliyati yoʻqligi tushunchasi amaliyotga kiritildi. B. amalda korxonaning byudjet, bank va mol yetkazib beruvchilar oldida oʻz majburiyatlarini bajarishga ojizligini bildiradi. Bankrot deb eʼlon qilingan korxonalarga nisbatan qator sanatsiya tadbirlari oʻtkaziladi, unga har tomonlama yordam koʻrsatiladi (soliqlardan ozod etiladi, qarzlarni toʻlash kechiktiriladi). Bozor iqtisodiyoti sharoitida B.ga uchragan korxonalar boshqa korxonalarga sotiladi yoki qoʻshib yuboriladi, korxona jamoa aʼzolariga ijaraga beriladi va b. Korxonalar sudlar, xoʻjalik sudlari qarori b-nbilan bankrot deb eʼlon qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasida kreditorlarning daʼvolarini qondirish maqsadida xoʻjalik yuritish subʼyektlari boʻlmish yuridik va jismoniy shaxslarni bankrot boʻlgan deb eʼtirof etish shartlari va tartibi OʻzRning 1994 y. 5 mayda qabul qilingan "Bankrotlik toʻgʻrisida" Qonunida belgilab berilgan (bu qonun oʻz faoliyatini davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiradigan korxona, tashkilotlarga nisbatan tadbiq etilmaydi). Vladimir Shevsov, Abdurahim Ortiqov.
 
== Adabiyotlar ==