Barquq: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Barquq''' (? - 1399) - cherkas mamluklaridan boʻlgan Misr sultoni. B.ning otasi islomni qabul qilgan edi. Qrimda B.ni bir musulmon sotib olib Misrga yuborgan, u yerda 1364 y. amir Elbugʻoga sotgan. Amir B.ning qobiliyatli bola ekanligini payqab unga maxsus tarbiya bergan, soʻngra amir unvonini bergan. Sulton Al-Malik al-Ashraf davrida B. sulton bolalarining tarbiyachisi boʻlgan. U sulton vafotidan soʻng taxtni zoʻrlik b-nbilan egallab olgan va sulton Al-Malik az-Zohir nomini olgan. Biroq tez orada B. zindonga tashlangan. Uning oʻrniga taxtga Hoji Xalifa oʻtirgan. Lekin yangi sulton b-nbilan Suriya hokimlari oʻrtasida ixtilof paydo boʻlgach, xalq yana B.dan taxtga oʻtirishni soʻragan. Mana shu paytda sohibqiron Amir Temur B. huzuriga elchilarini yuborib undan tobe boʻlishni talab qilgan, birok B. elchilarni qatl etib, Boyazid I b-nbilan ittifoqchilik shartnomasi tuzgan va urushga tayyorgarlik koʻra boshlagan. Biroq, Amir Temurning Hindistonga safari tufayli B. b-nbilan urushishga toʻgʻri kelmadi. B. oʻz hukmdorligining ikkinchi yarmida Misrda tinchlik, osoyishtalik oʻrnatgan, moliya ishini yaxshilagan, dehqonchilik rivojlangan, ilm-fan taraqqiy qilgan.
 
== Adabiyotlar ==