Aygʻir: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Ayg‘ir bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Birlashtirishga andozasi olindi
Qator 1:
{{birlashtirishga|Ayg‘ir}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
'''Ayg‘ir''' — voyaga yetgan ot. A. biyadan ko‘ra sekinroq o‘sib, kechroq voyaga yetadi. A.ning qarchig‘ayi biyanikiga nisbatan 2—3 sm baland, vazni og‘ir, oyoqlari uzun va pishiq, kallasi katta, gavdasi ixchamroq. Nasldor A.lar yilqining sifatini yaxshilashda katta ahamiyatga ega. Naslchilik ishlari uchun A. tanlash-da ularning ishchanligi (chopish yoki yuk tortish qobiliyati), jinsiy faolligi, tana tuzilishi va ajdodining sifat-lari e’tiborga olinadi. Agar biror A.dan bola olingan bo‘lsa, o‘sha A. na-slining sifatiga qarab ham baholanadi. Ko‘pchilik A.lardan naslchilik ishla-rida g‘unanligidan boshlab foydala-niladi. A. bir mavsumda uyurga qo‘yish usuli qo‘llanganda 25 biyani, qo‘lda qochirish usuli qo‘llanganda 50 biyani qochiradi. Sun’iy urug‘lantirish usuli qo‘llanganda, har bir A.ning mavsumda bergan pushti 500 biyani qochirishga yeta-di.