Senzura: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Legobot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 60 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q543 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
[[File:Redacted777.png|thumb|right|250px|Senzuralangan hujjat]]
'''Senzura''' ([[lotin tili|lot.]] ''censere'' — „hukm qilish“, „baholash“) deb hukumat, tahririyat yoki boshqa boshqaruvchi tomonidan shu boshqaruvchilar fikricha zararli, xavfli yoki noqulay boʻlgan nutq yoki boshqa ommaviy muloqotni bekitishga aytiladi.<ref>{{lang-en|suppression of speech or other public communication...}}, bu yerda ''suppression'' soʻzini „bosish“, „toʻsish“, „toʻxtatish“ yoki „yashirish“ deb tarjima qilish mumkin.</ref> Oʻz-oʻzini senzuralash holatlari ham mavjud. Senzura [[ommaviy axborot vositalari]], kitob, nutq, musiqa, film, vebsayt yoki boshqa axborot vositasidagi maʼlumotlarni yashirish, ularni taqiqlash, oʻzgartirish kabi amallarda namoyon boʻladi. Senzura sabablariga milliy xavfsizlikni taʼminlash, bolalar va ularning psixologiyasini asrash (ayniqsa, [[bolalar pornografiyasi]]dan<ref>{{citation|title=Child Pornography: Model Legislation & Global Review|url=http://www.missingkids.com/en_US/documents/CP_Legislation_Report.pdf|publisher=International Centre for Missing & Exploited Children|year=2008|edition=5|accessdate=2012-08-25}}</ref><ref>{{cite web|url=http://www.csecworldcongress.org/en/index.htm |title=World Congress against CSEC |publisher=Csecworldcongress.org |date=2002-07-27 |accessdate=2011-10-21}}</ref>), nafrat va nizo qoʻzgʻatuvchi nutqlarni cheklash, diniy yoki siyosiy qarashlarni filtrlash, tuhmatning oldini olish yoki mualliflik huquqlarini himoyalash kiradi. U qonuniy yoki noqonuniy boʻlishi mumkin. Aksariyat davlatlar senzurani qonunchilik bilan chegaralashadi,<ref>[http://pfru.uz/uz/2011-02-25-13-06-12/153-2011-03-24-09-58-47.html XV БОБ. ОММАВИЙ АХБОРОТ ВОСИТАЛАРИ], ''[[Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi]]''</ref> biroq bu cheklovlar mutlaq emas.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Senzura''' (lot. censura — jiddiy muhokama, shafqatsiz tanqid) — bosmadan chiqadigan mahsulotlar, ularning chop etilishi, tarqatilishi ustidan, shuningdek, sahna asarlari, radio-eshittirishlar va televizion koʻrsatuvlar, baʼzida esa shaxsiy yozishmalarning mazmuni va ijrosi ustidan rasmiy hokimiyat organlarining nazorat oʻrnatishi. Ilk bor S. 15-a.da Gʻarbiy Yevropada paydo boʻlgan va cherkov maʼmurlari tomonidan ilohiy va b. diniy qoʻlyozma kitoblarga nisbatan qoʻllangan. Cherkov S.si rasmiy cherkov aqidasiga zid keladigan qoʻlyozmalarni, bidʼatchilar kitoblarini mutlaqo taqiqlagan. Yevropada matbaachilikning oʻsishi bilan S. tizimi ham rivojlandi. 1471 y.dan diniy mazmundagi kitoblar faqat cherkov maʼmuriyatining ruxsati bilan nashr etiladigan boʻldi. 16-a. dan S. diniy hokimiyatdan asta-sekin dunyoviy hokimiyatga ham oʻta boshladi: bosmaxonalari boʻlgan barcha Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida S. tartibi oʻrnatildi. S. organlari tarmogʻi kengayib bordi, S. qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Buyuk fransuz inqilobi va b. inqiloblar fuqarolarga oʻz fikrini erkin ifodalash huquqi berilishini va S.ning bekor etilishini eʼlon qildi. Biroq koʻpgina mamlakatlarda matbuotda cheklashlar davom etaverdi. Rossiyada chorizmning qattiq S. tartibi tufayli koʻpgina gaz. va jur.lar oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan. Turkistonda ham Rossiya podshosining S. organlari ishlagan. S. aygʻoqchilari bu yerda har bir matbuot organidan koʻz-quloq boʻlib turgan, oʻzi uchun nomaqbul hisoblangan chiqishlarni taqiqlagan. Sobiq shoʻrolar davrida esa 1922 y.dan Matbuotda davlat sirlarini saqlash Bosh boshqarmasi (Glavlit) va uning respublikalardagi boshqarmalari tomonidan S. amalga oshirib kelingan.
 
Hoz. zamon Konstitutsiyalarining aksariyatida soʻz va axborot erkinligi eʼtirof etilib, S. toʻgʻridan-toʻgʻri taqiqlansa-da, dunyoning barcha mamlakatlarida baʼzi hollarda, jumladan, favqulodda holat eʼlon qilingan vaqgda ziyon yetkazuvchi yoki nomaʼqul deb hisoblangan gʻoyalar va maʼlumotlar tarqatilishini oldini olish choralari koʻrilib, S.ni joriy etishga yoʻl qoʻyiladi.
 
Oʻz vazifalariga koʻra, S. bevosita va bilvosita boʻlishi mumkin. Bevosita S. axborot manbalariga, ularni tarqatuvchi vositalarga davlat tomonidan maxsus, ochiqdan-ochiq qatʼiy nazorat oʻrnatadi. S.ni amalga oshiradigan tashkiliy-maʼmuriy tizim yaratiladi va u bevosita ommaviy axborot vositalari va b. maʼlumot tashuvchilar faoliyati bilan shugʻullanadi. Bunday idora vakolatlari davlat sirlarini oshkor etmaslikni nazorat qilish bilan asoslantiriladi, urushni targʻib qilish, pornografiya tarqatish, millatlararo va dinlararo nizolarni keltirib chiqarish kabilarni taqiqlaydi yoki hukmron tartibni biror-bir tarzda tanqid qilishga yoʻl qoʻymaslik uchun barcha mavjud axborotni qamrab oladi. Bunday S. zamonaviy davlatlarning koʻpchiligida Konstitutsiya tomonidan taqiqlanadi. Bilvosita S. jahonning barcha davlatlarida mavjud. U axborot yaratuvchilarga turli (eng avvalo, iqtisodiy vositalar orqali) taʼsir koʻrsatishda oʻz ifodasini topadi. Bilvosita S.ning turlaridan biri oʻzini oʻzi S. qilishdir, yaʼni axborot yaratuvchining oʻzi nazorat qiladi.
 
S.ni amalga oshirish usuliga koʻra, dastlabki va keyingi S.ga boʻlish mumkin. Dastlabki S. kitob chiqarish, sahna asarlari qoʻyish va sh.k.da ruxsat olish zaruratini nazarda tutadi.
 
Keyingi S. esa eʼlon qilingan nashrlarni baholashdan iborat boʻlib, ushbu talablarni buzgan shaxslarga nisbatan man etuvchi va cheklovchi choralarni nazarda tutadi.
 
Oʻzbekistan Respublikasi Konstitutsiyasining 67-moddasiga muvofiq, S.ga yoʻl qoʻyilmaydi. Axborot olish va tarqatish kafolatlariga oid "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida" (2002 y. 12 dek.), "Axborotlashtirish toʻgʻrisida" (yangi tahrirda, 2003 y. 11 dek.), "Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida" (1997 y. 25 dek.), "Jurnalistik faoliyatni himoya qilish toʻgʻrisida" (1997 y. 24 apr.)gi qonunlar qabul qilingan. Narzulla Joʻrayev, Akmal Saidov.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
== Tarixi ==
Qator 11 ⟶ 26:
 
[[Turkum:Senzura]]
 
{{OʻzME}}