Chigʻatoy ulusi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Legobot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 1 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q487829 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 12:
|pul_birlihgi = [[dirxam]] va [[kebek]]
}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Chigʻatoy ulusi''' - Chingizxon tomonidan 2oʻgʻli Chigʻatoy va uning merosxoʻrlariga hukmronlik uchun berilgan (1224) hududning nomi. Ch.u. Qashqar, Yettisuv va Movarounnahr yerlarini oʻz ichiga qamrab olgan. Koʻchmanchilik bilan shugʻullanuvchi moʻgʻullarning oʻtroq aholini boshqarish tajribasi yoʻkligi bois Chigʻatoyxon oʻziga tegishli ulusni boshqarishni avval xorazmlik Maxmud Yalavochga, soʻngra uning oʻgʻli Masʼudbekka (1238—89) topshiradi. Oʻzi esa umrining oxirigacha ukasi Oʻktoy qoon saroyida bosh maslahatchi tarzida faoliyat koʻrsatadi. Ch.u.dan olinadigan daromadlarning asosiy qismi Horaqurumta joʻnatilgan. Qolgan qismini mahalliy aholidan tayinlangan oliy hokim ulus ehtiyojlari hamda qoʻshin xarajatlari yoʻlida sarf qilish huquqiga ega boʻlgan. Ch.u.da ham Chingizxon barpo etgan moʻgʻullar davlatidek mehnatkash omma nafaqat moʻgʻul bosqoqlari, dorugʻalari, balki mahalliy zodagonlar va oqsuyaklar tomonidan ham ezilgan. Dehqonlar, hunarmandlar, kosiblar, chorvadorlar ilgaridan mavjud boʻlgan soliqlardan tashqari moʻgʻullar joriy qilgan yangi soliq va oʻlponlarni toʻlashga majbur edi. Oxirokibat Ch.u.ning qishloq va shaharlarida moʻgʻullarga va yerlik zodagonlarga nisbatan noroziliklar kuchaygan, qoʻzgʻolonlar boʻlib oʻtgan (q. [[Maxmud Torobiy qoʻzgʻoloni]]). Chigʻatoy vafotidan soʻng Mangu qoon va Botuxon Ch.u.ni mulk sifatida tugatib, uni Tuli va Joʻji vorislari oʻrtasida taqsimlashga kelishib olishgan. 1251 y. imperiya poytaxti Qoraqurumda boʻlib oʻtgan qurultoyda Mangu qoon etib saylangach, chigʻatoy xonzodalarning koʻpchiligi Oʻktoy qoon avlodlari qatori qatl qilingan. Ch.u.ni Mangu qoon va Botuxon boʻlishib olganlar. Movarounnahr Botuxonga qaram boʻlib qolgan. 13-a.
 
ning 60-y.larida Chigʻatoyning 6farzandi Baydarning oʻgʻli Olgʻu (1261—65) chigʻatoylar hokimiyatini qayta tiklashga erishadi. Olgʻu vafot etgach, uning vorislari — Muborakshoh va Baroqxon mahalliy aholi bilan yaqinroq munosabatda boʻlish maqsadida musulmon dinini qabul qilganlar. 1266 y. Ch.u. xoni qarorgohi Yettisuvdan Movarounnahrga — Ohangaronga koʻchiriladi. Baroqxon hukmronligi vaqtida Xaydu koʻrsatmasiga muvofiq Masʼudbek tomonidan Buxoro qayta tiklanadi. Fargʻona vodiysida yangi shahar — Andijonga asos solinadi. Kebakxon (1318—26) davrida qarorgoh Qashqadaryoga koʻchiriladi, qad. Nasaf yaqinida Qarshi sh. barpo etiladi. Ulus Erondagi kabi maʼmuriy birliklar hamda soliq undiriluvchi tumanlarga (Fargʻona va Qashqarda — oʻrchin) taqsimlanadi, yagona pul birligi — kebakiyga oʻtiladi. Ammo moʻgʻul mulklarini birlashtirish va markazlashtirish maqsadida oʻtkazilgan maʼmuriy va moliyaviy islohotlar siyosiy tarqoklikka barham berishga qodir emas edi. 14-a. oʻrtalarida Ch.u. Movarounnahr va Moʻgʻulistonta boʻlinib ketgan. 1370 y. Movarounnahrda Amir Temur saltanatining oʻrnatilishi chigʻatoiylar hokimiyatiga barham berdi.
 
== Adabiyot ==
* Rashid adDin, Sbornik letopisey, t.Dkn.2), t.2, M.L., 1952,1960; Bartold V.V., Sochineniya, t.2(ch.2), M, 1964; Mirzo Ulugʻbek, Toʻrt ulus tarixi, T., 1996;Abulgʻoziy, Shajarayi turk, T., 1992; Oʻzbekiston xalqlari tarixi, 1j., T., 1992. Hamidulla Dadaboyev.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
[[Tasvir:Bayan-Quli Khan Mausoleum.jpg|thumbnail|[[Bayon Quli]]muzeyi [[Buhoro]].]]
Qator 22 ⟶ 32:
 
{{Link FA|sl}}
 
{{OʻzME}}