Shaxmat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 131 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q718 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
[[Tasvir:ChessSet.jpg|200px|thumb|Shaxmat donalari, chapdan o‘ngga: oq [[Shoh (shaxmat)|shoh]], qora [[rux (shaxmat)|toʻra]] va [[farz]], oq [[piyoda (shaxmat)|piyoda]], qora [[asp (shaxmat)|ot]], hamda oq [[fil (shaxmat)|fil]].]]
[[Tasvir:Staunton chess set.jpg|thumb|right|200px|Shaxmat taxtasi, donalari va [[shaxmat soati]].]]
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Shaxmat''', shohmot (fors. shohmot — shoh oʻddi) — sport turi. Oʻyindan maqsad raqib shohini mot qilish. Ikki xil (oq va qora) rangdagi 64 ta teng katakli taxta (sath)da ikki xil rangdagi 16 tadan dona (bittadan shoh va farzin, 2 tadan rux, fil va ot, 8 tadan piyoda)da oʻynaladi. Sh.da musobaqa paytida maʼlum sondagi yurishlar qilinishi uchun vaqt (dastlabki 40 ta yurish uchun 2,5, 2 va 1,5 soat va h.k.) va oʻyin tugamasa qoʻshimcha vaqt belgilanadi. Tezkor Sh.da oʻyinni tugatish uchun aniq vaqt (30, 25, 15 va 5 min.dan) beriladi. Sirtqi Sh.da har bir yurishni amalga oshirish uchun masofa va aloqa vositasi turiga qarab, kun yoki haftalar belgilanishi mumkin.
 
SH.ning kelib chiqishi chaturanga oʻyiniga borib taqaladi. Arab xalifaligi davrida bu oʻyin "shatranj" nomi bilan ommaviylashdi. Arablar Sh. yozuvini joriy etgani uchun Sh. oʻyinlari matniga oid qimmatli maʼlumotlar saqlanib qolgan. Abulfath Ahmad ibn Sijziy "Shatranj kitobi"da 819 yilda Xurosonda oʻtkazilgan birinchi Sh. musobaqasi va unda gʻolib chiqqan oʻrtaosiyolik mashhur shatranjchi Abu Bakr as-Suliy haqida yozgan. As-Suliy koʻplab Sh. voqealariga qahramon boʻlib kirgan Abulfaroj Laylojga ustozlik qilgan.
 
SH. 11-asrdan boshlab Yevropada jadal rivojlandi. 15-asrda Sh. qoidalariga oʻzgarishlar kiritildi. 1512 yilda Rimda Damianoning "Bu kitob shaxmat oʻynashni oʻrgatadi" toʻplami bosildi va u Yevropa tillariga tarjima qilindi. 1575 yilda Madridda Ispaniya va Italiya Sh.chilari oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi. 17-asrda Joakkino Greko (Italiya), 18-asrda Danikan (Fransua Andre), Filidor (Fransiya), 19-asrda Govard Staunton (Angliya), Adolf Andersen, Iogannes Sukertort (Germaniya), Pol Morfi, Lui Paulsen (AQSH), Ignats Kolish, Vilgelm Steynits (Avstriya— Vengriya), Aleksandr Petrov, Mixail Chigorin (Rossiya) kabi Sh. ustalari bu oʻyinning rivojiga katta hissa qoʻshishdi. 1851 yilda Londonda 1-xalqaro musobaqa uyushtirildi. Unda Andersen gʻalaba qozondi. 1886 yildan shaxsiy jahon chempionati oʻtkazilishi Sh.ni yanada ommalashtirdi. 1924 yilda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tuzildi. 1987 yilda tuzilgan Grossmeysterlar assotsiatsiyasi (keyin Jahon shaxmat kengashi, deb nomlandi) mustaqil ravishda Sh. boʻyicha bir qancha musobaqa, jahon kubogi va chempionati tashkil etdi. 2000 yilda Vladimir Kramnik va Garri Kasparov oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada Kramnik gʻalaba qozondi va jahon chempioni, deb eʼlon qilindi. FIDE Sh.dagi boʻlinishga barham berish maqsadida mutlaq jahon chempionini aniqlash uchun birlashtiruvchi musobaqa belgiladi.
 
Oʻzbekiston zaminida Sh. chuqur ildiz otganini tasdiqlovchi manbalar mavjud. 1972 yilda Dalvarzintepa (Surxondaryo)da olib borilgan arxeologik qazilmalar vaqtida Kushon davri (1— 2-asrlar)ga oid Sh. donalari, 1977 yilda Afrosiyob (Samarqand)da oʻtkazilgan tadqiqotlar chogʻida 7—8-asrlarga taalluqli 7 ta Sh. donasi topilgan. 9-asrda yashagan arab olimi va shatranjchisi alAdliyning yozishicha, shatranjdagi inson tafakkurini cheklagan shashxoldagi xollarning tushishiga qarab yurish (shashxol)ning bekor qilinishi va bu oʻyinning rivojlanishida Oʻrta Osiyo xalqlari muhim rol oʻynagan. Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston", Abdurazzoq Samarqandiyning "Matlai saʼdayn va majmai bahrayn", Alisher Navoiyning "Majolis unnafois", "Lison uttayr", Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" va boshqalar tarixiy asarlarda Sh. (shatranj)ga oid qimmatli maʼlumotlar bor. Amir Temur davrida quchli shatranjchilar Samarqandda toʻplanishgan. Tabrizlik Ali ashShatranjiy (Oloviddin at-Tabriziy) Samarqandda oʻtkazilgan musobaqalarda gʻolib chiqqan. Shatranj haqida kitob yozib, unga oʻzining va 14-asrgacha Oʻrta Osiyoda yashagan koʻplab oliya (grossmeyster)larning mansubalarini kiritgan. U sohibqironning oʻzi bilan ham shatranj oʻynab turgan.
 
20-asrning 20-y.laridan Oʻzbekistonda Sh.ning zamonaviy qoidalari keng targʻib etilishi bu sport turining rivojlanishiga turtki berdi. Toshkent, Samarqand, Koʻqon va boshqalar shaharlarda Sh. toʻgaraklari ochildi. Azmiddin Xoʻjayev, Sergey Freyman, Poʻlat Saidxonov, Zokir Xoʻjayev kabilar Sh.ni targʻib etishda jonkuyarlik koʻrsatishdi. 1930 yildan erkaklar, 1935 yildan ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatlari oʻtkazila boshlagan (Aleksandr Grushevskiy va Larisa Pinchuk eng koʻp — 8 martadan chempion boʻlishgan). Turli davrlarda Fyodor Duz-Xotimirskiy, Salo Flor, Tigran Petrosyan, Paul Keres, Aleksandr Kotov, Mark Taymanov, Viktor Korchnoy, Anatoliy Karpov kabi taniqli grossmeysterlarning Oʻzbekistonga kelib, maʼruzalar oʻqishi, bir yoʻla oʻyin (seans)lar oʻtkazishi, musobaqalarda qatnashishi mamlakatimiz Sh.i rivojiga samarali taʼsir etdi. 20-asrning 50-y. laridan boshlab Mamajon Muhitdinov, Ulugʻbek Elbekov, Sergey Pinchuk, Roman Kim, Alla Mkrtichan kabi Sh. jonkuyarlarining yangi avlodi voyaga yetdi. Respublika shaxmatshashka klubi foydalanishga topshirildi, turli toifadagi musobaqalar oʻtkazila boshlandi, gaz.jur.larda Sh. ruknlari, Oʻzbekiston televideniyesida Sh. koʻrsatuvi ochildi, Sh.ga oid kitoblarni nashr etish yoʻlga qoʻyildi. Isaak Birbrager, Yefim Ruxlis kabi Sh. kompozitorlari turli tanlovlarda gʻolib chiqishdi. Georgiy Borisenkoga sirtqi Sh. boʻyicha xalqaro grossmeyster unvoni berildi. Georgiy Aʼzamov esa Oʻzbekistondan yetishib chiqqan 1-xalqaro grossmeyster boʻldi (1984).
 
20-asrning 90-y.laridan Oʻzbekiston Sh.ida yuksalish boshlandi. Erkaklar terma jamoasi jahon Sh. olimpiadasida 2-oʻrinni egalladi (1992), Osiyo chempionatida gʻalaba qozondi (1999). Ibrohim Hamroqulov oʻsmirlar oʻrtasida jahon birinchiligida gʻolib chiqdi (1998). Rustam Qosimjonov Osiyoning birinchi (1998), jahonning 17-chempioni (2004) boʻldi.
 
FIDE tasnifi boʻyicha jahon chempionlariV. Steynits 1886 — 1894E. Lasker 1894 — 1921X.R. Kapablanka 1921 1927A. Alyoxin 1927 — 1935, 1937 — 1944M. Eyve 1935 1937M. Botvinnik — 1948 — 1957, 1958 —1960, 1961 1963 V. Smislov — 1957 — 1958 M. Tal 1960 1961T. Petrosyan — 1963 — 1969B. Spasskiy — 1969 — 1972R. Fisher 1972 1975A. Karpov 1975 1985, 1993 1999G. Kasparov — 1985 — 1993A. Xalifman — 1999 — 2001V. Anand — 2001 — 2002R. Ponomaryov — 2002 — 2004R. Qosimjonov — 2004 yildanNufuzli musobaqalarda yuqori natijalar koʻrsatgani uchun FIDE quyidagi Sh.chilarimizga xalqaro grossmeyster unvonini berdi: Valeriy Loginov, Aleksandr Nenashev, Grigoriy Serper, Sergey Zagrebelniy, Saydali Yoʻldoshev, Aleksey Barsov, Mixail Saltayev, Rustam Qosimjonov, Rena Mamedova, Shuhrat Safin, Marat Jumayev, Dmitriy Qayumov, Timur Gareyev (1992 — 2004). Bir necha Sh.chi va murabbiylar Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvoni va orden-medallari bilan mukofotlanishdi. Mamlakatda bolalar va yoshlar oʻrtasida ham Sh.ni rivojlantirishga katta eʼtibor berilyapti. Sh. "Umid nihollari", "Barkamol avlod", universiada musobaqalari dasturiga kiritilgan. Oʻzbekistonlik yosh Sh.chilar bolalaroʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan xalqaro musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni egallab kelishyapti. Hoz. vaqtda Toshkent va viloyatlardagi Sh.ga ixtisoslashgan bolalaroʻsmirlar sport maktablari, Sh. klublari va toʻgaraklarida 268 murabbiy faoliyat koʻrsatyapti. Mamlakatimizda 7984 kishi (2320 nafari xotin-qizlar) Sh. bilan bevosita shugʻullanishadi, ulardan 3220 nafari Sh. razryad va unvonlariga ega (2003).
 
Ad. .Muhitdinov M., Oʻzbekistonda shaxmatchilik, T., 1961; Muhitdinov M., Shaxmat — koni hikmat, T., 1994.
 
Asror Moʻminov.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Shaxmat''' ikki kishi o‘ynaydigan [[mantiq]]iy o‘yindir. Hozirgi ko‘rinishi ('''Xalqaro Shaxmat''') [[Hindiston|hind]] [[shatranj]]idan Janubiy Yevropada [[XV asr]] oxirlarida shakllangan.
 
Qator 30 ⟶ 51:
{{Link FA|tt}}
{{Link FA|vi}}
 
{{OʻzME}}