Shahar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: endilikda Wikidata d:q515 sahifasida saqlanadigan 1 intervikini koʻchirdi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
[[Tasvir:ChicagovanafSearsTower.jpg|thumb|300px|right|[[Chicago]] shahri.]]
'''Shahar''' nisbatan katta va doimiy [[aholi punkti]]dir. Koʻp shaharlarga mahalliy qonunchilik alohida maʼmuriy, [[qonun]]iy yoki [[tarix]]iy mavqeʼ beradi.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Shahar''' — aholisi, asosan, sanoat, savdo, shuningdek, xizmat koʻrsatish, boshqaruv, fan va madaniyat sohalarida band boʻlgan yirik aholi manzilgohi. Sh. — bevosita qishloq xoʻjaligi bilan band boʻlmagan aholi toʻplangan markaz. Sh. atrofidagi tumanlar uchun maʼmuriy va madaniy markaz boʻlibgina qolmay, balki ularning joylashishi va oʻsishiga ham katta taʼsir koʻrsatuvchi omil hamdir. Aholi punktlariga Sh. maqomi berilishi uchun aholi soni, bajaradigan funksiyasi: sanoat ishlab chiqarish, tashkiliy-xoʻjalik, madaniy-siyosiy, maʼmuriy va h.k. bosh mezon boʻlib hisoblanadi. Aholi manzilgohlarini Sh. toifasiga oʻtkazish maʼlum qonuniy tartibda amalga oshiriladi va chegarasi belgilanadi. Turli mamlakatlarda Sh. maqomini olish mezoni turlicha, mas, Daniya va Ispaniyada aholi soni 250 kishi, Gruziya va Turkmanistonda 5 ming , Tojikiston va Qirgʻizistonda 10 ming , Rossiyada 5—12 ming , Yaponiyada 25 ming kishi boʻlishi kerak. Oʻzbekistonda 7 mingdan yuqori boʻlishi talab etiladi. Aholi soniga koʻra, Sh.lar kichik (50 minggacha), oʻrta (50—100 ming) va katta (100 mingdan ortiq) boʻladi. Oʻzbekistonda 120 shahar, 113 ta shaharcha bor. Shundan 17 tasi katta shaharlar (Toshkent, Samarqand, Namangan, Andijon, Buxoro, Qoʻqon, Fargʻona, Nukus, Qarshi, Urganch, Olmaliq, Angren, Chirchiq, Navoiy, Margʻilon, Termiz, Jizzax), 16 tasi oʻrta va qolganlari kichik shaharlar. Sh.lar bajaradigan vazifalariga koʻra — poytaxt, sanoat, transport, turizm, rekreatsiya, din, fan va ilmiy tekshirish markazlariga boʻlinadi. Shuningdek, respublikaga boʻysunuvchi, muxtor respublika, viloyat, tumanlarga boʻysunuvchi Sh.larga ajratiladi.
 
SH. aholisi butun jahon aholisining 47,5% dan ortigʻini tashkil etadi. BMTda qabul qilingan terminologiyaga muvofiq, 8 mln. va undan ortiq aholisi boʻlgan Sh.lar — megashahar deb yuritiladi. Bunday Sh.lar Yer yuzida 1950 yilda 2 ta, 1995 yilda 22 ta, hoz. kunda 25 dan ortiq. Bir yoki ikki Sh. atrofida Sh. va shaharchalarning zich joylashishi Sh.lar aglomeratsiyasi deyiladi. Eng yirik Sh. aglomeratsiyalari: Tokio, Nyu-York, Mumbay, Shanxay, Mexiko, San-Paulo va boshqalar Oʻzbekistonda Toshkent, Fargʻona — Margʻilon, Samarqand, Andijon, Namangan va boshqalar Sh. aglomeratsiyalari shakllanmoqda. Bir necha Sh. aglomeratsiyalari qoʻshilib, megalapolis yoki megapolislarni tashkil qiladi. Hoz. Bosvash, Tokaydo va boshqalar megapolislar bor. Baʼzan yirik Sh.lar yonida yoʻldosh shaharlar vujudga keladi.
 
Tarixi. Sh.lar ibtidoiy jamoa davridan sinfiy jamiyatga oʻtishda hunarmandchilik va savdosotiq dehqrnchilikdan ajralib chiqish davrida paydo boʻlgan. Hunarmand va savdogarlar muqim istiqomat qila boshlagan joylar gavjumlashib, Sh.larga aylana boshlagan. Dastlabki Sh.lar mil. av. 5—3 ming yilliklarda Sharqda — Mesopotamiya, Markaziy Osiyo regionida hamda Hindiston, Xitoy va boshqalar mamlakatlarda vujudga kelgan. Bu yerlarda mavjud quldorlik davlatlarining poytaxt Sh.lari eng taraqqiy qilgan davrda har birida taxm. 100 minglarcha aholi yashagan. Yunonistonda davlat tuzumi aristokratik yoki demokratik respublika boʻlgan shahardavlatlar (polis) ayniqsa rivojlangan. Sharq mamlakatlarida harbiy istehkomlar asosida shaharlar soni orta bordi. 13-asrda moʻgʻul istilochilarining bosqinchiligi natijasida Oʻrta Osiyo, Zakavkazye va boshqalar joylardagi koʻp Sh.lar vayron etildi. Temuriylar davrida esa Movarounnahr va Xurosonda bir qancha Sh.lar, xususan, Samarqand, Buxoro va Hirot ravnaq topdi. Yevropa mamlakatlarida Sh.lar Sharq mamlakatlariga nisbatan kechroq paydo boʻldi. Sh.larda sanoat ishlab chiqarish markazlashib, Sh. aholisi jadal oʻsa boshladi, rivojlangan mamlakatlarda Sh. aholisi salmogʻi butun mamlakat aholisining 70—80% ni tashkil etdi.
 
Urushlar, tabiiy ofatlar natijasida juda koʻp Shlar vayron boʻladi. Ayni vaqtda yer osti foydali qazilmalarining ochilishi va uni qayta ishlash korxonalarining qurilishi (Angren, Olmaliq, Yangiobod, Zarafshon, Muborak, Navoiy), yangi yerlarning oʻzlashtirilishi (Yangiyer, Guliston, Koson, Sherobod), yirik suv inshootlari va elektr styalarning qurilishi (Shirin, Katgaqoʻrgon, Taxiatosh) munosabati bilan yangi Shlar tashkil topadi va rivojlanadi (q. [[Shaharsozlik]]).
 
Shaharni boshqarish. Oʻzbekiston Respublikasida Sh.ni hokim boshqaradi. Uning vakolat muddati 5 yil. Toshkent Sh. hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va bu masala tegishli xalq deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Boshqa shahar hokimlari yuqori turuvchi hokim tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Hokimlarning chiqargan hujjatlari shu hududda bajarilishi shart. Hokim faqat oʻzining qarorlarigina emas, oʻzi rahbarlik kilayotgan organlarning karorlari va faoliyati uchun ham shaxsan javobgardir.
 
Abdusami Soliyev, Erkin Ahmedov.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
Masalan, [[Oʻzbekiston]]ning [[Toshkent]] shahri viloyat va viloyat markazlaridan alohida mavqeʼga ega. [[Yevropa]]da esa tarixan shahar sifatida oʻz [[sobor]]i bor har qanday aholi punkti qaralgan.
Qator 9 ⟶ 24:
 
{{geo-stub}}
 
{{OʻzME}}