Shvetsiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
{{Shvetsiya_info}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Shvetsiya''' (Sverige), Shvetsiya Qirolligi (Konungariket Sverige) — Shim. Yevropada, Skandinaviya ya.o. ning sharqiy qismidagi davlat. Mayd. 450 ming km2. Aholisi 8,94 mln. kishi (2002). Poytaxti — Stokgolm shahri. Maʼmuriy jihatdan 24 len (gubernya)ga boʻlynadi. Stokgolm lenga tenglashtirilgan mustaqil maʼmuriy birlik sifatida ajratilgan.
 
Davlat tuzumi. Sh. — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1975 yil 1 yanv.dan kuchga kirgan. Davlat boshligʻi qirol (1973 yildan Karl XVI Gustav). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni riksdag (1 palatali parlament), ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.
 
Tabiati. Sh. Yevropaning Atlantika boʻyi qismida, moʻʼtadil mintaqa shim.
 
da joylashgan. Shim. va gʻarbiy qismi togʻli (Skandinaviya togʻlari, eng baland joyi 2123 m, Kebnekayse togʻi). Sh. shim.
 
da Norland yassitogʻligi (bal. 200—800 m), jan.da Smoland qiri bor. Qolgan qismi pasttekislik va koʻllardan iborat. Foydali qazilmalardan temir, mis, qoʻrgʻoshin, rux, uran rudalari, oltin, kumush, marganets, volfram konlari hamda mineral buloqlar bor. Iqlimi moʻʼtadil, Golfstrim iliq oqimining taʼsiri katta. Shim.da iqlim sovuq. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi jan.da 0—5°, shim.da —6° dan —14° gacha, iyulniki xuddi shu joylarda 15—17° va 10—11°. Yillik yogʻin togʻlarda 1500—2000 mm, tekisliklarda 700—800 mm. Daryolari qisqa va serostona. Sh. hududining 9% qoʻllar bilan band. Yirik koʻllari: Venern, Vettern, Yelmaren, Melaren. Hududining 57% oʻrmon, asosan, igna bargli daraxtlar, aralash oʻrmonlar, shim.
 
da tundra oʻsimligi oʻsadi. Tuproqlari podzol, chimli podzol, qoʻngʻir oʻrmon, togʻ podzol, togʻ tundra va botqoq tuproqlar. Sh.da oʻrmon hayvonlari va suv parrandalari koʻproq uchraydi. Abisku, Muddus, SarskShyoffallet milliy bogʻlari va koʻrixonalar bor.
 
Aholisining 91% shvedlar. Shuningdek, saamlar, finlar, norveglar, danlar ham yashaydi. Rasmiy til — shved tili. Dindorlari — xristianlar (asosan, lyuterchilar). Shahar aholisi 83,1%. Yirik shaharlari: Stokgolm, Gyoteborg , Malmyo.
 
Tarixi. Mil. av. 8—9ming yillikdan boshlab Sh. hududida odam yashab keladi. Mil.ning 1-asr oʻrtalarida german qabilalari (sve, gyot va boshqalar) kelib joylashgan: ular hoz. shvedlarning etnik asosini tashkil qilgan. 6—7-asrlarda shved qabilalarining birlashish jarayoni boshlandi. 8 —11-asrlarda shvedlar vikinglar yurishlarida qatnashdilar. 11asr boshlarida xristianlik tarqaldi. 11-asrda birlashgan shved qirolligi tashkil topdi. 12— 14-asrlarda Sh. Finlyandiyani bosib oldi (1809 yilgacha Sh. tarkibida boʻlgan). 1397 yilda Sh.ning Daniya va Norvegiya bilan birlashishi natijasida Sh. Daniyaga tobe boʻlib qoldi. 15-asr — 16-asr boshlarida Daniya hukmronligiga qarshi milliy ozodlik harakati avj oldi. 1521—23 yillarda dvoryan Gustav Erikson rahbarligida koʻtarilgan gʻalayon Daniya hukmronligiga barham berdi. G. Erikson 1523 yil Gustav I nomi bilan Sh. qiroli etib saylandi va Vaza sulolasiga asos soldi. 16-asrning 30-y.larida reformatsiya harakati avj oldi va lyuterchilik joriy etildi. 16—19-asrlarda Sh., ayniqsa, Gustav II Adolf davrida Boltiq dengizida oʻz hukmronligini oʻrnatish uchun urush olib bordi (1558—83 yillardagi Livon urushi, 1618—48 yillardagi Oʻttiz yillik urush, 17-asr boshida Rus davlatiga qarshi urush, 17-asr 2-yarmida Polsha, Daniya, Rossiya bilan boʻlgan urushlar). 1700—21y.lardagi Rossiya bilan boʻlgan Shimoliy urusht Karl XII boshchiligidagi shved armiyasi tormor keltirildi; Sh. oʻz hududining bir qismidan mahrum boʻldi. 19-asr boshlarida Sh. antifransuz koalitsiyasi tarkibida Napoleon I ga qarshi urushlarda ishtirok etdi. 1809 yil Sh.da demokratik islohotlar oʻtkazildi, konstitutsiya qabul qilindi (ayrim oʻzgarishlar bilan 1975 yilgacha amalda boʻldi). 1814 yil Daniya bilan tuzilgan Kil shartnomasiga muvofiq, Norvegiya Sh. tarkibiga oʻtdi (1905 yil Sh.dan ajralib chiqdi). 1-jahon urushi (1914—18) davrida betaraf Sh. amalda Germaniyaga yon bosdi. 2-jahon urushi (1939—45) davrida qatʼiy betaraflik eʼlon qildi. 2-jahon urushidan keyin tashqi siyosatda harbiysiyosiy bloklarda ishtirok etmaslik yoʻlini tutdi. 193276, 198291 yillarda va 1994 yildan hokimiyatni Sotsial-demokratik ishchi partiyasi egallab kelmoqda. Sh. 1946 yildan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1992 yil 16 yanv.da tan olgan va 1992 yil 8 apr.da diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 30 apr. — Qirol tugʻilgan kun (1946), 6 iyun — Shvetsiya bayrogʻi kuni (1523, 1809).
 
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushma birlashmalari. Soʻl partiya, 1917 yil tuzilgan; Xalq partiyasiliberallar, 1895 yil tashkil etilgan; Atrofmuhitni muhofaza qilish partiyasi ("Koʻkatparvarlar") yoki "Milyepartiyet", 1981 yil asos solingan; Markaz partiyasi, 1910 yil tuzilgan; Sh. sotsialdemokratik ishchi partiyasi, 1889 yil tashkil etilgan; Moʻʼtadil koalitsion partiya, 1904 yil asos solingan; Xristiandemokratik partiya, 1964 yil tuzilgan. Sh. kasaba uyushmalari markaziy birlashmasi, 1898 yil tuzilgan, 20 tarmoq kasaba uyushmalarini birlashtiradi.
 
Xoʻjaligi. Sh. intensiv q.x.ga ega yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 30,5%, qishloq va oʻrmon xoʻjaliginiki 2,2%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 67,3% ni tashkil etadi.
 
Sanoatida qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik (kemasozlik, avtomobilsozlik, aviasozlik, elektrotexnika va radioelektronika), yogʻochsozlik va sellyuloza qozoz sanoati yetakchi tarmoqlardir. Kimyo, toʻqimachilik, oziqovqat (sut va goʻsht ishlab chiqarish) rivojlangan. Temir rudasi va rangli metallar qazib olinadi. Energetikasi gidroenergiya resurslari va chetdan keltiriladigan yonilgʻiga asoslangan. Yiliga oʻrtacha 142,9 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi, uning 1/2 qismi GES larga, 1/2 qismi AESlarga toʻgʻri keladi. Asosiy sanoat markazlari: Stokgolm, Gyoteborg , Malmyo, Vesteros, Linchyoping .
 
Qishloq xoʻjaligi sermahsul boʻlib, oziqovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojning 80% ni taʼminlaydi. Chorvachilik yetakchi tarmoq hisoblanadi va u goʻshtsut yetishtirishga ixtisoslashgan; qoramol, choʻchqa, shim. bugʻusi boqiladi. Dehqonchilikda yemxashak ekinlari, gʻalla (arpa, suli, bugʻdoy), qand lavlagi, kartoshka ekiladi. Boltiq va Shim. dengizlardan baliq ovlanadi. Oʻrmonda yogʻoch tayyorlanadi.
 
Transportida t.y. uzunligi 10,9 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 136,2 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji 2,74 mln. reg . brutto t. Yirik portlari: Gyoteborg . Stokgolm, Luleo, Malmyo. Daniya,Finlyandiya, Germaniya bilan temir yoʻl, paromlar orqali bogʻlangan. Sh. chetga qogʻoz, karton, sellyuloza, yogʻoch, mashina va jihozlar, temir rudasi, kimyoviy mahsulotlar chiqaradi; chetdan sanoat mahsulotlari, xom ashyo, oziqovqat mollari oladi. Tashqi savdoda Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, Norvegiya bilan hamkorlik qiladi. Xorijiy sayyohlik rivojlangan (yiliga 6 mln. kishi kelib ketadi). Pul birligi — shved kronasi. Tibbiy xizmati. Vrachlar 6 untning tibbiyot ftlarida tayyorlanadi. Sh.da aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish bepul. Stryomstad balchiqli, Rannebyu balneolbgikbalchiqli, Marstrand dengiz boʻyi iqlimiy va boshqalar kurortlar bor.
 
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Mamlakatda 7 yoshdan 9 yillik majburiy taʼlim joriy etilgan boʻlib, u 3 bosqich (3+3+3) dan iborat. 9 yillik maktabni tugatganlar oʻqishni gimnaziyada davom ettiradi. Sh.da ZOdan ortiq oliy oʻquv yurti bor. Yiriklari: Upsala universiteti, Stokgolm universiteti, Gyoteborg unti (1891), Stokgolmdagi Qirollik oliy texnika maktabi (1827), Gyoteborgdagi Politexnika unti (1829). Sh.dagi mashhur ilmiy muassasalar: Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi, Muhandislik akademiyasi (1919), Upsaladagi qirollik gumanitar fanlar jamiyati (1889), Upsaladagi qirollik tabiiy fanlar jamiyati (1710), Gyoteborgdagi qirollik sanʼat va fan jamiyati (1778), Stokgolmdagi tibbiyotjarrohlik inti, Stokgolmdagi Sh. akademiyasi (1786). Yirik kutubxonalari: Stokgolmdagi qirollik kutubxonasi, Upsala, Gyoteborg untlarining kutubxonalari, Stokgolm va Gyoteborg shahri kutubxonalari. Muzeylari: Milliy muzey, hoz. zamon sanʼat muzeyi, ent. muzeyi, Stokgolm shahri muzeyi, Tarix muzeyi, Shim. muzey, Milliy dengiz muzeyi, Kronan qalʼasidagi harbiy muzey, arxeologiya muzeyi va boshqalarMatbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Sh.da bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Yiriklari: "Arbetet" ("Mehnat", kundalik gaz., 1887 yildan), "Aftonbladet" ("Kechki gazeta", kundalik kechki gaz., 1830 yildan), "Vi" ("Biz", haftalik ijtimoiysiyosiy bezakli jur., 1913 yildan), "Gyotebergsposten" ("Gyoteborg pochtasi", kundalik gaz., 1858 yildan), "Dagens nyuxeter" ("Kun yangiliklari", kundalik gaz., 1864 yildan), "Kvellsposten" ("Kechki pochta", kundalik kechki gaz., 1948 yildan), "Metallarbetaren" ("Metallurg", haftalik jur., 1888 yildan), "Svenska dagbladet" ("Shvetsiya haftalik gazetasi", kundalik gaz., 1884 yildan), "Syudsvenska dagbladet snellposten" ("Janubiy Shvetsiya haftalik gazetasi", kundalik gaz., 1848 yildan), "Ekspressen" ("Ekspress", kundalik kechki gaz., 1944 yildan). Sh. telegraf byurosi 1921 yil tuzilgan; Sh.dagi gaz.larning aksiyadorlik jamiyati. Sh. radiosi hamda Sh. televideniyesi aksiyadorlik jamiyatlari sifatida 1993 yil tashkil etilgan. Sh.da radioeshittirishlar 1924 yildan, telekoʻrsatuvlar 1956 yildan olib boriladi.
 
Adabiyoti. Shved badiiy adabiyotining dastlabki yodgorliklari 9-asrga oid boʻlib, u sheʼr yoki ritmik nasr shaklidagi runik yozuvlardsr. Oʻrta asrlarda adabiy anʼanalar xalq ogʻzaki ijodida oʻz aksini topdi. Xristianlikning tarqalishi davrida lotin tilida diniy adabiyot yaratildi. 14—15-asrlarda ballada, qoʻshiq, tarixiy xronikalar, 17-asrdan dramaturgiya rivoj topa boshladi. Bu janrlarda tarixchi va dramaturg Yu.Messenius asarlar yaratdi. Birinchi yirik lirik shoir L.Vivalius boʻldi. Uygʻonish davri gʻoyalari ensiklopedist olim va shoir G.Shernʼyelm ijodida, Yu.Runius sheʼriyatida oʻz aksini topdi. G. Dalperna sheʼriyatda barokko uslubining asoschisidir. 18asr adabiyoti maʼrifatchilik gʻoyalari taʼsirida rivojlandi; uning yorqin vakili shoir, publitsist va tarixchi U.Dalindir. 19-asr boshlarida romantizm adabiyotdagi yetakchi oqimga aylandi. Bu oqimning taniqli vakili shoir, tarixchi va faylasuf E.G.Geyer boʻldi. E.Tegner oʻz ijodida maʼrifatchi va romantiklar tajribasidan foydalanib, "Fritof haqida doston"ni yaratdi; bu asar keyinchalik milliyeposga aylandi. 19-asrning 30-y.
 
larida K.Yu.L.Almkvistning realistik qissalari yuzaga keldi. 70-y.larda Yu.A.Strindberg tanqidiy realizm asoslarini yaratdi. 20-asr boshlarida tanqidiy realizm Ya. Syoderberg , Ya.Bergman, P.S.Siverts ijodida yorqin namoyon boʻldi. D.Anderson, M.Kox. Yu. Chelgren, I.LuYuxanson, M. Martinson proletar adabiyoti vakili sifatida maydonga chiqdilar. P.F. Lagerkvist oʻz asarlarida murakkab axloqiy va falsafiy muammolarga toʻxtalib oʻtdi. Sheʼriyatla A.Esterling , N.Ferlin realistik yoʻnalishda ijod qildilar. 30-y.lar va 2-jahon urushi yillari Sh.da antifashistik adabiyot shakllandi (E. Yunson, V. Muberg , M.Martinson asarlari). 50—70-y.larda realistik nasr anʼanalarini P.A.Fogelstryom, S.Lidman, P.Rodstryom, L.Gustafson va boshqalar davom ettirdi. Hujjatli nasr rivojlandi (A.Lundkvist, S.Lidman, Ye.Palma va boshqalarning ayrim asarlari). A.Lindgrenning bolalar uchun kitoblari jahonda shuhrat qozongan. Adiblardan B. Setterland, L. Forshel, B. Xokanson, Yo.Sunnevi, S. Okesson, Yo. Palma mashhur.
 
Meʼmorligi. 11 —12-asrlarda roman uslubida cherkovlar, 13—15-asrlarda gotika uslubida ibodatxonalar qurildi. 16-asrda Uygʻonish davri meʼmorligi uslubida qasrlar bunyod etildi. 17-asrda barokko va klassitsizm uslubida shahar saroylari, shahardan tashqarida bogʻli qarorgohlar qurildi (Ritsarlar uyi, 1641—71, meʼmorlar S. de la Valle, J. de la Valle va boshqalar; birja, 1767—76, meʼmorlar K.Yu.Krunstedt va boshqalar; ikkalasi ham Stokgolmda). 19-asr meʼmorligidagi klassitsizm eklektikaga oʻrin boʻshatdi. 20-asr boshlarida milliy romantizm belgilari paydo boʻldi (meʼmorlar F. Buberg , K.Bergsten). Neoklassitsizm (Stokgolmdagi shahar kutubxonasi, 1924—27, meʼmor Ye.G.Asplund), neoromantizm (Stokgolmdagi ratusha, 1911—23, meʼmor R.Estberg) yoʻnalishlari, funksionalizm va organik meʼmorlik gʻoyalari uygʻunlashgan zamonaviy meʼmorlik maktabi (Stokgolmdagi Vellingbyu turar joylari, 1951—55, meʼmorlar S.Markelius va boshqalar; Eksilstundagi Freslund turar joy majmui va savdo markazi, 20-asr oʻrtalari, meʼmorlar Ya.Geyer, S.Yungkvist) shakllandi. Keyingi yillarda yaratilgan yirik inshootlar: "VennerGren" ilmiy markazi binosi (1959—61, meʼmorlar S.Lindstryom, A.Byuden), teleminora (1964—67, meʼmorlar X. Borgstryom, B.Lindros; ikkalasi ham Stokgolmda), Gyoteborg shahridagi savdo markazi (1967, meʼmorlar X.Klemming , E.Telaus), Stokgolmdagi madaniyat uyi (1974, meʼmor P. Gelsing).
 
Tasviriy sanʼati. Boxuslendda jez davrida ishlangan qoyatosh rasmlari saqlangan (ov, jang lavhalari). Temir davrida (mil. av. 6-asr — mil. boshlari) tosh stelalar tayyorlangan, metall va yogʻochga oʻyib naqsh, tasvirlar ishlangan. Oʻrta asrlarda bezak rassomligi, haykaltaroshlik, miniatyura rivoj topdi. 18-asrda haykaltaroshlik (Yu.T. Sergel), rassomlik (N.Lafrensen, P.Xillestryom), portret sanʼati (A.Roslin, K.G.Pilo, G.Lundberg) yuksak darajaga koʻtarildi. 19-asr ning 1-yarmida tasviriy sanʼatda romantizm tarqaldi. 19-asrning 2-yarmi — 20asr boshlarida A.Sorn, E.Yusefson portret va maishiy kartinalarda realizmni rivojlantirdilar. 20-asr haykaltaroshligida K.Milles, B.Yurt, B.Marklundning monumentalbezak asarlari, rassomlikda S.Derkert, E.Yulli, A.Amelin asarlari ajralib turadi. Rassomlar I.Gryunevald, V.Nilson, S.Xalstryom kartinalari maishiy mavzuga bagʻishlangan. F. fan Shans, K.Du, L. Lindebergning grafik asarlarida sanʼatkorlarning yuksak mahorati yaqqol koʻzga tashlanadi. 20-asr Sh tasviriy sanʼatida syurrealizmdan popart va giperrealizmgacha boʻlgan turli modernistik oqimlar keng tarqaldi. Xalq sanʼati anʼanalarga boy. Kulollik, metall va charmga badiiy ishlov berish, suyak va yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan.
 
Musiqasi. Skandinaviya musiqa madaniyati oqimida rivojlandi. Xalq cholgʻulari — lur (choʻpon burgʻusi), qoʻngʻiroqcha, keyinchalik skripka, klarnet, fleyta, arfa, akkordeon. 11-asrdan professional cherkov musiqasi rivojlandi. Dunyoviy musiqa madaniyatini tarqatuvchilar — skaldlar (13-asrgacha) va sayoq musiqachilar (16-asrgacha) boʻlgan. 14—15-asrlarda ballada qoʻshiqlar paydo boʻldi. 16-asrda protestant xorali tarqaldi. 1526 yil Stokgolmda saroy kapellasi tuzildi [dastlab Dyuben oilasi boshchiligidagi nemis musiqachilari, 18-asrdan Yu.X.Rumen (birinchi professional kompozitorlardan biri) va F.Uttini (birinchi shved operasi muallifi, 1773, opera truppasi asoschisi, 1773, uning negizida qirollik operasi tuzilgan)]. 1771 yil Stokgolmda qirollik musiqa akademiyasi tashkil etilgan (19-asr oxiridan konservatoriya, 1940 yildan Oliy musiqa maktabi, 1971 yildan Davlat oliy musiqa maktabi). 18asr oxiri — 19-asr kompozitorlari oʻrtasida Yu. G.Nauman, F.A.Bervald, K.Stenborg mashhur boʻlgan. 19-asr boshlari romantizm taʼsirida milliy musiqa folkloriga qiziqish ortdi. 19-asr 2-yarmida kompozitorlar xalq kuylaridan foydalandilar. Shved vokal maktabi jahonda shuhrat qozondi (Ye.Lind, K.Nilson, E.Gulbranson va boshqalar). 20-asr 1-yarmida milliy kompozitorlik maktabi asoschisi V.PetersonBerger ijod qildi (musiqali dramalar, 5 simfoniya, cholgʻu asboblari asarlari muallifi). 20-asrning oʻrtalarida kompozitorlardan K.M.Atterberg , yil Nyustryom (cholgʻu asarlari), X.Rusenberg va boshqalar samarali ijod qildilar. 1950—70-y.lar kompozitorlari ijodiga avangardizm oqimi taʼsir qoʻrsatdi. Ijrochilar oʻrtasida dirijyorlar S.Erling , S.Vesterberg , X.Blumstedt; xonandalar N.Gedda, R.Syoderlyof, B.Nilson, L.Anderson; balet artistlari I.Brosse, M.Lang mashhur. Sh.da 10 simfonik orkestr, xorlar, Stokgolm, Gyoteborg , Malmyoda opera teatrlari ishlaydi.
 
Teatri. Shved professional teatri tarixi un-t va maktablarda drama teatr truppalari paydo boʻlganvaqt (1ba.)dan boshlanadi. 1682 yil dramaturg Urban Yernening Upsala unti qoshida tuzgan teatr truppasi Sh.ning birinchi professional teatri hisoblanadi. 1779 yildan Gyoteborgda doimiy teatr, 1788 yildan Stokgolmda Kirollik drama teatri ishlay boshladi. 19-asrning yetakchi aktyorlari: L.Yurtsberg , E.Xyogkvist, N.Almlyof, G. Dalkvist. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Yu.A.Strindber ijodi tufayli Sh. teatri Yevropada shuhrat qozondi. Uning pyesalarini rej. va aktyor Yu.Lindberg va rej. G.Mulander sahnalashtirdilar. 1907 yil Strindberg tashabbusi bilan Stokgolmda Intim teatri ochildi. 20-asrning 20—30-y.larida rej. P.Lindbergning faoliyati muhim oʻrin egalladi; u turli davrlarda Gyoteborgdagi "Lorensberg teatr", Stokgolmdagi "Teatr Ekman" va "Vasateatr"ga rahbarlik qildi. P. Lindberg ijodi Sh.da hoz. zamon rej. larining shakllanishiga taʼsir koʻrsatdi (A.Shyoberg , I.Bergman, S.Malkvist va boshqalar). Sh.ning yirik teatrlari: Qirollik drama teatri, Gyoteborg , Xelsingborg , Malmyodagi teatrlar. 20-asrning 60—80-y.
 
laridagi yetakchi aktyorlar: T.Xammaren, I.Xedkvist, L. Xanson, E.Dalbek, G.Volgren, Ya. Kulle, S.Miliander, M. Ekstryom K. Xanning , U. Palme.
 
Kinosi. 1897 yilda shved N.Paterson bir necha hujjatli va badiiy filmni suratga oldi. Sh.da muntazam ravishda kino ishlab chiqarish 1907 yildan boshlandi. 1910—20-y.larda bir qancha filmlar yaratildi ("Tirye Vigen", 1916; "Togʻlik Eyven va uning rafiqasi", 1917; "Ingmar oʻgʻillari", 1918; hammasining rej. V.Shyostrem). 20—30y.larda kinoning badiiy va gʻoyaviy saviyasi pasaydi, ekranlarga oʻrtamiyona komediya va melodramalar chiqarildi. 40-y.larda fashizmni qoralovchi filmlar qoʻyildi ("Oʻt alanga oladi", 1943, rej. G.Mulander; "Janobi oliylari", 1944, rej. X.Ekman). 2-jahon urushidan keyingi yillarda rej.lar ijodida yolgʻizlik, maʼnaviy tushqunlik yetakchi mavzuga aylandi. Bu I.Bergman ijodida oʻz ifodasini topdi ("Masxarabozlar oqshomi", 1953; "Koʻzgudagidek", "Daxldor" va "Sukut" trilogiyasi, 1961—63; "Kuzgi sonata", 1980; "Fanni va Aleksandr", 1982). A.Shyobergning filmlari esa inson ichki dunyosi taxliliga bagʻishlangan ("Oddiygina ona", 1949; "Fryoken Yuliya", 1951; "Soʻnggisi oʻyindan chiqadi", 1956). 60—70-y.larda rej.lar ijtimoiysiyosiy muammolar koʻtarilgan filmlarni yaratdilar ("Odalen31", 1969; "Jo Xill", 1971; ikkalasining rej. B.Viderberg; "Mana sening hayoting", 1967; "Muhojirlar", 1970; "Yangi yer", 1972; hammasining rej. Ya.Troell). Shu bilan birga 60—80-y.
 
larda ayrim rej.lar oʻz ijodlarida ochiq naturalizm, qoʻpol erotikadan ham foydalandilar (V. Shyoman, T.Vikman, B.Torn). Sh. kinosida hujjatli filmlar ishlab chiqarish alohida oʻrin tutadi (E.Leyslerning "Qonli davr" filmi, 1960; 70-y.larning boshlaridagi ish tashlashlar toʻgʻrisida kinoreportajlar turkumi). Sh. kinosining yetakchi aktyorlari: B.Anderson, X.Anderson, I.Tulin, L. Ulman, G.Byornstrand, M.Syudov va boshqalar 1963 yildan Stokgolmda Shved kino inti, 1965 yildan uning huzurida kino maktabi ishlaydi.
 
Oʻzbekiston — Sh. munosabatlari. 2001 yil 29 mayda OʻzR hukumati bilan Sh. Qirolligi oʻrtasida sarmoyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisida bitim, 2002 yil 12 sentyabrda OʻzR Oliy Majlisining Inson huquqlari vakili (Ombudsman) bilan Shvetsiya parlamenti Ombudsmani oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi. Ikki mamlakat oʻrtasida tovar aylanmasi 2003 yilda 17,9 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 1999 yil 10—13 apr.da Sh.da Oʻzbekistonning iqtisodiy imkoniyatlari taqdimoti boʻlib oʻtdi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Shvetsiya ''' (Shvetsiya Qirolligi) poytaxti — [[Stokgolm]] shahri. [[BMT]] aʼzosi
 
Qator 16 ⟶ 67:
{{Link FA|es}}
{{Link GA|eo}}
 
{{OʻzME}}