Sheʼriyat: Versiyalar orasidagi farq

64 bayt qoʻshildi ,  8 yil oldin
poeziya bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi
(Yangi maqola yaratildi)
 
(poeziya bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi)
{{birlashtirishga|poeziya}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
'''Sheʼriyat''', poeziya — sheʼriy asarlar majmui. Dastlab Sh. deyilganda, umuman badiiy adabiyot tushunilgan. Sh. badiiyatga daxldor sanalgan. Insoniyat tarixida faqat sheʼr shaklida yozilgan bitiklargina soʻz sanʼatiga tegishli hisoblab kelingan. Garchi qadim zamonlarda ham nasrga oid asarlar yaratilgan boʻlsada, ular nafis sanʼatga, badiiy adabiyotga tegishli emas, deb qaralgan. Sheʼrning muayyan ichki tartib asosiga qurilganligi, oddiy soʻzlashuvga oʻxshamasligi, hamma ham fikru tuygʻularini bu shakdda ifodalay olmasligi unga qandaydir sirlilik, mumtozlik maqomini beradi. Bunday qarash butun dunyoda hukmron boʻlgan. Yevropada Uygʻonish davriga kelibgina nasriy asarlar badiiy adabiyotga tegishli ekanligi tan olingan. Rossiyada 19-asr boshlarida nasriy asarlar ham badiiy adabiyot namunalari sanaladigan boʻldi. Musulmon Sharqida esa, nasrni soʻz sanʼatiga tegishli, deb hisoblamaslik 19-asr oxirlariga qadar davom etib keldi.
 
187 764

ta tahrir