Ekvador: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
{{Ekvador_info}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Ekvador''', Ekvador Respublikasi — Janubiy Amerikaning shim. gʻarbiy qismidagi davlat. Mayd. 283,6 ming km2. Aholisi 13,447 mln. kishi ‘ (2002). Poytaxti — Kito shahri Maʼmuriyjihatdan 21 provinsiya (rgouyu1a)ga boʻlinadi.
 
Davlat tuzumi. E. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1998 yil 10 avg .da qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2005 yil apr.dan Alfredo Palasio), u 4 yil muddatga saylanadi va qayta saylanishi mumkin emas. Qonoʻn chiqaruvchi hokimiyatni Milliy kongress (1 palatali parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va u tomonidan tayinlanadigan hukumat amalga oshiradi; prezident hukumatga ham boshchilik qiladi.
 
Tabiati. E. ekvatordajoylashgan. Shim. da Kolumbiya, jan. va sharqda Peru bilan chegaradosh. Gʻarbda Tinch okean suvlariga tutash. Tinch okeandagi Galapagos o.lari ham E.ga qaraydi. E. hududi tabiiy jihatdan 3 qismga boʻlinadi: Oryente (togʻ oddi tekisliklar), Syerra (And togʻligi) va Kosta (togʻ etagi va Guayas vodiysi pasttekisliklari). Kordilyera togʻlarining ichki yon bagʻirlarida soʻngan (Chimboraso — E. ning eng baland nuqtasi, 6262 m) va harakatdagi (Kotopaxi va boshqalar) vulkanlar bor. Asosiy foydali qazilmalari: neft, tabiiy gaz, oltin, kumush, oltingugurt, toshqoʻmir, marganets, mis va polimetall rudalari. Iqlimi Oryenteda ekvatorial, Syerrada togʻekvatorial, Kostada subeqvatorial Iqlim. Oʻrtacha oylik t-ra Kito (2800 m balandlik)da 13°, jan.da 23° dan 27° gacha. Yillik yogʻin 100 mm dan (jan.da) 6000 mm gacha (And togʻlarining sharqiy yon bagʻirlarida). Yirik daryolari: Guayas, Putumayo, Napo, Tigro. Hududining 75% oʻdshon (asosan, nam tropik oʻrmon). Urmonlarda ayiq, yaguar, yovvoyi mushuk vab. sut emizuvchi hayvonlar yashaydi. Ilon, toshbaqa, echkemar, dengiz iguanasi, timsoh, qush koʻp. Tuproqlari podzollashgan qizil, togʻoʻtloq va allyuvial tuproq. Galapagos, Kotopaxi, Sangay va boshqalar milliy bogʻlari bor.
 
Aholisining 40% indeyslar (asosan, kechua) va 40% ga yaqini ispanindeys metislari, qolganlari oq tanlilar. Rasmiy til — ispan tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Shahar aholisi 62%. Muhim shaharlari: Kito, Guayakil, Kuenka.
 
Tarixi. E. hududida qadimdan 16-asr boshlariga qadar indeys qabilalari yashagan. 15-asr oxirida inklar zabt etgan. 1526 yil E. sohiliga ispan konkistadorlari kelib oʻrnashdi. 1531—33 yillarda F. Pisarro boshchiligidagi konkistadorlar ekspeditsiyasi E. hududini egallab oldi. 16-asrning 40-y.larida aholining ispanlarga qarshi qoʻzgolonlari boʻlib oʻtdi. 1563— 1739 yil larda E. Kito audensiyasi nomi bilan Peru vitseqirolligi, 1739—1822 yil larda Yangi Granada vitseqirolligi tarkibida. 1809 yil aholining mustaqillik uchun harakati avj oddi. 1822 yil Ispaniya mustamlakachiligi tugatildi. 1830 yil maygacha Kito viloyati nomi bilan Buyuk Kolumbiya tarkibida boʻddi. 1830 yil mustaqil davlatga aylandi va E. Respublikasi deb nomlandi. 2-jahon urushi yillari (1939—45) E. fashistik blokdagi davlatlar bilan munosabatlarni uzdi. 1944— 46 yillar hokimiyatga turli partiya va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat hukumat boshchilik qildi. 1972 yildagi davlat toʻntarishidan soʻng harbiy hukumat mamlakat suverenitetini himoya qilish, iqtisodiyotda davlat sektorini mustahkamlash siyosatini olib bordi. 1979 yildan hokimiyatga fuqarolik hukumati boshchilik qilib kelmoqda. 1945 yildan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1992 yil 2 yanv.da tan olgan. Milliy bayrami — 10 avg . — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1809).
 
Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushmalari. Soʻl demokratik partiya, 1977 yil tuzilgan; Demokratik partiya, 1979 yil asos solingan; E. Kommunistik partiyasi, 1926 yil tashkil etilgan; Konservativ partiya, 1855 yil tuzilgan; Xalq demokratik partiyasi,1978 yil asos solingan; Radikal liberal partiya, 1878 yil tashkil etilgan; Sotsialxristian partiya, 1951 yil tuzilgan. E. mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1944 yil asos solingan; Mehnatkashlarning birlashgan fronti, 1971 yil tashkil etilgan; E. sinfiy tashkilotlar konfederatsiyasi, 1938 yil tuzilgan; E. erkin kasaba uyushma tashkilotlari konfederatsiyasi, 1962 yil asos solingan.
 
Xujaligi. E. — yirik neft sanoatiga ega boʻlgan agrarindustrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlash 16,8%, neft va kon sanoati 14,5%, qayta ishlash sanoati 15,3% ni tashkil etadi.
 
Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik yetakchi tarmoq. E. — banan yetishtirish va eksport qilish boʻyicha dunyodagi yetakchi davlatlardan biri (yiliga oʻrtacha 5,32 mln. tonna hosil yigʻib olinadi). Shuningdek, kofe, kakao oʻstiriladi. Shakarqamish, paxta, sholi, kartoshka, makkajoʻxori, bugʻdoy, soya, tamaki ekiladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. Hududiy suvlaridan __ baliq, krevetka, languot ovlanadi. Oʻrmonda qimmatbaho daraxtdan yogʻoch tayyorlanadi, geveya daraxtidan kauchuk olinadi.
 
S a n o a t i ning yetakchi tarmogʻi — neft qazib olish; tabiiy gaz, mis va qoʻrgʻoshin rudalari, oltin, ku^mush, oltingugurt ham qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 8,2 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, sellyulozaqogoz, sement korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan.
 
T.y. uzunligi 0,97 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 43,1 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji 504 ming t dedveyt. Yirik portlari: Guayakil, Balao, Esmeraldas. Kito va Guayakidda xalqaro aeroportlar bor. E. chetga neft va neft mahsulotlari, banan, krevetka, kofe, baliq, kakao, shakar chiqaradi. Chetdan sanoat xom ashyosi va yarim fabrikatlar, mashina va jihozlar, qogʻoz, karton, oziq-ovqat oladi. Tashqi savdoda AQSH, Lotin Amerikasi mamlakatlari, Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — AQSH dollari.
 
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madannymaʼrifiy muassasalari. E.da vrachlar 5 tibbiyot oliy maktabida tayyorlanadi. Mamlakatda 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy bepul taʼlim joriy etilgan. Boshlangʻich va oʻrta maktablarda oʻqish muddati 12 yil (boshlangʻich maktabda 6 yil, oʻrta maktabda 6 yil). Davlat maktablari bilan birga xususiy maktablar ham faoliyat yuritadi. Oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, 20 oliy oʻquv yurti bor. Yiriklari: Kito shahrida Markaziy va Katolik untlar, Kuenka shahridagi unt. E. akademiyasi, Kito shahridagi tibbiyot fanlari akademiyasi va 20 dan ortiq ilmiy muassasa va jamiyatlarda ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi. Kutubxonalari: Markaziy unt, Kito shahridagi milliy va munitsipal, Kuenka shahridagi un-t va munitsipal kutubxonalar. Muzeylari: Mustamlaka sanʼati muzeyi, shahar ‘sanʼat va tarix muzeyi, arxeologiya va etn. muzeyi, antropologiya muzeyi, geol. muzeyi (hammasi Kito shahrida). Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi E.da bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Yiriklari: "Bandera roxa" ("Qizil bayroq", nazariy jur., 1940-y.larda asos solingan), "Vistaso" ("Sharq", 1 oyda 2 marta chiqadigan jur., 1957 ydan), "Komersio" ("Savdo", kundalik gaz., 1906 ydan), "Letras del Ekuador" ("Ekvador adabiyoti", oylik adabiy jur., 1944 yildan), "Oy" ("Bugun", kundalik gaz., 1982 yildan), "Pueblo" ("Xalq", haftalik gaz., 1946 yildan), "Ultimas notisias" ("Soʻnggi xabarlar", kundalik oqshom gaz., 1938 yildan), "Universo" ("Koinot", kundalik gaz., 1921 yildan), "Ekspreso" ("Ekspress", kundalik gaz., 1973 ydan). Ekuapress, davlat axborot agentligi, 1982 yil tashkil etilgan. "Asosiason ekuatoriana de radiodifuson", radiostyalar uyushmasi. 300 ga yaqin tijorat radio st-ya faoliyat yuritadi. Bir qancha tijorat televideniye xizmati, jumladan, "Korporason ekuatoriana de televison" (1967 yil tuzilgan) xizmati mavjud.
 
Adabiyoti ispan tilida rivojlanmoqda. Mustamlakachilik davri (16-asr boshi — 19-asr boshi)da tarixiy va diniy asar hamda sheʼrlar yaratildi. Mustaqillik uchun urush yillari "Xunin davridagi gʻalaba. Bolivarga qoʻshiq" odasi muallifi X.X.Olmedo samarali ijod qiddi. 19-asrning 30-y.laridan asr oxirigacha nasrda romantizm hukmronlik qildi (X.L.Merining "Kumanda" romani, 1825). 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida sheʼriyat modernizm ruhida rivojlandi, nasrda naturalizm taʼsiri sezildi. X.Ikas va 20-asrning boshqa yozuvchilari irqiy kamsitish sharoitida indeys va metislarning ijtimoiy fojiasini aks etgirdilar. X. dela Kuadra, X. Galyegos Lara, E.Xil Xilbert, A.Parexa Diyeskanseko, D.Agilera Malta, P.X.Vera va boshqalar yozuvchilar, X.Karrera Andrade, X.E.Adoum va boshqalar shoirlar oʻz asarlarida xalqning haqqoniy turmushini, uning ijtimoiy ziddiyatlarini keng yoritdilar.
 
Meʼmorligi va tasvnriy sanʼati. E. indeyslarining qadimiy sanʼati Peruning taraqqiy etgan madaniyati bilan bogʻliq (kulollik, haykalchalar, metall buyumlar, sharqiy r-nlarda tosh istehkomlar). 16-asrdan E.da shaharlar barpo etilaboshladi. 17— 18-asrlarda binolarbarokko uslubida qurildi (meʼmor A.Rodriges), ular mahalliy anʼanaviy chiroyli oʻyma naqshlar bilan bezatildi. Diniy mazmundagi rang-tasvir (N.X. de Gorivar) va haykaltaroshlik (indeys M.Inli, 18-asr) oʻziga xos. 20-asrning oʻrtalaridan hoz. zamon meʼmorligi rivojlana boshladi. O.Guayasamin, E. Kingman, D.Paredes kabi rassomlar mehnatkash xalq, asosan, indeyslar turmushini aks etgirdilar. E.da kulollik, toʻquvchilik, niqoblar yasash, kumushdan buyumlar ishlash, tosh va yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan.
 
Musiqasi. E. xalq musiqasi (kreol va indeys) Boliviya, Peru, Shim.Gʻarbiy Argentina musiqalarining ajralmas qismi sifatida rivojlanib kelmoqda. 19-asrdan professional musiqa shakllandi (kompozitor A.Baldeon va boshqalar). 1870 yil Kito shahrida Milliy konservatoriya ochiddi. 19-asr 2-yarmida kompozitor va musiqashunos P.Traversari, kompozitor va folklorshunos S.L.Mareno, 20-asr 2-yarmida kompozitorlar S.M.Duran, akauka L. va G. Salgado mashhur boʻlgan. Kito va Kuenka shahrilarida konservatoriyalar bor.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Ekvador''' (Ekvador Respublikasi) poytaxti — [[Kito]] shahri. [[BMT]] aʼzosi
 
Qator 8 ⟶ 39:
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
 
{{OʻzME}}