Assom tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Accom tili''' — Hindistonning shimoli-sharqidagi Assom shtatida yashovchi assom xalqining tili. Hind-Yevropa tillari oilasiga kiradi. A. t. 10 — 11- a.larda shakllana boshlagan. 13- a.da Assom yerlarini axomlar ishg‘ol etishi b-nbilan A. t. axom leksikasi, o‘lkada vishnuiylik dini yoyilishi tufayli san-skrit leksikasi ta’sirida rivojlandi. Assomda inglizlar hukmron bo‘lgan davr-da bengal tili viloyatning rasmiy tili deb e’lon qilingan. Bu davrda A. t.ga bengal leksikasi katta ta’sir ko‘rsatgan. A. t. Hindiston milliy tillaridan biri bo‘lib qolgan.A. t.dagi adabiyot 13- a. oxiri — 14- a. boshlarida paydo bo‘ldi. 15 — 16- a.larda ko‘proq diniy mavzuda asarlar yaratildi. 17 — 18- a.larda tarixiy voqealar aks etuvchi yilnoma (buranj)lar hamda di-niy arboblar hayoti aks etuvchi asarlar keng tarqaldi. 19- a.ning 2-yarmiga ke-lib yangi adabiy janr (roman, hikoya)lar paydo bo‘ldi. A. t.da jurnal nashr etila boshladi. Publitsistika ham taraqqiy etdi. Ingliz mustamlakachilariga qarshi xalq qo‘zg‘oloni milliy ozodlik harakatini yangi bosqichga ko‘tardi. Bu davr adabiyotida vatanparvarlik g‘oyalari ilgari surildi (P. Chaudxuri, "Jo‘shqin qo‘shiklar"). 20- a.ning 2- yarmida ijod etgan yozuvchilar asarlarida ijtimoiy taraqqiyot uchun kurash asosiy o‘rinni egalladi (S. A. Malik, Ch. K. Gog‘oya, Shar-ma Dinapatxa, P. Pxukana va b.).
 
== Adabiyotlar ==