Aerozollar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Aerozollar''' (aero... va lot. solutio — eritma) — gaz muhitida muallaq tu-radigan mayda-mayda qattiq yoki suyuq zarralardan tashkil topgan dispers ti-zimlar. A.dagi zarralarning kattaligi mm ning o‘n milliondan bir ulushidan 844tortib, bir necha mm gacha boradi (qor uchqunlari, yomg‘ir tomchilari). A. qattiq yoki suyuq jismlarning maydalanishi, parchalanishi (mas, portlash vaqtida) yoki kondensatlanishi (mas, havodagi qattiq jism zarralari, gaz ionlari va b.da suv bugining to‘planishi) natijasi-da, shuningdek kimyoviy reaksiya vaqtida (ammiak b-nbilan vodorod xloriddan ammo-niy xlorid olinganda) vujudga keladi. A.ning muhim xususiyati zarralarning qarama-qarshi zaryadligidir, dispers muhitning zichligi va qovushomigi kichik bo‘lganidan, bunday muhitdagi zarralar to‘xtovsiz harakat qilib turadi, buning natijasida ular o‘zaro to‘qnashib, oson-gina yiriklashishi mumkin (A. koagulya-siyasi), yiriklashgan zarralar esa ogir-lik kuchi ta’sirida dispers muhitdan ajraladi — dispers tizim buziladi. A.ni parchalashda yuqori kuchlanishli elektr toki, markazdan qochirma kuch va ultratovushlardan, maxsus filtrlar-dan foydalaniladi. Meteorologiyada, havoni changdan tozalashda, harbiy ishda (tutun pardasi hosil qilishda), purka-gich yordamida jismlarga lok yoki bo‘yoq berishda va b. ishlarda A. muhim rol o‘ynaydi.
 
== Adabiyotlar ==