Agrotexnologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Agrotexnologiya''' — dehqonchilik texnologiyasi, q.x. ekin-larini yetishtirish usullari tizimi. A.ning nazariy asosi — agronomiya. A. kuyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi: almashlab ekish, tuproqqa ishlov berish, o‘g‘itlar solish; urug‘likni ekishga tayyor-lash, ekish, ekinlarni parvarishlash, be-gona o‘tlar, kasalliklar va hasharotlarga qarshi kurash, hosilni yig‘ib olish. Yerni haydash, tekislash, boronalash va ekishga tayyorlashning boshqa usullari, o‘g‘itlash, sug‘orish, urug‘ni ekishga tayyorlash (sa-ralash, dorilash, ivitish va b.), ekish va hosil yig‘ib-terib olinguncha o‘simlikni parvarish qilish ishlari A. usullariga kiradi. A.ga almashlab ekishni joriy qilish, o‘simlik qoldiqlarini daladan yig‘ishtirib olish, kuzgi shudgorlash, yaxob berish, sifatli urug‘lik tanlash, ekish sxemalarini to‘g‘ri qo‘llash, normal ko‘chat qalinligiga erishish, o‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanish; ekinni qat’iy tar-tib bo‘yicha sug‘orish, o‘simlikning ildi-zini zararlantirmaslik, ekinzorlarni begona o‘tlardan toza tutish, zararkunan-da va kasalliklarga chidamli navlarni ekish va h.k. ham kiradi. Bunga har bir mintaqaning tuproq-iqlim sharoitla-rini inobatga olgan holda, q.x. ishlab chiqarishiga fan yutuqlari va ilg‘or taj-ribaning yangi, yanada samarali usullari-ni joriy qilish yo‘li b-nbilan erishiladi.A. jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuch-lari va i.ch. munosabatlari rivoji b-nbilan uzviy bog‘langan. Ibtidoiy jamoa va un-dan keyingi davrlarda A. sodda qurollar hamda qo‘l kuchiga asoslangan edi. Yerlar omoch, mola kabi qurollar yordamida ish-lanardi. A.ning takomillashgan usullari jahonda 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida shakllandi, natijada q.x. o‘simliklari mashinalardan foydalanish, tabiat-shunoslik va agronomiya fanlarining ko‘rsatma va tavsiyalari asosida yetishti-riladigan bo‘ldi. Ayniqsa, 19-a.da mashi-nasozlik sanoatining rivojlanishi mu-rakkab q.x. texnikasini dehqonchilikda qo‘llash imkoniyatini tug‘dirdi. 20-a.da esa q.x. uchun traktor, kombayn, kulti-vator, o‘g‘itlagichlar va b. mexanizmlar ko‘plab ishlab chiqariladigan bo‘ldi, mi-neral o‘g‘itlardan foydalanish ko‘paydi. Bularning hammasi va agronomiya fani-ning rivojlanishi A.ning takomilla-shuviga qulay sharoit tug‘dirdi.Hoz. zamon Axi ekologik sharoitlar, q.x. texnikasining ishlash qoidalarini o‘rganuvchi tabiiy hamda texnika fanla-ri yutuqlariga asoslanadi. A.ni to‘g‘ri qo‘llashning zaruriy sharti uning kom-pleksligi va tuproq-iqlim sharoitlari, ekinning biologik xususiyati, navlari va ularning qaysi maqsadlarda ishlati-lishiga e’tibor berishdir. O‘simlik hayot omillarining muddatlari, almashtirib bo‘lmasligi hamda teng ahamiyatdorligi va b. qonunlar A. usullarini birgalik-da qo‘llashning ilmiy asosi hisoblanadi (q. Dehqonchilikning asosiy konunlari). Mac, o‘g‘it solishda belgilangan mud-dat va miqdorni o‘zgartirish (ayniqsa sug‘oriladigan sharoitda) yoki vegeta-siya davriga qarab o‘simlikka berila-digan azotni fosfor b-nbilan almashtirish mumkin emas. Ekinlardan yuqori hosil olish uchun ularni muayyan nisbatlarda barcha zaruriy hayot omillari (yorug‘lik, issiqlik, havo, namlik, oziq moddalar) b-nbilan ta’minlash zarur.A. tadbirlari har bir mintaqa, zona, xo‘jalikning tuproq-iqlim sharoitiga hamda ekinlarning turiga qarab ishlab chiqiladi va o‘tkaziladi. Mas, tuprog‘i sho‘rlangan hududlarda sho‘r yuvish aso-siy ahamiyatga ega. Shu sababli bunday joylarda ekinlar uchun zararli bo‘lgan, 168ekinning ildiz qismi joylashadigan tuproq qatlamidagi erigan tuzlar-ni yo‘qotadigan A. usullariga asosiy e’tibor beriladi. Namgarchilik kam bo‘ladigan r-nlarda, shuningdek yen-gil tuproqli yerlarda tuproqda nam to‘plashga imkon beradigan A. usullari-ga e’tibor qilinadi. Ekinlarni to‘g‘ri almashlab ekish, haydalma qat-lamni chuqurlashtirish, mahalliy va mine-ral o‘g‘itlar solish yo‘li b-nbilan tuproqni o‘simlik uchun zarur oziq moddalar b-nbilan boyitish hamda uning fizik xusu-siyatlarini yaxshilash A.ning asosiy maqsadidir.A. ekinning va navning (nav A.) o‘ziga xosligi hamda ekinning xo‘jalik ahamiyatiga ko‘ra ham tabaqalashadi. Mac, makkajo‘xori, kungaboqar silos uchun yoki don uchun, zig‘ir tola yoki urug‘i uchun, piyoz barra yoki bosh piyoz olish uchun eqilganda o‘ziga xos A. qo‘llaniladi. A. tadbirlarini to‘g‘ri qo‘llash q.x. ekin-larining hosildorligini oshirish b-nbilan birgalikda hosil sifatiga ham ijobiy ta’sir etadi. O‘zbekistonda ilmiy muas-sasalar tarmog‘i ekinlar A.sini ishlab chiqadi. Ularning samaradorligi ilmiy tadqiqot in-tlari va tajriba st-yalarida sinovdan o‘tganidan keyin xo‘jaliklarda joriy etiladi.Abdurahim Ermatov.
 
== Adabiyotlar ==