Moliya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Uzbek.uz (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Moliya''' [[davlat]]ning oʻz funksiya va vazifalarini bajarishi hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish shartlarini taʼminlash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan [[pul]] jamgʻarmalarining shakllantirilishi, taqsimlanishi va foydalanilishi bilan bogʻliq [[iqtisodiyot|iqtisodiy]] munosabatlar majmuidir.
 
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Moliya''' — maqsadli pul fondlarini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan iqtisodiy munosabatlar. M. iqtisodiyotning pul sektorida yuzaga keladi va daromadlar asosida yuz beradi. Pul sektori pul va pulga tenglashtirilgan aktivlarning harakati boʻlib, buning natijasida pul fondlari vujudga keladi. Maqsadli pul fondlari — bu M. resurslari yoki M. obʼyektidir. M. subʼyekti shu fondlarni yaratish, taqsimlash va ishlatishda ishtirok etuvchilar, yaʼni korxonalar (firmalar), turli xoʻjaliklar, xonadonlar, nodavlat jamoat tashkilotlari va davlat idoralaridan iborat. M. daromad hosil qilish va uni sarflashni anglatadi. Daromadlar ilk bor, yaʼni birlamchi taqsimlanganda korxona, davlat va xonadon M.si yuzaga keladi. Bu oʻrinda birlamchi daromadlar hosil boʻladi, korxona M. fondlarini tashkil etadi, ishlovchilar ish haqi oladi va bu xonadon daromadini hosil etadi, korxonalar byudjetga soliq toʻlaydilar va bu davlat daromadini yuzaga keltiradi. Daromadlar ikkilamchi taqsimlanganda byudjetdan trans-fertlar (toʻlovlar) va turli maxsus fondlar ajratiladi. Daromadlar kayta taqsimlanganda turli nodavlat va jamoat tashkilotlari korxonalardan, aholidan va byudjetdan pul olib, oʻzining maxsus fondlarini hosil etadi. M. pul munosabatlari sifatida iqtisodiyotda muhim vazifalarini bajaradi: 1. Taqsimlash vazifasi — jamiyat daromadi boʻlgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) pul, qiymat shaklida iqtisodiyot subʼyektlari oʻrtasida boʻlinadi, ulardan har biri oʻz hissasini oladi, oʻz daromadiga ega boʻladi. 2. Rivojlantirish vazifasi — M. fondlaridan pul berish orqali iqtisodiyot subʼyektlarining faolligi yuzaga keltiriladi. Ragʻbatlantirish M. vositalarini qoʻllash orqali, chu-nonchi mukofotlash, subsidiya, subvensiya ajratish, jarima solish, sanatsiya va soliqlarni qoʻllash vositasida amalga oshiriladi. Bozor sharoitida asosiy ragʻbatlantirish vositasi soliq hisoblanadi. Soliqdan imtiyozlar berish soliq toʻlovchilarni qoʻliga tekkan daromadini oshiradi. Maqsadli imtiyozlar ularni yaxshi ishlashga undaydi. 3. Ijtimoi y himoya vazifasi — nochor aholi qatlamlari davlatdan, korxona va har xil nodavlat tashkilotlaridan va puldor fuqarolardan moliyaviy yordam oladi. Mazkur vazifani davlat byudjetining ijtimoiy himoya uchun ajratilgan mablagʻlari bajaradi. 4. Axborot berish vazifasi — mamlakat va ayrim subʼyektlarning moliyaviy ahvoli haqida axborot. Moliyaviy ahvolni tavsiflovchi axborot (koʻrsatkichlar) iqtisodiyotga tashhis qoʻyishga xizmat qiladi. 5. Nazorat vazifasi — moliyalashtirish yoʻsinida ajratilgan pulni naqadar maqsadli ishlatilishini pul beruvchilar nazorat qiladilar. Shu pulni oʻrinli yoki oʻrinsiz ishlatilishiga qarab moliyalashtirish koʻpaytiriladi, qisqartiriladi yoki umuman toʻxtatiladi.