Endoparazitlar: Versiyalar orasidagi farq
CoderSIBot (munozara | hissa) Yangi maqola yaratildi |
(Farq yoʻq)
|
22-May 2013, 16:49 dagi koʻrinishi
Endoparazitlar (endo... va yun. ragazpok — tekinxoʻr), ichki parazitlar — xoʻjayin hayvon yoki oʻsimlik toʻqimalari, ichki organlarida yashab, uning hisobiga hayot kechiruvchi organizmlar. E.ga viruslar, bakteriyalar, koʻpgina zamburugʻlar, eng sodda hayvonlar va gijjalar kiradi. Baʼzi E. rivojlanishining ayrim davr (bosqich)larini xoʻjayin organizm ichida oʻtadi. Mas, oʻsimlik bitlari (shiralar) tanasida afidiidlar oilasining vakillari, kuzgi tunlam va boshqalar, kemiruvchi tunlamlarda — apanteles, rogas, mikroplitis, taxin pashshalar va boshqalar, noʻza tunlami (koʻsak qurti)da apanteles, anilasta, ambliteles va boshqalar parazitlik qiladi; trixogramma lichinkalari (koʻpgina tangaqanotli kapalaklar) tuxumida rivojlanadi va boshqalar E.dan madaniy oʻsimliklarni zarakunandalardan himoya qilishda foydalaniladi (q. Parazitizm).
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |