Bosh menuni ochish

Oʻzgarishlar

Maqolaga matn qoʻshildi
|sil = [http://www.ethnologue.com/show_language.asp?code=ell ell]
}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Yunon tili''' — grek tili tarixidagi dastlabki bosqichda — mil. av. 14— 12-asrlardan mil. 1 —4-asrlargacha amalda boʻlgan (hoz. oʻlik) til; greklarning qadimiy tili (yana q. [[Grek tili]]). Hindevropa tillari oilasida qadimiy makedon tili bilan birgalikda alohida yunon (grek) guruhini tashkil etadi. Yu.t. taraqqiyoti tarixi quyidagi bosqichlarni qamrab oladi: 1) eng qadimiy (arxaik) davr (mil. av. 14—12-asrlar — 8-asr); 2) klassik davr (mil. av. 8—7-asrlardan 4-asrgacha); 3) ellinistik davr (umumyunon tilining shakllanish davri — mil. av. 4—1-asrlar); 4) soʻnggi yunon davri (mil. 1—4-asrlar). Yu.t.da quyidagi lahja guruhlari farqlanadi: ioniyattik (ioniyaattika), arkadkipr, eoliy va doriy. Klassik davrning boy adabiyoti ioniy lahjasida — Gesiod, Gerodot; attika lahjasida — Esxil, Sofokl, Yevripid (tragediya), Aristofan (komediya), Platon va Aristotel (falsafa), Fukidid va Ksenofont (tarix), Demosfen (notiklik, stilistika); eoliy lahjasida — Alkey, Sapfo (lirik sheʼrlar, qoʻshiqlar) va boshqalar tomonidan yaratilgan. Gomer dostonlarining tilida (mil. av. 8-asr) bir necha lahjalarning unsurlari kuzatiladi. Mil. av. 5-asr oxirlarida attika lahjasi Yunonistonning adabiy tiliga aylanadi. Ellinistik davrda attik va ioniy lahjalar asosida 2 xil: adabiy va soʻzlashuv koʻrinishlariga ega boʻlgan umumyunon tili shakllanadi. Keyingi davrda adabiy til bilan soʻzlashuv tili oʻrtasidagi farqlar kuchayib, ular mustaqil holda rivojlana boshlaydi.
 
YU.t. leksikasi juda boy boʻlib, uning tarkibida sof yunoncha qatlamdan tashqari som tillari, fors va lotin tillaridan kirib kelgan soʻzlardan iborat oʻzlashma qatlam ham bor. Yu.t. leksikasi, lotin tili leksikasi bilan birga, hoz. ilmiy va ilmiytexnikaviy terminologiyaning manbai boʻlib qoldi.
 
== Adabiyot ==
* Sobolevskiy S.N., Drevnegrecheskiy yaznk, M., 1948; Tronskiy N.M., Voprosn yazmkovogo razvitiya v antichnom obshestve, L., 1973; Grinbaum N.S., Ranniye formm literaturnogo yazja (drevnegrecheskiy), M., 1984.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Yunon tili''' (''ελληνική γλώσσα'' yoki ''ελληνικά'' — "Ellinika") 3,500 yillik hujjatli tarixga ega eng qadimgi [[Hind-Yevropa tillar|Hind-Yevropa]] [[til]]idir. Miloddan avvalgi 15-14 asrlarda paydo boʻlib, u [[Onadoʻli tillari]] hamda [[sanskrit]] bilan deyarli tengdoshdir. Bugun yunon tilida [[Yunoniston]], [[Kipr]], [[Albania]], [[Bolgariya]], [[Makedoniya]], [[Italiya]], [[Turkiya]], [[Armaniston]], [[Gruziya]], [[Ukraina]], [[Moldova]], [[Ruminiya]], [[Rossiya]], [[Misr]], [[Iordaniya]]da, shuningdek [[Avstraliya]], [[AQSh]], [[Germaniya]] kabi mamlakatlardagi yunon diasporalari orasida 15–25 million kishi soʻzlashadi.
== Ilovalar ==
 
[[Turkum:Tillar]]
 
{{OʻzME}}
187 758

ta tahrir