Hujayra yadrosi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|Yadro (maʼnolari)}}
'''Yadro''' — koʻpchilik bir hujayrali va hamma koʻp hujarayli organizmlar hujayralarining asosiy tarkibiy qismi. Ya.ning boʻlishi yoki boʻlmasligiga binoan, organizmlar eukariotlar va prokariotlarp ajratiladi. Prokariotlar hujayrasida irsiy modda DNK sitoplazmadan chegaralanmagan, bir qancha organoidlar boʻlmaydi. Eukariotlar hujayrasida DNK saklovchi strukturalar — xromosomalar va mitoxondriyalar bor. Genlardagi irsiy axborot orqali Ya. hujayrada oqsil sintezi, morfologik va fiziologik jarayonlarni boshqaradi. Ya. bilan sitoplazma oʻrtasida uzluksiz moddalar almashinuvi sodir boʻlib turadi. Ya.ni hayvon hujayralarida Ya.Purkinye (1825), oʻsimlik hujayralarida R.Broun (1831 — 33) kashf etishgan. Hujayralarda Ya. bitta yoki koʻp boʻlishi mumkin. Ya. sitoplazmadan 2 qavat membrana bilan ajralgan; tashqi membranasida ribosomalar joylashadi.