Boris Yakobi: Versiyalar orasidagi farq
CoderSIBot (munozara | hissa) Yangi maqola yaratildi |
(Farq yoʻq)
|
23-May 2013, 18:23 dagi koʻrinishi
Yakobi Boris Semyonovich (1801.21.9, Potsdam 1874.27.2, Peterburg) — rus fizigi va elektrotexnigi, Peterburg FA muxbir aʼzosi (1842), akad. (1847). Gyottingen untida oʻqigan. Derpt un-ti (Kyonigsberg) prof. (1835). 1837 yildan Peterburgda yashagan. Ilmiy ishlari elektromagnetizm va uning amaliyotda qoʻllanishiga doir. Elektr dvigatel ixtiro qilgan (1834), teskari elektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) hosil boʻlishi hodisasini kashf etgan. Galvanoplastikani ixtiro qilgan (1938) va uni bosma, tangachaqa zarb qilish, badiiy buyumlarni tayyorlashda qoʻllash bilan shugʻullangan. Qator telegraf apparatlarni loyihaladi, birinchi boʻlib yer osti (kabelli) telegraf aloqasini oʻrnatdi, galvanometrning bir necha konstruksiyalarini, voltmetr, qarshilik rostlagichi, qarshilikning sim etaloni kabi elektrotexnika asbob va qurilmalarini yaratdi. U elektrotexnikaga oid bilimlarni rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |