Yalpiz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

24-May 2013, 18:41 dagi koʻrinishi

Yalpiz — labguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, dorivor va efirmoyli oʻsimlik. Shim. yarim sharning iliq iqlimli mintaqalarida 20—25 turi tarqalgan. Yevropa mamlakatlari, AQSH, Ukraina, Belorussiya va Shim. Kavkazda Ya.ning taxir (achchiq) Ya. va jingalak Ya., Xitoy, Hindiston, Braziliya va boshqalar mamlakatlarda dalayoki suv Ya. turlari ekiladi. Oʻzbekistonda 4 turi: suv Ya., osiyo Ya.i, taxir (achchiq) Ya. va jingalak Ya. yovvoyi holda oʻsadi, Poyasi tik shoxlangan, boʻyi 25—100 sm gacha, barglari qarama-qarshi joylashgan, rombsimon, nashtarsimon yoki tuxumsimon, gullari chala soyabonsimon toʻpgulga yigʻilgan, binafsharang . May—okt.da gullaydi. Ya. yorugʻsevar, namsevar oʻsimlik. Barglarida 2,5— 3%, gullarida 4—6%, poyasida 0,3% mentol (validolning tarkibiy qismi)ga boy boʻlgan efir moyi, shuningdek, flavonoidlar, vitaminlar, oshlovchi moddalar bor. Tibbiyotda Ya. bargidan tayyorlangan tindirma (nastoyka) va damlamasidan koʻngil ayniganda hamda oʻt haydovchi vosita sifatida foydalaniladi. Barglari va poyasidan olingan yalpiz moyi parfyumeriya, oziq-ovqat sanoatida va tibbiyotda, bahorda yangi chiqqan barglari oshkoʻk sifatida ishlatiladi. Vegetativ (bahorda ildizini boʻlib ekish) yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Oʻzbekistonniig barcha viloyatlarida nam yerlarda, ariq va daryo boʻylarida oʻsadi.