Asos: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Oʻzak bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi
Qator 1:
{{birlashtirishga|Oʻzak}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
{{Maʼnolari|Asos (maʼnolari)}}
'''Asos''' — mantiqiy tafakko‘rning muhim shakli hisoblangan xulosa chiqarishning tarkibiy qismlaridan biri. Chinligi amaliyotda tekshirilgan va isbotlangan ma’lum fikrni ifoda-laydi. Undan noma’lum fikrni — xu-losani keltirib chiqarish uchun foyda-laniladi. Induktiv xulosa chiqarishda A. miqdori chegaralanmagan bo‘lib, tay-in bilimlarni ifodalaydi va umumiy xulosa keltirib chiqarish uchun xizmat qiladi. Deduktiv xulosa chiqarishda, ak-sincha A. sifatida umumiy bilimlardan foydalaniladi va ular tayin bilimlar haqida xulosa chiqarishga xizmat qiladi. Deduktiv xulosa chiqarishda A.ning miqdori chegaralangan bo‘ladi. Mantiqiy tafakkurning isbotlash shaklida esa A. dalil, argument shaklida keladi va is-botlanishi lozim bo‘lgan tezisni asos-lash uchun keltiriladi. A.ning chinligi xulosa yoki tezisning chin bo‘lishi uchun muhim shartlardan biridir, lekin bun-dan tashqari hukmlar bir-biri b-n to‘g‘ri bog‘langan va tartib b-n keltirilgan bo‘lishi lozim. Aks holda to‘g‘ri A.dan noto‘g‘ri xulosa chiqishi mumkin.Umuman ilmda, turmushda, har qanday munozara va muhokamada, biror fikrni isbotlash yoki biror xulosaga kelish uchun foydalaniladigan fikr A. deb yuritila-di.