Oʻzgaruvchi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: endilikda Wikidata d:q50701 sahifasida saqlanadigan 53 intervikini koʻchirdi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
'''Oʻzgaruvchi''' — [[matematika]]da berilgan masala yoki amallar koʻlami ichida oʻzgaruvchi qiymat. ''Oʻzgarmas'' yoki ''konstanta'' boʻlsa oʻzgarmaydigan qiymat. Oʻgaruvchi va oʻzgarmas tushunchalari matematikaning koʻp nazariy va amaliy sohalarida ishlatiladi. Oʻzgaruvchi tushunchasi yana [[tabiiy fanlar]], [[texnika]] va [[dasturlash]] kabi sohalarda keng qoʻllaniladi. Oʻzgaruvchilarga misol qilib havo [[harorat]]ini yoki matematik [[funksiya]] parametrini keltirish mumkin. Oʻzgaruvchi olishi mumkin boʻlgan qiymatlarga qarab xarakterlanadi.
 
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Oʻzgaruvchi''' — matematika va mantiqda maʼlum obʼyektlar toʻplamining umumiy elementini ifodalovchi tushuncha; har xil qiymatlar qabul qiladigan miqdor. Bu obʼyektlarning har biri mos Oʻ.ning qiymati, ularning toʻplami esa Oʻ.ning oʻzgarish sohasi boʻladi. Oliy matematika asoschilari ?.Dekart, G.V.Leybnits, I. Nyuton, P.Ferma va boshqalar olimlarning ilmiy ishlaridan boshlab Oʻ. deganda oʻzgarish jarayonida turlicha qiymatlarni olishi mumkin boʻlgan muayyan bir kattalik tushunilgan.
 
Oʻ. tushunchasi dastlab harfiy belgilashlar rasm boʻlgandan soʻng analitik geometriya, differensial va integral hisob yaratila boshlagan davrda maʼlum jarayon davomida oʻzgaradigan miqdorni ifodalab, oʻzgarmas miqdor (konstanta)ga qarama-qarshi qoʻyilgan. Bunday maʼnoda talqin qilingan Oʻ. tushunchasi matematikada dialektik rol oʻynab, matematik analizda, shuningdek, mexanika va fizika masalalarini matematik tahlil qilishda qulaylik tugʻdirgan.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
Oʻzgaruvchilar ''erkli oʻzgaruvchilar'' va ''erksiz oʻzgaruvchilar'' boʻlib ikkiga boʻlinadi. Erkli oʻzgaruvchilar turli qiymatlarni erkin ola oladi. Erksiz oʻzgaruvchilar boʻlsa sistemadagi boshqa qiymatlar oʻzgarishi sabab oʻzgaradi xolos.
Qator 119 ⟶ 126:
[[es:Variable (matemáticas)]]
[[th:ตัวแปร (คณิตศาสตร์)]]
 
{{OʻzME}}