Pichan uni: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
Oʻt uni bilan birlashtirishga andoza qo‘shildi
Qator 1:
{{birlashtirishga|Oʻt uni}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
'''Pichan uni''', oʻt uni — sunʼiy sharoitlarda yuqori haroratda quritilgan va maydalangan oʻtlardan tayyorlanadigan yem-xashak mahsuloti. Xona yoki ochiq joylarda shamolda quritilgan pichan poxolqirqqichlarda maydalana-di, keyin don tegirmonlari yoki yanchish mashinalarida tortiladi. P.u. sifati oʻtlar turi, oʻrib-yigʻish muddati va quritish usullariga bogʻliq. Eng yaxshi P.u. shonalash davrida yoki gullay boshlaganda oʻrilgan dukkakli oʻtlardan oli-nadi, oqsil, mineral moddalar, vita-minlarga boyligi jihatidan donli ozuqalardan qolishmaydi. Sebargadan tayyorlangan 100 kg P.u. da 70,2 ozuqa birligi va 8,3 kg hazm boʻladigan protein; xashaki loviyasuli aralashmasida 65,7 ozuqa birligi va 9,7 kg hazm boʻladigan protein bor. P.u. karotinga boy; karotin yaxshi saqlanishi uchun P.u.ga antioksidantlar (santoxin va b. )qoʻshiladi. Choʻchqalar uchun aralash yem tarkibiga 10—15%, parrandalar uchun 3—5% P.u. qoʻshiladi. Vitaminlarni yoʻqotmasligi uchun P.u.ni bugʻlash yoki qaynoq suv bilan ishlov berish mumkin emas.