Qanot: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|Qanot (maʼnolari)}}
'''Qanot''' — 1) qoʻshin safi, jangovar tartib (yasol) yoki operativ tizilishning oʻng yoki chap qismini ifodalovchi atama. Oʻrta asrlarda qoraxoniylar qoʻshinining oʻng Q.i — oʻng , chap Q.i — soʻl, chingiziylar lashkarining oʻng Q.i — barangʻar, chap Q.i — juvangʻar, temuriylar qoʻshinining oʻng Q.i — barangʻar, oʻng qoʻl — maymana, chap Q.i — juvangʻar va soʻl qoʻl — maysara atamalari bilan anglashilgan; 2) oʻrta asrlarda koʻchmanchi moʻgʻullar va Chingiziylar davrida saltanatning 2 — oʻng va chap qismi. 13-asrning 40-y.larida Joʻji ulusi ikki Qga boʻlingan. Oʻng Q. Botu va Shaybon (Dunaydan Irtish va Chulutgacha)ga tegishli yerlardan, chap Q. esa Joʻjining toʻngʻich farzandi Oʻrdaga taalluqli hududlar (hoz. Qozogʻistonning jan.sharqi)dan iborat boʻlgan; 3) AQSH harbiyhavo kuchlarida yetakchi tashkiliy va taktik harbiy qism. Vazifasi va qurollanishiga muvofiq, Q. ogʻir bombardimonchi, oʻrta bombardimonchi, havo kosmik (raketa), aygʻoqchi (razvedkachi) va yoqilgʻi bilan taʼminlovchi (zapravkachi) turlarga taqsimlanadi. Q. shtabqarorgoh, 2—5 eskadrilya, aerodrom xizmati guruhi va moddiytexnika taʼminoti boʻlinmalaridan tashkil topgan. 2—3 Q. aviadiviziyani tarkib toptiradi.