Qashqar tekisligi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
Tarim tekisligi bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi
Qator 1:
{{birlashtirishga|Tarim tekisligi}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
'''Qashqar tekisligi''', Tarim tekisligi — Xitoyning gʻarbiy qismida, Tarim daryosi havzasidagi tekislik. Tyanshan, Pomir, Kunlun va Beyshan togʻlari bilan oʻralgan. Uzunligi gʻarbdan sharqqa 1200 km, mayd. 530 ming km2(Markaziy Osiyoda eng katta). Balandligi sharqdan gʻarbga 800 m dan 1500 m gacha koʻtarilib boradi. Q.t.ning katta qismi Taklamakon qumli choʻli bilan band. Relyefining pastqam joylarida keng maydonlarni shoʻrxoklar egallagan. Tekislikning gʻarbiy qismida past qator tepalar uchraydi. Iqlimi moʻʼtadil (baʼzi joylarda kontinental, choʻl iqlimi), yozi issiq, qishi qisqa, sovuq va qorsiz. Oʻrtacha t-ra iyulda 26°, qishda —20° gacha. Yillik yogʻin 100 mm dan kam. Togʻlardan oqib keluvchi daryolar Q.t.ga chiqqach, sugʻorishga sarf boʻladi yoki qumga singib ketadi. Eng yirik daryolari: Tarim, Xoʻtan, Qashqar, Oqsuv, Koʻnchidaryo; sharqida Lobnor koʻli bor. Q.t.ning aksari qismi boʻz tuproqlarda oʻsuvchi choʻlga xos oʻsimliklar bilan qoplangan. Daryo vodiylarida toʻqay oʻsimliklari oʻsadi. Vohalarda, togʻ etaklarida dehqonchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullaniladi. Q.t.ning gʻarbi va shim.gʻarbida Qashqar, Oqsuv va Yorkend vohalari joylashgan.