Qibla: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
+tahrir
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
'''Qibla''' ''(arab tilida: قبلة)'' [[musulmon]]lar [[namoz]] oʻqiganlarida yuzlanadigan yoʻnalishni bildiruvchi arabcha soʻzdir. Koʻpgina [[masjid]]larda [[mehrob]] qibla yoʻnalishini koʻrsatadi.
 
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Qibla''' (arab. — Qarshi tomonda turgan narsa) — musulmonlar namoz oʻqiyotgan paytda yuzini qaratib turadigan tomon. Dastlab Muhammad(sav) va uning tarafdorlari Quddus (Iyerusalim) tomonga qarab namoz oʻqishgan. Hijriy 2yili (624) Makkadagi Kaʼba (Baytulloh) barcha musulmonlar uchun Q. qilib belgilangan. Har bir musulmon qayerda boʻlmasin, albatta Q. tomonga qarab namoz oʻqiydi. Masjidlarda mehrob Q. tomonga oʻrnatiladi, shu tomonga qarab azon aytiladi. Islomdagi koʻp marosimlar ham, odatda, Q.ga qarab bajariladi. Marhum koʻmilganda ham yuzi Q.ga qaratib qoʻyiladi. Islom shariati Q. tomonni ulugʻlaydi, Q. tomonga oyoqlarni uzatib oʻtirish va yotish odobsizlik hisoblanadi. Oʻzbekistonga nisbatan Q. janubigʻarb tomonda boʻlib, kompas mili Gʻarb nuqtasidan chap tomonga 14 gradus qaytishi kerak.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
{{stub}}
 
[[Turkum:Islom]]
 
{{OʻzME}}