Qipchoq tillari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Legobot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 16 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q1339898 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
[[Tasvir:Map-Kypchak Language World.png|thumb|350px| Qipchoq tillarining tarqalishi]]
[[Tasvir:Turkic language map3.PNG|thumb|350px| Turk tillarining tarqalishi]]
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Qipchoq tillari''' - turkiy til lar oilasining gʻarbiy xun tarmogiga mansub bir qancha oʻlik va jonli tillar guruhi. Q.t., oʻz navbatida, 3 guruhchaga boʻlinadi: 1) sof qipchoq guruhchasi — qad. qipchoq (kuman) oʻlik tilini (q. [[Qipchoq tili]]) hamda hoz. jonli qaraim, qorachoy-bolqor, qrim-tatar, qoʻmiq tillarini oʻz ichiga oladi; 2) qipchoq-bulgʻor guruhchasi — oʻrta asrlarda amalda boʻlgan gʻarbiy oltin oʻrda (oʻlik) adabiy tilini hamda hoz. jonli tatar va boshqird tillarini oʻz ichiga oladi; 3) qipchoq-noʻgʻay guruhchasi — faqat hoz. jonli noʻgʻay, qozoq, qoraqalpoq tillarini, shuningdek, oʻzbek tilining qipchoq shevalarini qamrab oladi.
 
Q.t.ning rivojlanish tarixida 3 davr farqlanadi: moʻgʻullar bosqinigacha boʻlgan davr, moʻgʻullar bosqinidan keyingi xonliklar (Oltin Oʻrda, Qozon, Astraxan, Qrim, Sibir) davri hamda Gʻarbiy Osiyo va Sharqiy Yevropaning katta qismini, jumladan, mazkur xonliklar hududini Rossiya bosib olgandan keyingi davr. Bu davrlar qipchoqlarning turli hududlarda turli xalqlar bilan qoʻshni boʻlib yashashlari, turli dinlarni qabul qilishlari tufayli Q.t. leksikasida roʻy bergan oʻzgarishlar, qisman fonetik-grammatik oʻzgarishlar bilan ajralib turadi. Mas, tatar va boshqirdlar islom dini va arab yozuvini qabul qilganliklari sababli tatar va boshqird tillarida arabcha va forscha leksik birliklar; qaraimlar yahudiylik dini va qad. yahudiy yozuvini qabul qilganliklari tufayli qaraim tilida qad. yahudiy tili unsurlari uchraydi.
 
Hoz. jonli Qt.ning har biri oʻziga xos fonetik, grammatik, leksik xususiyatlarga, oʻz yozuv tarixiga ega (q. [[Boshqird tili]], [[Noʻgai tili]], [[Tatar tili]], [[Qaraim tili]], [[Qozoq tili]], [[Qo raqalpoq tili]], [[Qorachoy-bolqor tili]], [[Qrimtatar tili]], [[Qoʻmiq tili]]). Mazkur tillarda hoz. kunda 20 mln.dan ortiqroq kishi soʻzlashadi.
 
Abduvahob Madvaliyev, Isroil Poʻlatov.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Qipchoq tillari''' — kelib chiqishi yagona [[qipchoq tili]]ga borib taqaladigan групп [[turkiy tillar|turk tillari]] guruhlarining tillar soni (11 ta til) boʻyicha eng yirik tillardan biri hisoblanadi. Boshqa nomlari: shimoliy-gʻarbiy, tau-guruh va b. Quyidagi ostguruhlarni oʻz ichiga oladi:
* [[polovets-qipchoq tillari|polovets-qipchoq]] yoki qipchoq-kuman (gʻarbiy-qipchoq, kavkaz-dogʻiston, polovets-qipchoq) — [[qaraim tili|qaraim]], [[Qorachoy-Bolqor tili|qorachoy-bolqor]], [[qirimchoq tili|qirimchoq]] (lekin zamonaviy ogʻzaki nutqda va ayniqsa qirimchoq tilining yozma nutqida koʻp oʻgʻuz elementlari mavjud) va [[qoʻmiq tili|qoʻmiq tillari]], shuningdek oʻlik [[polovets tili]], [[momoliq-qipchoq tili]] va [[arman-qipchoq tili|arman-qipchoq]]. [[Qirimtatar tili|Qirimtatar]] va [[urum tili]] qipchoq va oʻgʻuz tillari oʻrtasida oʻrtaliq oʻrinni egallaydi (kelib chiqishi boʻyicha bir qator shevalari qipchoq-polovets, ayrimlari — oʻgʻuz hisoblanadi, adabiy meʼyor aralash xususiyat kasb etadi);
Qator 85 ⟶ 96:
 
[[Turkum:Turkiy tillar]]
 
{{OʻzME}}