Qozon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 89 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q900 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 10:
| Vebsayt = http://kzn.ru
}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Qozon''' — RF dagi shahar, Tatariston Respublikasi poytaxti (1990 y. dan). Volga boʻyining muhim sanoat va madaniy markazlaridan biri. Volga daryosi chap sohilida. Yirik daryo por-ti. T. y. stansiyasi. Avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aeroport bor. Aholisi 1105,3 ming kishi (2002). 5 maʼmuriy tumanga boʻlingan.
 
Q.ga 1-ming yillik oxirida Qozon daryosining oʻrta oqimida bulgʻorlar asos solgan. 1399 y.da Moskva knyazi Yuriy Dmitriyevich qoʻshinlari tomonidan Q. vayron qilindi va 30 — 40 y.dan soʻng qayta tiklandi. Keyinchalik shahar oʻrnida Kreml qurildi. 15-a.dan Oʻrta Volga boʻyining yirik iqtisodiy va savdo markazi, 1438 y.dan Qozon xonligining poytaxti. 1552 y.da rus podshosi Ivan Grozniy qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. 1708 y. dan Qozon gubernyasi markazi. 19-a.da Q.da sanoat korxonalari paydo boʻla boshladi. 1804 y.da un-t ochildi. q. [[1920—90 y]].larda Tatariston ASSR poytaxti.
 
Mashinasozlik (aviasozlik, motor-sozlik, "Teplokontrol", vakuum texnikasi i. ch. birlashmalari; kompressor, elektron-hisoblash texnika mahsulotlari i. ch. va b.) va metallsozlik, kimyo va neft kimyosi ("Kazan-orgsintez", "Tasma", kimyo-farmatsevtika korxonalari; sintetik kauchuk, uy-roʻzgʻor kimyosi mahsulotlari va b.), yengil (moʻyna, koʻn-teri mahsulotlari va b.), oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. 11 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, un-t, konservatoriya), 6 teatr (opera va balet teatri va b.), 8 muzey (Tatariston Respublikasi, tasviriy sanʼat, M.Gorkiy nomidagi muzeylar va b.) bor. Shaharda meʼmoriy yodgorliklardan Kreml va yodgorliklar majmuasi (16—18-a.lar), shu jumladan, Suyumbeka minorasi (17— 18-a. boshlari), Petropavlovsk sobori (18-a., hoz. sobor binosi — planetariy), Marjoniy masjidi (18-a.), gubernator saroyi (19-a.), qozon universiteti majmuasi (19-a., klassitsizm uslubida qurilgan) saqlangan. Q.da shaharning bunyod etilganiga 1000 yil toʻlganligi munosabati bilan bir yoʻla 5 ming kishi namoz oʻqiydigan toʻrt minorali Qul Sharif jome masjidi oʻz oʻrnida qayta tiklandi. Yevropada eng katta boʻlgan bu masjid 1552 y. Ivan Grozniy Q.ni bosib olgan vaqtda butunlay buzib tashlangan edi.
 
Qozon Kremli YUNESKO tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan (2000). 2005 y. Q.ning 1000 y.ligi nishonlandi. Metropoliten ishga tushirildi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Qozon''' ({{lang-tt|Казан, Qazan}}) — [[Rossiya|Rossiya Federatsiyasi]] tarkibidagi [[shahar]], [[Tatariston|Tatariston Respublikasining]] [[poytaxt]]i, [[Volga]] daryosining so'l qirg'og'idag yirik port shahar. Rossiyaning iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, madaniy markazlaridan biri.
[[Tasvir:Kazan-collage.jpg|thumb|left|300px|Kazan]]
Qator 32 ⟶ 43:
 
{{Link FA|tt}}
 
{{OʻzME}}