Qohira: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 163 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q85 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 34:
ilovalar = |
}}'''Qohira''' (arabcha: القاهرة‎) — [[Misr]] davlatining [[poytaxt]]i, qadimiy shahar.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Qohira''' — Misr poytaxti. Afrikada eng katta shahar. Nil daryosi del-tasidan jan.da, asosan, daryoning oʻng sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan Qohira muhofazasini tashkil etadi. Aholisi 16 mln. kishidan ziyod (2000, shahar atrofi b-n). Iqlimi Oʻrta dengiz boʻyiga xos, oʻrtacha t-ra yanv.da 12°, iyulda 27°. Yillik yogʻin 34 mm, apr. — may oylarida 50 kungacha issiq quruq shamol — xamsin esadi.
 
Q. — xalqaro havo, mamlakatning t.y., avtomobil va daryo yoʻllarining yirik chorrahasi. Q. va uning atrofida mamlakat sanoat korxonalarining 1/4 qismi, fka va z-d ishchilarining 1/3 qismi toʻplangan. Mashinasozlik (shu jumladan, transport mashinasozligi) va metallsozlik, toʻqimachilik, kimyo, sement va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Shahar yaqinida yirik qora metallurgiya markazi bor. Q. — yirik savdo-moliya, arab dunyosining muhim noshirlik faoliyati markazlaridan. Q.da badiiy hunarmandchilik qadimdan rivojlangan: teri, yogʻochdan turli-tuman badiiy buyumlar tayyorlanadi. Shaharda Misr muzeyi, islom sanʼati muzeyi, badiiy muzeylar, Akademiya, un-t, Misr in-ti va b. oliy oʻquv yurtlari va i.t. muassasalari (choʻl, tro-pik tibbiyot, q.x. institutlari), kutubxonalar, teatrlar bor.
 
Qadimda (taxm. mil.av. 17-a.da) Q. oʻrnida qishloq boʻlgan. Rim-Vizantiya davrida shahar Bobil, keyinroq Fustat nomlari bilan mashhur edi. 861 y.da Ahmad al-Fargʻoniy Q. yaqinidagi Ravzo o.da Nil daryosi suvi sathini oʻlchab turadigan nilometr qurgan. Bu noyob inshoot hoz. qadar saqlanib turibdi. 969 y.da shaharning shim. chekkasida "Misr al-Qohira" ("Gʻolib Misr") nomi bilan Fotimiylar hokimlari qarorgohlari qurila boshladi. 641—969 y.larda K,. Misr, Tuluniylar, Ixshidiylarning arab noiblari, 973— 1171 y.larda Fotimiylar xalifaligi poytaxti boʻlgan. Ayyubiylar (1171 — 1250) va mamluklar (1250-1517) davrida yirik diniy-siyosiy, savdo va hunarmandchilik markazi edi. 1517 y.da shaharni usmonli turklar egalladi. Misr ek-speditsiyasi davrida (17981801) Q. fransuz qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. Shahar aholisi bir necha marta (1798, 1800) bosqinchilarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan. 19-a. da Q. ancha rivojlandi, yangi turar joylar, sanoat korxonalari qurildi, oliy oʻquv yurtlari tashkil etildi. 1882 y.da Q.ni ingliz qoʻshinlari egallab, uni 1914—22 y.larda Britaniya protektorati maʼmuriy markaziga aylantirdi. 1922 y.dan Misr Podshohligi poytaxti. 1953—58 y.larda Misr Respublikasi, 1958—71 y.larda Birlashgan Arab Respublikasi, 1971 y.dan Misr Arab Respublikasi poytaxti.
 
Shahar eski va yangi qismlardan iborat. Eski Q.da (Fustat, Bobil) "Troya minorasi" (mil.av. 130 y.), vizantiya davri cherkovlari (Avliyo sergiy, Bibi Maryam, Varvara) va ilk arab davri Amr ibn al-Aso masjidi (7-a.), Ibn Tulun masjidi (9-a.); fotimiylar davridan shahar devori xarobalari (11-a.), AchAzhar va b. masjidlar, Sabʼa Banot ("Yetti qiz", 11-a.), Umm Kulsum (1122) maqbaralari, masjidlar, Usmonli turklar davridan Sinon poshsho (1571), muhammad Ali (1930—48) masjidlari saqlangan. Yangi shahar qismida keng koʻchalar, koʻp qavatli binolar, xiyo-bonlar, hukumat binolari, un-t shaharchasi, telemarkaz, bank binolari, sanoat r-nlari va b. qurilgan.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
<gallery>
file:Cairo by night.jpg |Qohira tunda
Qator 49 ⟶ 60:
{{Link FA|de}}
{{Link GA|es}}
 
{{OʻzME}}