Gʻazna: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

27-May 2013, 14:53 dagi koʻrinishi

Gʻazna, Gʻazni — Afgʻonistonning jan.-sharqiy qismidagi shahar, Gʻazni daryosi boʻyida, Kobul—Qandahor avtomobil yoʻlida joylashgan. Gʻazni viloyatining maʼmuriy markazi. metallsozlikning qad. markazlaridan. Hunarmandchilikda palos, poyabzal, ip gazlama matolari va b. tayyorlanadi. Jun, moʻyna bilan savdo qilinadi.

Shaharning barpo boʻlgan davri maʼlum emas. Gʻ.ga doir ilk maʼlumotlar 7-a.

ga oid manbalarda uchraydi. Oʻrta asrlarda Oʻrta Sharqning muhim madaniy, savdo va siyosiy markazlaridan biri boʻlgan. 10—11-a.larda Gʻaznaviylar davlati poytaxti. 12-a. oʻrtalarida Gʻuriylar shaharni egallab, katta qismini vayron qilganlar. 1215—21 y.larda Gʻ. Xorazmshohtar qoʻl ostida boʻlgan. 1221 y.da shaharni moʻgʻullar bosib olgan. 13-a.ning 2-yarmidan Gʻ. hukmdorlari Hirotdagi Kurtlar sulolasining vassali boʻlgan. 14-a. oxiri 15-a. boshlarida Temuriylar davlati, 16-a. boshlaridan Boburiylar saltanati tarkibi-da. 1738 y.da shaharni Nodirshoh egallagan. Afgʻoniston davlati tuzilgach (1747), Gʻ. uning tarkibida. Meʼmoriy yodgorliklardan 12-a.da barpo etilgan 2 ta minoraning qoldiqlari saqlangan.