Gʻumbak: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

27-May 2013, 16:35 dagi koʻrinishi

Gʻumbak — hasharotlarning toʻliq oʻzgarish bilan rivojlanishidagi bosqich. Gʻ. oziqlanmaydi, odatda harakatsiz, biroq uning ichida juda chuqur oʻzgarishlar yuz berishi tufayli lichinka organlari qayta shakllanib, yetuk forma — imago vujudga keladi. Gʻ.ning 3 xili mavjud: erkin (ochiq), yopiq, yashirin (soxta pillali). Erkin Gʻ.ning oyoq, moʻylov va qanotlari tanasiga yopishmasdan, faqat jips yigʻilib turadi; voyaga yetgan hasharotga oʻxshaydi (mas, qoʻngʻizlar, pardaqanotlilar, toʻrqanotlilar va baʼzi ikkiqanotlilar). Buloqchilar va tuyaboʻyinlarning Gʻ.lari faol hara-katlanadi. Yopiq Gʻ.da moʻylov, oyoq va qanotlar tullash bezlari ajratgan suyuqlikdan vujudga kelgan umumiy qoplam — tigʻiz kutikula tufayli tanaga yopishib turadi (koʻpgina kapalaklar, bargxoʻr qoʻngʻizlar va ikkiqanotlilar). Ularning Gʻ.lari erkin Gʻ.ka nisbatan kam harakat. Ya sh i -r i n Gʻ.da oxirgi tullash terisi tashlanmaydi va undan soxta pilla vujudga kelib, Gʻ.ni qoplab turadi. Bu qoplamdan lichinka koʻrinmaydi (koʻpgina ikkiqanotlilar). Lichin-kaning Gʻ.ka aylanishi odatda pana joylar (tuproq, oʻrmon toʻshamasi, poʻstloq osti, yogʻoch)da, kamdan-kam ochiq yerlar (poʻstloq usti, barg va b.)da yuz beradi.

Gʻ.lik davri koʻpchilik zararkunandalarning qishlovchi bosqichidir. Profilaktik qarshi kurash tadbirlarini hasharotlarning qishlovchi shakli — Gʻ.ni yoʻq qilish uchun qoʻllash yaxshi samara beradi.