Havo hujumidan mudofaa: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

27-May 2013, 17:38 dagi koʻrinishi

Havo hujumidan mudofaa - dushmanning havodan qiladigan hujumlarini qaytarish hamda qoʻshinlar, sanoat r-nlari, maʼmuriysiyo-siy markazlar va aholini havodan beriladigan zarbalardan himoya qilish uchun amalga oshiriladigan tad-birlar majmui va jangovar harakatlar. Zenit raketa qoʻshinlari, zenit artilleriyasi, qiruvchi aviatsiya va b. kuch va vositalar yordamida amalga oshi-riladi. H.h. m.ning asosiy vazifasi dushman havo hujumi boshlanishini aniqlash, u haqida ogohlantirishdan hamda dushmanning zarbdor quchlari va vositalarini havoda yoʻq qilishdan iborat. Bundan tashqari, dushmanning havo razvedkasi vositalariga. havo desantlariga qarshi par-voz chogʻida kurash olib borishga, havoda hukmronlikni qoʻlga kiritishda qatnashishga qodir. Ana shu vazifalarni bajarish uchun H.h.m. qoʻshinlari tinchlik davrida jangovar navbatchilikda turadi. Urush davrida esa quruqlikdagi qoʻshinlarning havo hujumiga qarshi qoʻshinlari va qismlari hamda harbiyhavo kuchlari bilan birgalikda respublika va Qurolli Kuchlarning H.h. m. yagona tizimini tashkil etadilar (yana q. Oʻzbekiston Respublikasi Kurolli Kuchlari).