Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Legobot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 1 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q234915 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
{{Islom}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Haj''' (arab. — ziyorat) — islomning 5 asosiy ruknidan biri. H. qilish eshushi butun, sogʻlom, balogʻat yoshiga yetgan va oilasi nafaqasidan tashqari safar xarajatlariga kifoya qilgudek mablagʻi boʻlgan har bir musulmonga (umrida bir marta) farz qilingan. H. qiluvchi kishilar miyqot (ehromni bogʻlash uchun oldindan belgilab qoʻyilgan maxsus joy)dan boshlab tozalanib, sochlarini olib yoki qisqartirib Makkaga borish uchun hozirlik koʻradilar. Soʻngra ehromga kirib 2 rakaat namoz oʻqiladi. H.da Kaʼba 7 marta tavof qilinadi. Ziyo-ratchilar hajar al-asvad (qora tosh)ni oʻpib, keyin Safo va Marva tepaliklari orasida 7 marta yuguradilar, soʻngra zamzam suvidan ichadilar. Arafa kuni (zul-hijja oyining 9-kuni) H.ning asosiy marosimi — Arafot vodiysi va togida turish (vuquf) boshlanadi. Ziyoratchilar u yerda xutba eshitadilar, ibodat qila-dilar va namoz oʻqiydilar. Bu turish kun botguncha davom etadi. Soʻngra hojilar Muzdalifa vodiysiga yoʻl oladilar. U yerda tongga qadar ibodat bilan mashgʻul boʻlinadi. Zul-hijja oyining 10-kuni (qurbon hayiti) dan boshlab 3—4 kun Mino vodiysida shaytonlarga tosh otiladi va jonliq soʻyib qurbonlik qilinadi. Madinaga borib Muhammad (sav) qabrini ziyo-rat qilish ham H. vaqtida bajariladigan amalga aylangan. Bir kishi boshqa odam uchun H. arkonlarini ado etishi ham mumkin. Bu hajji badal deb ataladi. Vafot etgan odam hamda moddiy taʼminlangan, ammo salomatligi yoki qariligi tufayli H. ziyoratiga bora olmaydiganlar uchun hajji badal qilish mumkin boʻladi.
 
Hadisga koʻra, H. qilishning asosiy qoidalari Muhammad (sav) tomo-nidan 632 y. "Vidolashuv H.i" (Haj-jat alvadoʼ)da belgilab berilgan. Keyinchalik asosiy huquqiy mazhab namoyandalari H. ziyorati qoidalarini islom manbalari asosida bataf-sil ishlab chiqqanlar.
 
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, yurtimiz musulmonlariga H. amalini ado etish uchun imkoniyatlar yaratib berildi. 1991 y.da H.ga boruvchilar 1500 kishini tashkil etgan boʻlsa, 2004 y.da bu raqam 4000 dan ortiqni tashkil etdi. Mustaqillik davrida 53056 kishi H. iboda-tini ado etdi (2005).
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
{{Manba Yo'q}}
Qator 94 ⟶ 103:
{{Link FA|ar}}
{{Link FA|ml}}
 
{{OʻzME}}