Ali Ardobus: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Ali ardobus''' (Ibrohimov Ali Fayzullaxo‘jayevich) (1900.15.1, Qizilo‘rda — 1959.9.11, Tosh-kent) — raqqos va baletmeyster, ak-tyor, pedagog . O‘zbekistonda (1944) va Qoraqalpog‘istonda (1943) xizmat ko‘rsatgan artist. Qizilo‘rda ritmik gim-nastika studiyasini (1917), Xalq Maori-fi Komissarligi qoshidagi Toshkent te-atr studiyasining xoreografiya bo‘limini (1921) tugatgan. Yusufjon qiziq Shakar-jonov, Mahkam hofiz, Orif garmon Tosh-matov, Chervonxon, O‘ktamxon, Qumrixon kabilardan o‘zbek raqs harakatlarini o‘rgandi. 1918 y.ning sent.dan Toshkent-dagi Mannon Uyg‘ur rahbarligidagi teatrda ishlay boshlaydi. A. ko‘proq ba-let va raqs b-nbilan shug‘ullandi. 20-y.larda "Latifa", "Yallama yorim", "Qashqarcha", "Ufori Toshkent", "Gul o‘yin", "Zang o‘yin", "Qayroq o‘yin", "Doira o‘yin", "Afg‘oncha" kabi xalq raqslarini o‘zlashtirib, ularning sahna tu-rini yaratdi. A. Dushanba musiqa-teatr stu-diyasini (1929—30), "Tog‘ burgutlari" raqs studiyasi va etnografik ansambli-ni (1930—33), Olmaota raqs studiyasini (1934), Uyg‘ur musiqali drama teatrini (1935), O‘zbek filarmoniyasining ashula va raqs ansamblini (1937—41) tashkil etishda faol qatnashdi. 1943—45 y.larda Qoraqalpog‘istonda raqs studiyalari va ansambllar tashkil qilib, milliy xalq o‘yinlari asosida birinchi qoraqalpoq sah-na raqslarini yaratgan. O‘zbekistonda teatr va raqs havaskorligini rivojlan-tirishga katta hissa qo‘shgan. Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan va b. shaharlarda havaskorlar to‘garagi tash-kil qilgan. Sahnalashtirgan eng yaxshi raqslari: "Nog‘ora", "Raqs" "Bayot" kabi yakka, "Uyg‘urcha", "Qoraqalpoqcha", "Samarqandcha to‘y" (syuita), "Urgut beshqarsagi" va b. ommaviy raqslar.
 
== Adabiyotlar ==