Alkimyo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Alkimyo''' — 1) kimyo fanining arabcha nomi; 2) hoz. kimyoning ibti-346dosi. A. ning rivojlanishida uch davr farq qilinadi: 1-davr — 2—6-a.lar, ikkinchi davr — 12— 14-a.lar va uchin-chi davr — 15— 17-a.lar. Bu davrlarda Misr, Xitoy, As-suriya, Movarounnahr va Hindistonda hamda Yevropada A.ning asosiy masalasi "past va noraso" metal-larni oltin va kumushga aylantirish-dan iborat bulgan. Olimlar metallarni bir-biriga qorishtirib oltin va kumush qotishmalarini tayyorlashgan. 8-a. oxiri va 9-a. boshlariga kelib q.x., konchilik va hunarmandchilik ishlari bir muncha rivoj topdi. Bu esa uz navbatida tabiiy fanlarning rivojlanishiga imkon ber-di. Konchilik, kunchilik, shisha va qog‘oz tayyorlash ishlari kimyo ilmining rivo-jiga ta’sir ko‘rsatdi. Sohaning yetuk olimlari yetishib chiqdi. Shulardan biri o‘rta asr kimyogarlarining ustozi Jobir ibn Xayyom (721—813) metallarning vu-judga kelishi nazariyasini ishlab chiqdi. Olimning fikricha, yer ostida ikki xil buglanish amalga oshib, birinchisi nam, ikkinchisi yer moddasidan ko‘tariladigan quruq bug‘ bo‘lib, tutundan iborat. Nam bug‘dan simob, quruq tutundan oltingu-gurt hosil bo‘ladi. O‘sha paytda ma’lum bo‘lgan mis, qo‘rg‘oshin, qalay va rux "no-raso" me-tallar qatoriga kiritilgan. Oltin b-nbilan kumush tarkibi toza bo‘lib, qolganlari aralashmalardan tashkil topgan degan fikrlar bildirilgan. "Noraso" metallarni "takomillashti-rish" va "tuzatish" orqali oltin va ku-mushga aylantirish mumkin degan g‘oya ilgari surilgan. Bu murakkab vazifani amalga oshirish uchun ana shu metallarga iksirdan ozgina qo‘shish kifoya qiladi deb o‘ylaganlar. Jobir ibn Xayyom har qanday taxmin aniq ma’lumotlar b-nbilan tasdiqlangandagina qabul qilinishi mumkin deb yozgan. Kimyoda faqat taj-ribalarga suyanib ish ko‘rish kerakligi-ni ham ta’kidlaganligi ma’lum. O‘rta asrlarda sharqning ikkinchi bir kimyo-gari Ar-Roziy Aristotel fikrlari-ga to‘zatish kiritdi. Uning fikricha, metallar murakkab moddalar bo‘lib, o‘ziga xos xossa va xususiyatlarga ega. U ko‘plab tajribalar utkazdi. Ar-Roziy o‘zining 200 dan ortiq ilmiy ishlarida, shu jumladan kimyoga oid mashhur "Sir-lar kitobi" asarida o‘sha davr kimyosida qo‘llanilgan barcha moddalar, asbob-an-jomlar va tadbirlarni mufassal bayon etdi. Roziy ham, Jobir singari, iksir yordamida bir metallni ikkinchi me-tallga aylantirish mumkin deb o‘ylardi; bundan tashqari, metallarni turli nis-batda bir-biriga qo‘shish orqali ham oltinga o‘xshash metall hosil qilish ustida ko‘p tajribalar o‘tkazdi. Biroq Roziy shu usudda tayyorlangan metallar ko‘rinish jihatidan oltinga o‘xshasada, hali ular yuqori sifatli oltin emas deb ta’kidladi. Buning isboti uchun u o‘sha qotishmalarni o‘z tarkibiy qismlariga ajratdi. Xorazmlik ikki olim — Abu Abdullo Muhammad ibn Yusuf Kotibiy Xorazmiy va Abdulhakim ibn Abdulma-lik al-Kosiy ham kimyo tarixiga katta hissa qo‘shdilar. O‘rta Osiyoda, umuman, Sharqda kimyo fanining taraqqiyotida buyuk tabib va faylasuf Abu Ali ibn Sinoning roli ham nihoyatda katta. Ibn Sino kimyogarlarning oddiy metallarni oltinga aylantirish to‘g‘risidagi fik-rlariga keskin qarshi chiqdi. Metallar-ning paydo bo‘lishi masalasida u ham Jobir nazariyasiga o‘xshash nazariyani il-gari surdi; ammo Ibn Sinoning fikri-cha, o‘sha davrda ma’lum bo‘lgan har qaysi metall o‘zicha alohida bir moddadir (bi-ror yagona metallning turi emas). Bir metallni ikkinchisiga aylantirish uchun uning tarkibiy qismlari (oltingugurt, simob va b. aralashmalar) orasidagi nis-batni o‘zgartirish kerak. Vaholanki biz bu nisbatning qanday ekanligini bil-maymiz, demak, uni o‘zgartirishga qodir emasmiz, deydi Ibn Sino. Ibn Sinoning metallar murakkab tarkibli moddalar ekanligi haqidagi fikri fandan uzoq bo‘lsa ham, uning oddiy metallarni ik-sir yordamida oltinga aylantirish mum-kin degan nazariyaga qarshi chiqib yozgan mulohazalari o‘rta asr A.sining ilmiy 347kimyoga o‘sib o‘tishida katta rol o‘ynadi. O‘rta asr kimyogarlari oddiy metallarni oltinga aylantirish haqidagi o‘z naza-riyalarini amalga oshirish yo‘lida ko‘p kuch va vaqt sarfladilar. Natijada ular turli moddalar va asboblarni kashf et-dilarki, bularning ko‘p qismi hoz. kimyo ilmida keng qo‘llaniladi.A. sohasida o‘tkazilgan tadqiqotlar tufayli metallurgiyani rivojlanti-rishga, keramika, shisha, millionlab tonna nitrat kislota i.ch.ga, gazmollar-ni bo‘yash ishlarini maromiga yetkazishga, novshadil, kinovardan simobni ajratib olish va b. ishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lindi. Amalgama (oltin suvini yuritish) kabi muhim ishlar ham alkimyogarlar xizmatining samarasidir.Ad.: Karimov U. I., Neizvestnoye so-chineniye Abu Bakra ar-Razi "Kniga tayni tayn", T., 1957; Kazakov B., Prevraheniye elementov, M., 1977; Rabinovich V. L., Alximiya kak fenomen srednevekovoy kulturi, M., 1979.Qudrat Axmerov.
 
== Adabiyotlar ==