Lotin tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Lotin tili''' [[Qadimgi Rim]]ning Latium (hozirgi [[Latsio]]) viloyatida yuzaga kelgan [[Hind-Yevropa tillari]]ga oid lahjadir. Bugungi kunda [[Vatikan]]ning rasmiy tilidir. Bundan tashqari tibbiyotda ishlatiladi.
{{stub}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Lotin tili''' — hind-yevropa tillari oilasining italiy tillari guruhiga mansub; Italiyaning oʻrta qismidagi Latsiy viloyatida mil. av. 8-a.da yashagan lotin kabilasining tili. L. t.ning asta-sekin Rim hududidan tashqariga tarqalishi va qad. Italiyaning boshqa tillarini siqib chiqarishi mil. av. 4—3-a.larga toʻgʻri keladi. Apennin ya. o.ning lotinlashuvi (yunon tili hukmron boʻlgan Jan. Italiya va Sitsiliya bundan mustasno) mil. av. 1-a.da yakunlanadi. Rim imperiyasining gullab-yashnashi, yangi-yangi mustamlakalarning bosib olinishi natijasida L. t. Shim. Afrika, Ispaniya, Galliya, Germaniya, Dunayboʻyi hududlariga tarqaladi. L. t.dagi eng qad. yodgorliklar mil. av. 3-a.ga mansub.
 
Qator 11 ⟶ 7:
5-a.da Rim imperiyasi qulaganidan keyin xalq-soʻzlashuv tilining mintaqaviy farqlanishi tezlashib, bu nar-sa 9-a.ga kelib alohida, mustaqil roman tillarinkng (italyan, fransuz, portugal, ispan, rumin, moldavan va b.) paydo boʻlishiga olib keldi. Yozma L. t.ning birligi saqlanib qoldi, u leksik jihatdan rivojlanishda davom etdi, klassik L. t.ning asosiy lugʻat tarkibi va grammatik kurilishi barqarorlashdi. Adabiy L. t. tarqalgan barcha hududlarda u maʼmuriy boshqaruv, savdo-tijorat, maktab tili edi; oʻrta asrlarda butun Gʻarbiy Yevropa umumiy yozuv tili boʻlib qoʻllandi; 18—19-a.largacha diplomatiya, ilm-fan va falsafa tili, 20-a.da esa katolik cherkovi tili, Vatikanning (italyan tili bilan birga) rasmiy tili boʻlib qoldi. L. t. Yevropa madaniyati rivojida ulkan rol oʻynadi. Yevropa tillaridagi siyosiy, ilmiy va texnik terminologik tizimlarning leksik jihatdan boyishi va koʻpayib borishiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi.
 
L. t. qadimiy hind-yevropa tillariga xos, uni xett tili, hind-eron, kelt tillari bilan yaqinlashtiruvchi xususi-yatlarni saqlab qolgan. Asosiy fonetik jihatlari unda unlilar chuzikli-gining fonologi k farqlanishiga egaligi, urgʻu soʻzning oxirgi boʻgʻiniga tushmasligi, undoshlarning kuchsizlanib borishi kabilardan iborat. Morfologik xususiyatlari: fleksiyadan shakl yasashning asosiy vositasi sifatida foydalanish, fleksiyaning 5 turi mavjudligi, turlanishning 6 kelishikka asoslanishi, feʼllarda 3 xil mayl (indikativ, konʼyunktiv, imperativ) va 2 xil nisbat (aktiv va oʻrta passiv) farqlanishi va b. Soʻz tartibida feʼl ran oxirida keladi. L. t. leksikasida yaqin qarindosh yoki noqarindosh qabilalar tillarining taʼsiri saqlanib qolgan. L. t.ga yunon tili, ayniqsa, mil. av. 3— 1-a.larda kuchli va davomli taʼsir koʻrsatgan. L. t. leksikasi, yunon tili bilan birga, ilmiy terminologiya sohasida xanuz baynalmilal terminlarni yaratishda manba boʻlib xizmat qilmoqda. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
Abduvahob Madvaliyev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
{{Link FA|fi}}
{{Link GA|es}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}
 
{{Link FA|fi}}
{{Link GA|es}}
 
[[Turkum:Tillar]]
[[Turkum:Lotin tili]]