1993: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 165 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q2065 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
'''1993''' {{Yillar|1989|1990|1991|1992|1993|1994|1995|1996|1997|1960|1970|1980|1990|2000|2010|2020|XIX asr|XX asr|XXI asr|события}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
1993 yil8 yanvar. Oʻzbekiston avtomobil transporti ("Oʻzavtotrans") Davlat aksiyadorlik korporatsiyasi tashkil etildi.
 
5 fevral. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy oʻquv yurtlari uchun abituriyentlarni test usulida tanlab olish toʻgʻrisida" qaror qabul qildi.
 
10 fevral. Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro pochtamti tuzildi.
 
11 fevral. Kitob baland togʻ rasadxonasi majmuasi tashkil etildi.
 
2 mart. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Navroʻz — umumxalq bayrami" qarori qabul qilindi.
 
4 aprel. Jizzax viloyatida Oʻzbekistonda birinchi yirik temir rudasi koni ochildi.
 
9 aprel. Nukusda Qoraqalpogʻiston Oliy Kengashining 12-sessiyasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Davlat gerbi qabul qilindi.
 
20 aprel. Toshkentda 30 mamlakatning milliy firma, bank va kompaniyalari rahbarlari ishtirokida Butunjahon Iqtisodiy anjumani boʻlib oʻtdi.
 
23 aprel. "Sogʻlom avlod uchun" xayriya jamgʻarmasi tuzildi. 23 aprel. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yilda buyuk olim Muhammad Taragʻay Ulugʻbekning 600 yillik yubileyini oʻtkazish toʻgʻrisida qarori qabul qilindi.
 
28 aprel. "Oʻzdehqonsanoatbank" negizida "Tadbirkorbank" yirik aksiyadorlik banki tashkil etildi.
 
30 aprel. Toshkentda Germaniya elchixonasi ochildi.
 
Aprel. Fargʻona shahrida Oʻzbekiston talabalarining birinchi festivali boʻlib oʻtdi. Unda 54 oliy oʻquv yurti vakillari ishtirok etdi. Aprel. "YevroOʻz" Oʻzbekiston — Germaniya qoʻshma mebel korxonasi tashkil etildi.
 
6 may. "Sugʻurta toʻgʻrisida", "Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida", "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi.
 
7 may. I va II darajali "Sogʻlom avlod uchun" ordeni taʼsis etildi.
 
13—14 may. Toshkentda "Bozor iqtisodiyotining rivojlanish tamoyillari" mavzuida birinchi Xalqaro simpozium boʻlib oʻtdi.
 
27 may. Toshkentda B.Zokirov nomidagi jaz-orkestrining taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.
 
May. Toshkentda Oʻzbekistonda birinchi marta sholi moyi chiqindisidan kir sovun ishlab chiqaruvchi "Tedogan" oʻzbekkoreys qoʻshma korxonasi ishga tushdi.
 
May. Nukusda Turkiyaning "Yazeks" korporatsiyasi yordamida bunyod etilgan "Kateks" toʻqimachilik majmui ishga tushdi.
 
May. Toshkentda Orol va Orolboʻyi muammolari boʻyicha dastlabki Xalqaro tadqiqotlar loyihasi imzolandi.
 
11 iyun. Chatqol davlat tabiiy biosfera qoʻriqxonasi YUNESKO muhofazasiga olindi.
 
27 iyun. "Taraqqiy" gazetasi 1 -soni chiqqan 27 iyun (1906) sanasi Oʻzbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanadigan boʻldi.
 
Iyun. Samarqandda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining boʻlimi ochildi.
 
30 iyul. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti "Toʻrtkoʻl shahrining 120 yilligini nishonlash toʻgʻrisida" farmon chiqardi.
 
Iyul. Toshkentda Oʻzbekiston Geologiya milliy qoʻmitasi tashkil etildi.
 
13 avgust. Abdulla Qodiriy jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtdi.
 
17 avgust. Respublika "Mahalla" xayriya jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtdi.
 
31 avgust. Toshkentda Amir Temur haykali ochildi.
 
Avgust. Uch yuz kilometrli Damxoʻja—Navoiy—Buxoro suv yoʻli qurib bitkazildi.
 
Avgust. Toshkentda "Taʼlim, bandlik va inson resurslarini rivojlantirish" shiori ostida YUNESKOning Xalqaro seminari boʻlib oʻtdi.
 
1 sentyabr. Toshkentda Ulugʻbek haykali ochildi.
 
2—3 sentyabr. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 13-sessiyasida "Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻtrisida" qonun qabul qilindi (1995 yil may oyidagi Oliy Majlisning 2-sessiyasida mazkur qonunga oʻzgartirishlar kiritildi).
 
4 sentyabr. Toshkentda "Turkiston" saroyining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
 
3—5 sentyabr. Toshkentda Osiyo va Tinch okean regioni mamlakatlarining taekvondo boʻyicha birinchi chempionati boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston jamoasi bazaviy texnikani namoyish qilish boʻyicha musobaqalarda birinchi oʻrinni egalladi.
 
9 sentyabr. Alisher Navoiy jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtdi.
 
10 sentyabr. Toshkentdagi "Bahor" konpert zalida Mukarrama Turgʻunboyeva muzeyi ochildi.
 
16 sentyabr. Buxoroda buyuk mutafakkir bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi keng nishonlandi.
 
20 sentyabr. "Ekosan" xalqaro Oʻzbekiston ekologiya va salomatlik jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtdi.
 
26—28 sentyabr. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida ishtirok etib, nutq soʻzladi.
 
Sentyabr. Toshkentda Xalqaro valyuta fondining doimiy vakolatxonasi ochildi.
 
Sentyabr. Oʻzbekiston Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) aʼzoligiga qabul qilindi.
 
Sentyabr. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiada qoʻmitasi Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tomonidan tan olindi (1995 yil apreldan teng huquqli aʼzosi).
 
26 oktyabr. YUNESKO ning Parijdagi karorgohida Oʻzbekistonni YUNESKOga aʼzolikka qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi.
 
30 oktyabr. Toshkentda tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri, shoir Xoja Ahmad Yassaviy merosiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-maʼrifiy konferensiya ochildi.
 
Oktyabr. Oʻzbekiston Ilmiy uyushmalar xalqaro kengashining toʻla huquqli aʼzosi boʻldi.
 
4 noyabr. Toshkentda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tashkil etilganligining 50 yilligiga bagʻishlangan Xalqaro ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi.
 
22 noyabr. "Oʻzbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari harbiy qismining Jangovar bayrogʻi toʻgʻrisida"gi farmon imzolanib, qurolli Kuchlar Jangovar bayrogʻining yagona namunasi tasdiqlandi.
 
23 noyabr. Toshkentdagi respublika Oʻqituvchilar uyi qoshida Oʻzbekiston Xalq taʼlimi tarixi muzeyi ochildi; 23 noyabr. Qoraqalpogʻistonning birinchi poytaxti — Toʻrtkoʻlda shaharning 120 yilligiga bagʻishlangan tantanalar boʻlib oʻtdi.
 
4 dekabr. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
 
18 dekabr. Andijonda buyuk sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi nishonlandi va unga haykal oʻrnatildi.
 
18 dekabr. Xalqaro FIFA tashkilotining Las-Vegas shahrida boʻlib oʻtgan konferensiyasida Oʻzbekiston Milliy futbol federatsiyasi ushbu futbol assotsiatsiyasi aʼzoligiga qabul qilindi.
 
23 dekabr. Bobur nomidagi xalqaro jamgʻarma roʻyxatdan oʻtdi.
 
1993 - Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa Vazirligining Markaziy harbiy sport klubi tashkil etildi.
 
1993 - Fargʻona viloyat davlat qoʻgʻirchoq teatri tashkil etildi. 1993 - Xorazm viloyat davlat qoʻgʻirchoq teatri tashkil etildi. 1993 - "Farmindustriya" konserni (hozirgi "Oʻzfarmsanoat" davlat konserni) tashkil etildi. 1993 - Oʻzbekiston Jahon turistik tashkiloti (WTO) ga aʼzo boʻldi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
Этот год — [[невисокосный год, начинающийся в пятницу|невисокосный год, начинающийся в пятницу (смотрите здесь календарь)]].
Qator 44 ⟶ 153:
 
[[Turkum:1993|*]]
 
{{OʻzME}}