Skripka: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Akbarskiy (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Akbarskiy (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 18:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Skripka''' (slavyancha skri — gʻijirlamoq) — torli kamonli musiqa cholgʻu asbobi. Skripkasimon cholgʻu asboblari orasida (S, alt, violonchel, kontrabas) yetakchi, eng baland registrli soz. 4 ta tori kvinta intervali boʻyicha sozlanadi. Diapazoni 4 oktavadan oshiq. Umumiy uz. — 600 mm. Skripkaning klassik shakli 15 —16-asrlarda Italiya va Fransiyada yuzaga kelgan. 17— 18-asrlarda Shimoliy [[Italiya]], ayniqsa, Kremona ustalari A. va N. Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari va boshqalar skripkaning mukammal namunalarini yaratishgan. Skripkalar simfonik orkestr va cholgu ansambllar asosini tashkil qiladi. 17— 18-asrlardan skripkada yakkanavozlik sanʼati rivojlanib kelmoqda, skripka musiqasi yaratilmoqda. Bu sohada 19-asrda virtuoz skripkachi va mashhur kompozitorlar [[N. Paganini|Paganini Nik kolo|N. Paganini]], P. Sarasate va boshqalarning xizmati katta boʻldi. 20-asr skripkachilaridan F.Kreysler ([[Avstriya]]), I. Menuxin ([[Angliya]]), I. Stern, I. Perelman ([[AQSH]]), A.S.Mutter ([[Germaniya]]), Sh. Mins ([[Isroil]]), G. Shering ([[Meksika]]), D. Oystrax, L. Kogan, M. Vengerov ([[Rossiya]]), G. Krem yer ([[Latviya]]) va boshqalar mashhur. Oʻzbekistonda M. Reyson, N.Pover, V. Yudenich va boshqa skripkachilar tanilgan. Hozirda yosh avlod ijrochilaridan D.Xoliqov, N. Hoshimov, T.Yaxshiboyev va boshqalar xalqaro tanlovlarda gʻalabalarga erishgan. Oʻzbekiston kompozitorlari skripka uchun [[konsert]]lar (Ik. Akbarov, S.Jalil va b.), [[sonata]]lar (G. Mushel, N.Zokirov va b.) kabi asarlar yaratishgan. 20-asr boshidan oʻzbek ([[Andijon]] maktabi va b.) sozandalari baʼzida skripkadan gʻijjak oʻrnida foydalanishadi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->