Yunonlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
484UUU (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Greklar''' (oʻzlarini ellines deb ataydilar) — xalq, Gresiya va Kiprning asosiy aholisi. Umumiy soni 12,5 mln. kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Jumladan Gresiyada 9,7 mln. kishi, Kiprda 570 ming kishi, AKShda 550 ming kishi, Germaniyada 300 ming kishi, Kanadada 150 ming kishi, RFda 92 ming kishi va b. Grek (yangi grek) tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan pravoslavlar. Yevropeoid irqiga mansub.
'''Yunonlar''' — [[Yunoniston]] aholisini Sharqda atalishi.
 
G. koʻp ayerlik tarixga ega xalq (q. [[Yunoniston]]). Qad. grek elati mil. av. 2-ming yillikning boshlarida Bolqon ya. o.ga qad. grek qabilalari — axeylar va ioniylar, mil. av. 12-a.da esa — doriylar koʻchib kelib, mahalliy tub aholi (pelasglar va b.) b-n qoʻshilib ketishi natijasida shakllana boshlagan. Grek kolonizatsiyasi davrida (mil. av. 8—6-a.lar) ular oʻzlarini "ellinlar" deb atay boshlaganlar. Oʻrta asrlarda ellinlar negizida va valaxlar, slavyanlar (6—7-a.lar), albanlar (13— 15-a.lar) ishtirokida yangi grek xalqi shakllandi. G. dehqonchilikda asosan uzum, tamaki, zaytun, sitrus mevalari, gʻallachilik, togʻlik tumanlarda chorvachilik, dengiz boʻylarida baliqchilik b-n shugʻullanadilar. Kustar hunarmandchilik (gilam toʻqish, zardoʻzlik, yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik) rivojlangan. G.ning katta qismi sanoat, savdo va transportda band. G.ning tarixi, iqtisodi va madaniyati haqida Gresiya maqolasiga qarang .
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
== Adabiyotlar ==
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
 
{{stub}}