Bachadondan tashqari homiladorlik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Bachadondan tashqari homiladorlik''' — urugʻlangan tuxum hujayraning bachadondan tashqarida taraqqiy etishi. Urugʻlangan tuxum hujayraning payvandlangan joyiga qarab, homila bachadon nayining oʻzida (B. t. h.ning shu xily eng koʻp uchraydi), tuxumdon yoki qorin boʻshligʻida, shuningdek bachadonning rudimentar shoxida rivojlanishi mumkin. Bachadon naylarida yalligʻlanishga xos oʻzgarishlar (chandiq va b.) boʻli-shi oqibatida ular oʻzining asosiy funkiiyasi, yaʼni urugʻlangan tuxum hujayrani bachadon boʻshligʻiga oʻtkazish qobiliyatini yoʻqotadi (q. Homshshdorlik), natijada urugʻlangan tuxum hujayra shu joyning oʻzida taraqqiy etadi. Koʻpincha ayollar jinsiy aʼzolari kasalliklari (polip, oʻsma va b.), infantilizm (jinsiy aʼzolarning yetilmay qolishi), bot-bot bola oldirish, bolani uzoq vaqt emizish va b. sabab boʻladi. Kasallikning kechishi va belgilari uning xili, bos-qichi hamda homiladorlikning muddatiga bogʻliq. B. t. h.ning hamma xilida ham kindan qonli chiqindi ajraladi, baʼzan qon ketishi, qorin pastila ogʻriq, boʻshashish, bosh aylanishi, koʻngil aynishi, rang oʻchishi kuzatiladi. B. t. h. bachadon nayida boʻlsa, homiladorlikning 4 — 6 haftasida nay yoriladi, bunda qorin pastila chidab boʻlmaydigan ogʻriq boʻlib, hatto hushdan ketish mumkin. Koʻp qon ketishi tufayli qon bosimi pasayadi, tomir tez, lekin bilinar-bilin-mas u radi. Ogʻirroqhollarda shok roʻy berishi mumkin. B. t. h.ga gumon qilinganda ayol darhol kasalxonaga yotqiziladi va jarroxlik usuli b-nbilan davolanadi. Operatsiyadan keyin maʼlum muddatgacha yalligʻlanish kasalliklarini oʻz vaqtida da-volatish, vaqt-vaqti b-nbilan muntazam tibbiy (asosan akusherginekolog) koʻrikdan oʻtib turish B. t. h.ning oldini olishda juda muhim ahamiyat kasb etadi.
 
Ad.-.Skyorovya I. S.Shevchenko T. K., Aktualnoʻe problemoʻ akusherskoy patologii, T., 1990.